birligidagi jarayondir. Misol uchun, 600 megagers (MGS) chastotali operativ
xotira 100 MB ma’lumotni 10 soniyada yuklasa, 1000 MGS operativ xotira bu
jarayonni 5 sekundda amalga oshiradi. Sizga qancha axborot hajmiga ega operativ
xotira zarurligini kompyuterdan nima maqsadda foydalanishingizga qarab aniqlash
mumkin. So‘nggi yillarda ishlab chiqaruvchilar noutbuk qurilmalarida
foydalanuvchi tomonidan yangilash mumkin bo‘lgan tezkor xotira tizimlarini
yaratmoqdalar. Apple’ning MacBook Air noutbukining RAM tizimi 4 GB. Biroq
Dell, HP kabi ishlab chiqaruvchilar kamida 8 GB tizimda ishlaydigan tezkor
xotirali qurilmalarni taklif qilmoqdalar. Noutbuklarda 2 GB.dan 16 GB.gacha
tezkor xotira bo‘ladi, ba’zida 32 gigabaytli noutbuklar ham uchraydi. Operativ
xotirasi 8 gigabaytdan yuqori noutbuklar faqatgina videolar bilan ishlaydigan yoki
o‘ta zamonaviy o‘yinlarni o‘ynaydiganlar uchungina kerak bo‘ladi. Xotirasi 4
gigabaytdan past noutbuklarni esa hech kimga tavsiya qilmaymiz. Eng yaxshi
variant 4 GB operativ xotiraga ega noutbuk hisoblanadi, lekin zamonaviy
o‘yinlarni o‘ynash niyatida bo‘lsangiz, kamida 8 GB xotirali noutbukni tanlang.
1990-2000 yillarda Photoshop ilovasini o‘rnatish uchun zarur RAM tizimi
2MBdan 64MBgacha, ya’ni 10 yilda 32 barobarga o‘sgan bo‘lsa, keyingi 10
yillikda, ya’ni 2016 yilga kelib bu dasturni kamida 16 GB tezkor xotiraga ega
qurilmalarga o‘rnatish mumkin. Bugungi deyarli barcha dastur-ilovalar uchun 4
GB tezkor xotira hajmi kifoya qiladi. 16 GB tezkor xotira esa kelajak uchun juda
qulay texnologiya. Bu video va audio tahriri uchun ayni muddao.