Vektor tahlilining qo'llaniladigan tushunchalari va qonunlari




Download 96,78 Kb.
bet2/4
Sana21.05.2024
Hajmi96,78 Kb.
#248807
1   2   3   4
Bog'liq
Meliyev M 2

Vektor tahlilining qo'llaniladigan tushunchalari va qonunlari
Elektr texnika materiallari fani bo‘yicha elektrotexnik materiallarning turlari o‘rganiladi. “Elektr texnika materiallar va elektr uskunalar montaji” fani talabalarni mazkur fanga oid ma’lumotlar, materiallarining elektr texnikadagi o‘rni hamda ularning amalda qo‘llanilishi bilan tanishtiradi. Hozirgi paytda fan va texnika rivojlangan, texnologik jarayonlar takomillashgan bir vaqtda elektr texnika ham yangi bosqichlarga ko‘tarilib, turli xildagi materiallar ishlab chiqarilmoqda va o‘zlashtirilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan elektr texnika materiallarining yangi xossalarga ega turlari ko‘p miqdorda tayyorlanmoqda. Yangi turdagi materiallarni yaratishga ularning fizik, kimyoviy va mexanik xossalarini chuqur o‘rganish orqali erishilmoqda. Elektr texnika uskunalarini loyihalash, ishlab chiqarish va tekshirishda mutaxassis turli-tuman xossaga ega bo‘lgan elektr texnika materiallari bilan to‘qnashadi. Bu materiallar elektr mashinasi va jihozlarida kuzatiladigan elektromagnit jarayonida ishtirok etadi. Elektr texnika materiallaridan ma’lum darajada elektr, mexanik va magnit xossalar talab etiladi. Elektr texnika materiallari fanida talabalar e’tiboriga quyidagilar havola etiladi va o‘rganiladi:
Elektrotexnik materiallarning turlari Dielektriklarning muhim xususiyatlaridan biri, uning tashqi elektr maydoni ta’sirida qutblanishidir. Qutblanish deganda dielektrikda elektr maydoni ta’sirida zaryadlangan zarrachalarning fazoviy joylashuvini o‘zgartirish holati tushuniladi. Elektr maydoni ta’sirida bo‘lgan dielektrik ikki vektor qiymati – elektr maydon kuchlanganligi (E) va qutblanganlik (P) bilan ifodalanadi. Elektr maydon kuchlanganligi zaryadlangan jism yoki zarrachalarning elektr maydonidagi ta’sir kuchini ifodalaydi. Elektr maydon kuchlanganligi vektorning yo‘nalishi sifatida jism nuqtaviy zaryadining musbat kuch chizig‘i yo‘nalishi qabul qilingan. Elektr texnikada vujudga kelayotgan muammolarni ijobiy hal etish uchun yangidan-yangi materiallarni ishlab chiqarish, shu bilan birga mavjud materiallar xossalarini uzluksiz takomillashtirib borish va ularning sifatini yaxshilash kerak bo‘ladi. Bu esa yangi texnologiya asosidagi yuqori sifatli elektr texnika materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni juda tez rivojlantirishni taqozo etadi. Qo‘yilgan maqsadga amaliy ravishda yondoshish uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan materiallarning kimyoviy, fizik va mexanik xossalarini chuqur talqin eta bilish kerak.

Download 96,78 Kb.
1   2   3   4




Download 96,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vektor tahlilining qo'llaniladigan tushunchalari va qonunlari

Download 96,78 Kb.