|
Mashinalar
8 unsiyalik idish
|
bet | 6/12 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 130,58 Kb. | | #243850 |
Bog'liq 2-Mustaqil ish topshiriqlariMashinalar
|
8 unsiyalik idish
|
16 unsiyalik idish
|
|
100/minut
|
40/minut
|
|
60/minut
|
75/minut
|
Quyish mashinalari bir kunda 8 soat, haftasiga 5 kun ishlashi mumkin. 8 unsiyalik idishlardan foyda 15 tiyin, 16 unsiyalik idishlardan foyda 15 tiyin. Haftalik ichimlik ishlab chiqarish miqdori 300 000 unsiyadan oshmasligi kerak va bozorda haftasiga 25 000ta 8 unsiyalik idishda, 7 000 ta 16 unsiyalik idishda ichimlik talab qilinadi. Rejalashtiruvchi barcha ishlab chiqarish va marketing shartlarini qo‘llagan holda haftalik daromad (foyda)ni maksimallashtirishni istaydi. Ushbu vaziyatni chiziqli dasturlash masalasi sifatida shakllantiring.
3-masala. Samolyotda 200 tagacha yo‘lovchi tashish mumkin. Birinchi klassdagi har bir chipta 400 AQSH dollaridan, har bir ekonom-klass chiptasidan 300 AQSH dollaridan foyda keltiradi. Aviakompaniya birinchi klass uchun kamida (minimum) yigirmata joyni zahira sifatida ushlab turadi. Birinchi klassdagiga nisbatan ekonom-klassda sayohat qilishni xohlovchilar soni to‘rt marta ko‘p. Aviakompaniya foydani maksimallashtirish uchun har bir klassdan nechtadan bilet sotishi kerak bo‘ladi? Ushbu masalani chiziqli dasturlash modeli sifatida rasmiylashtiring.
4-masala. Firma bosh og‘rig‘ini qoldiruvchi va o‘lchamdagi tabletkalarni ishlab chiqaradi. o‘lcham 2 dona asprin, 5 dona bikarbonat va 1 dona kodeinlardan tashkil topadi. o‘lcham 1 dona asprin, 8 dona bikarbonat va 6 dona kodeinlardan tashkil topgan. Iste’molchilar darhol samara berishi uchun kamida 12 dona aspirin, 74 dona bikarbonat va 24 dona kodein talab qilinishini aniqlashdi. Iste’molchilar darhol ta’sir qilishi uchun qabul qilishi mumkin bo‘lgan eng kam tabletkalar sonini aniqlash zarur. Ushbu masalani standart chiziqli dasturlash masalasi sifatida rasmiylashtiring
|
| |