|
2-mustaqil ish. Mavzu: ni multisim elektron sxema similyatori yordamida sxemalarni yig’ish
|
bet | 3/3 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #233576 |
Bog'liq J4D6n39AQDxf351MIMwCN9IP31e yPrOElectronics Workbench. Modellash real jarayonga maksimal darajada yaqinlashtirilgan bo‘lishi, ya`ni, sxemani tuzish, unga o‘lchash asboblari va ostsillografni ulash, sxema elementlarining parametrlarini hamda ish rejimlarini o‘rnatish va natijalarni olish jarayonlarini o‘z ichiga olishi kerak. Foydalanuvchiga bunday imkoniyatlarni beruvchi dasturlardan biri Electronics Workbench dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo‘lib hisoblanadi. Unga asos qilib professional modellash dasturi PSPICE olingan bo‘lishiga qaramasdan Electronics Workbench dasturi maksimal darajada qulay interfeysga ega. Unda ampermetr, voltmetr, multimetr, generator va ostsillograf kabi tanish asboblarning mavjudligi tadqiqot jarayonining tabiiy va tushunarli bo‘lishini ta`minlaydi. Dasturning tarkibida zamonaviy asboblarning mavjudligi foydalanuvchiga oddiydan boshlab juda murakkab tajribalarni o‘tkazish imkoniyatini beradi. Bunday vosita o‘qitishda ideal bo‘lib hisoblanadi, chunki elementlar va asboblar bo‘yicha har qanday cheklashlarni olib tashlash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari Electronics Workbench dasturi real elektron va o‘lchash asboblari hamda sxemalarni ishlash printsiplarini o‘rganish uchun trenajyor vazifasini bajarishi mumkin.
Electronics Workbench dasturida modellash va natijalarni olish o‘zining tezkorligi va qulayligi bilan ajralib turadi. Lekin to‘g‘ri natijalar olish uchun foydalanuvchi dastur bilan ishlash qoidalari va usullarini o‘zlashtirgan va ularni elektron sxemalardagi jarayonlarni o‘rganish va tadqiq qilish uchun qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. NI Multisim dasturiy kompleksining qisqacha tavsifi. Zamonaviy elektr va elektron qurilmalarni loyihalash va ishlab chiqish katta aniqlik va chuqur tahlilni talab qiladi. Bundan tashqari, bajariladigan ishlarning katta hajmga egaligi va murakkabliligi sababli kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladi. NI Multisim dasturiy kompleksi elektr zanjirlarni dasturiy loyihalash va imitatsiya qilish vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. U elektr zanjirlarni va elektron qurilmalarni loyihalovchi korxonalarda va oliy o‘quv yurtlarida qo‘llanilishi mumkin. Zanjir elementlarining ma`lumotlar bazasi ko‘plab elementlar - rezistorlar, kondensatorlar, g‘altaklar, diodlar, tranzistorlar, mikrosxemalar va boshqa elementlar to‘g‘risidagi ma`lumotlarni o‘z ichiga olgan. Ma`lumotlar bazasidagi har bir element o‘zining ekvivalent sxemasi va parametrlarining tavsifiga ega.
Komponentlar menyusi bir qancha bo‘limlardan iborat bo‘lib, ular dasturiy ta`minotda turli xildagi murakkab sxemalarni yig‘ishda foydalaniladi. Ushbu menyu quyidagi asosiy bo‘limlardan iborat.
- Manbalar bo‘limi;
- Passiv komponentlar bolimi;
- Diodlar bo‘limi;
- Tranzistorlar;
- Analog komponentlar bo‘limi (Operatsion kuchaytirgichlar);
- TTL texnologiyasi asosida qurilgan raqamli mikrosxemalar bo‘limi;
- CMOS texnologiyasi asosida qurilgan raqamli mikrosxemalar bo‘limi;
- Raqamli komponentlar bo‘limi;
- Analog va raqamli komponentlar bo‘limi;
- Indikatorlar bo‘limi va h.k.
XULOSA.
Men ushbu mavzudan asosan elektron sxema simulyatorlarining turlari, afzalliklari va qo‘llanilishi shu bilan birga Zamonaviy axborot texnologiyalari ta'lim sohasidayangi vosita va usullami yaratish imkonini beradi. Bu masalani hal qilishda komputerda laboratoriya amaliyotlarini yaratish eng muhim va murakkab hisoblanadi. Hozirgikungacha о 'quv laboratoriyalarida asosan an’anaviy о‘lchov asboblari qo‘llanib kelinar edi. Endi virtual o'lchov asboblari yordamida yaratilgan komputerdagi о‘lchov asboblaridan foydalanish talab etilmoqda. О‘quv laboratoriyasidagi virtual asbob (VA) - qo'shimcha maxsus dasturiy ta’minot va turli o'lchov modullari, masalan, ko'p funksional kirish - chiqish platasi bilan ta 'minlangan komputerdir. VA o'lchanayotgan axborotni yig'ish, qayta ishlash va aks ettirishni avtomatlashtirish imkonini beradi, foydalanuvchi uchun qulay interfeysga ega, uning dasturiy va apparat vositalari esa an’anaviy o'lchov vositalariga xos bo'lgan vazifalami amalga oshirish imkonini beradi, natijalami monitor ekranida foydalanuvchiga qulay shaklda aks ettiradi. VA dasturiy ta’minoti ham Visual C++, Visual Basic va boshqalar kabi standart vositalar yordamida, ham maxsus dasturlar yordamida tuzilishi mumkin. Hozirgi kunda maxsus dasturiy ta ’minot sifatida National Instruments kompaniyasining MULTISIM amaliy dasturiy paketi eng mos va qulay hisoblanadi. O'lchov jarayonlarini avtomatlashtirish bo'yicha yaratilayotgan zamonaviy apparat vositalarining deyarli barchasi MULTISIM drayverlari bilan mos keladi. Mazkur muhitda ilovalar yaratish visual vositalar yordamida amalga oshiriladi va dasturlash bo'yicha maxsus bilimga ega bo 'lish talab qilinmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
- https://uz.wikipedia.org/.
- https://fayllar.org.
- https://peskiadmin.ru/.
http://hozir.org
|
| |