|
O'zbekiston respublikasi oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
|
bet | 1/3 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 26,51 Kb. | | #240468 |
Bog'liq Innovatsion tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‘LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“___________________________________” FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU : _________________________________________________
Bajardi:____________________________
Qabul qildi:_________________________
TOSHKENT-2024
Innovatsion tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning jahon tajribasi.
Reja:
1. Innovatsion tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning jahon tajribasi.
2. Innovatsion jarayonning ma'muriy-iqtisodiy shakli
3. Innovatsion tadbirkorlik faoliyatining axborot tizimi.
1.INNOVATSION TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING JAHON TAJRIBASI.
AQShda innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish va rivojlantirishda davlat siyosatini amalga oshirishning muhim yo’nalishi bo’lib, kichik innovatsion tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash hisoblanadi. Ushbu maqsadda AQShda har yili davlat byudjetidan 5 mlrd. AQSh dollaridan ziyod mablag’lar, xususiy sektor mablag’lari hisobidan 1 mlrd. AQSh dollari atrofida mablag’lar sarflanadi. Bunda kichik innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishini qo’llab-quvvatlashning quyidagi shakllari katta ustuvorlik berilgan:
- kichik innovatsion tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning maxsus dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- innovatsiyalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash dasturi bo’yicha qarzlar ajratish;
- davlat moliyaviy qo’yilmalari;
- venchur fondlari va ularning tarmoqlarini tashkil etish;
- xususiy sektor mablag’lari hisobiga moliyalashtirish va boshqalar.
AQShda innovatsion tadbirkorlikni va u orqali innovatsiya jarayonini rivojlantirishda muhim o’rin tutuvchi innovatsion infratuzilmani shakllantirish va takomillashtirishga katta e’tibor qaratiladi va u quyidagilarni o’z ichiga qamrab olgan:
- tegishli huquqiy-me’yoriy va qonuniy baza;
- innovatsiyalar taklifi va ularga bo’lgan talablar bozori;
- innovatsiyalarni tijoratlashtirish va innovitsiyalarni joriy etishdan olingan foydani kapitalizatsiya qilish bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar tarmoqlari;
- informatsion-vositachi (xizmat ko’rsatuvchi) tashkilotlar;
- yangiliklarni joriy etish bo’yicha eksport-import operatsiyalarini amalga oshiruvchi muassasalar;
- innovatsiya jarayonlari ishtirokchilari manfaatlari yo’lida injenerlik, auditorlik, boshqaruv, koordinatsion va boshqa pullik xizmatlarni amalga oshiruvchi muassasalar tarmog’i.
Xorij davlatlari amaliyotida innovatsiya faoliyatini rivojlantirishda, naqafat, moliyalashtirish, balki, innovatsiya siyosati samarali ijrosini ta’minlashda muhim omil bo’lib kelayotgan turli yo’nalishdagi innovatsion qo’llab-quvvatlash tadbirlari ham muhim o’rin egallamoqda. Buni quyidagi ma’lumotlar ham to’liq tasdiqlaydi:
1. Hukumat tashkilotlari mavzulari bo’yicha ITTKIni amalga oshiruvchi kichik innovatsion tadbirkorlik korxonalarini moliyaviy va texnik qo’llab-quvvatlash davlat dasturlari (AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Xitoy va boshqa davlatlar singari).
2. Xarajatlarning 50 %i yangi mahsulot va texnologiyalarni yaratishga ketadigan bevosita moliyalashtirish (subsidiyalar, qarzlar) (Frantsiya, AQSh davlatlari kabi).
3. Foiz to’lovlarisiz ssudalar taqdim etish (Shvetsiya), yangiliklarni joriy etish xarajatlarining 50 %ini qoplash uchun qaytarilmas tarzda beriladigan ssudalar (Germaniya).
4. Ilmiy-tadqiqot ishlanmalariga maqsadli dotatsiyalar (deyarli barcha rivojlangan davlatlarda).
5. Tijorat riski ehtimolligini hisobga olgan holda innovatsiyalarni joriy etish fondlarni yaratish (Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Shveytsariya, Niderlandiyada ushbu amaliyot keng qo’llaniladi).
6. Individual ixtirochilar uchun davlat bojini pasaytirish va ularga soliq imtiyozlarini taqdim etish (Avstriya, Germaniya, AQSh, Yaponiya va b.), shuningdek, ularni qo’llab-quvvatlash va sug’urtalash uchun ijtimoiy infratuzilmani yaratish (Yaponiya).
7. Individual ixtirochilarning arizalari bo’yicha patentli ishonchli vakillar bepul xizmatlarini ko’rsatish, boj to’lovlarini ozod qilish(Niderlandiya, Germaniya, Yaponiya, Hindiston).
8. Innovatsiya sohasida faoliyat ko’rsatuvchi korxonalar uchun soliqqa tortish rejimini engillashtirish, shu jumladan, ITTKIga qilingan xarajatlarni soliqqa tortishdan ozod qilish, universitetlar va ilmiytadqiqot institutlarini imtiyozli soliqqa tortish (AQSh, Buyuk Britaniya, Hindiston, Xitoy, Yaponiya).
9. Intellektual mulk va mualliflik huquqi himoyasini qonuniy ta’minlash (barcha rivojlangan davlatlarda).
10. Risklarni pasaytirish va risk zararlarini qoplash bo’yicha davlat dasturlari (AQSh, Yaponiya).
11. Kichik tadbirkorlik korxonalari kuchi bilan innovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ishlatiladigan venchur kapitali fondlarining keng tarmoqlarini tashkil etish (barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda).
12. Ilmiy parklar, biznes-inkubatorlar va texnologik rivojlanish hududlari tarmoqlarini tashkil etish (barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda).
13. Kichik innovatsion tadbirkorlik korxonalarini har tomonlama ilmiy-texnikaviy, moliyaviy va ishlab chiqarish bo’yicha qo’llab-quvvatlashni ta’minlovchi baquvvat davlat muassasalari (AQSh, Yaponiya, Hindiston, Xitoy va boshqa davlatlar).
14. Manfaatdor korxonalarga texnik yechimlarni va mumkin bo’lgan hamkorlarni tez topishga imkon beruvchi progressiv texnologiyalar va innovatsion ishlanmalar bo’yicha maxsus informatsion-qidiruv saytlari. Yaponiya davlatida innovatsiya faoliyatini moliyalashtirishning o’ziga xos amaliyoti va tajribalari shakllangan. Mazkur davlatda ITTKIlari amalga oshirish va moliyalashtirishga katta e’tibor qaratiladi. Jumladan, Yaponiya hukumati mamlakatda bajariladigan ITTKI umumiy hajmining taxminan 25 %ini moliyalashtiradi. Bunda fuqarolik jamiyati manfaatlari uchun amalga oshiriladigan tadqiqotlar ustuvorlik asosida moliyalashtiriladi. Fundamental tadqiqotlar davlat tomonidan birinchi o’rinda moliyalashtiriladi. Innovatsion tadbirkorlikni davlat tomonidan moliyalashtirish-ning bilvosita shakli ustuvorlik kasb etgan holda rivojlandi.
|
| |