DDR3 yoki DDR4?
Ayni vaqtda tezkor xotiraning DDR3 tizimlari ham sotilmoqda. Ammo uning
keyingi avlodi – DDR4 tizimi ham allaqachon ommalashishga ulgurdi. Agar
DDR3 tizimidan foydalanishni talab etadigan biror sababingiz bo‘lmasa, sizga
birato‘la DDR4 xotira tizimiga ega qurilmani xarid qilishni tavsiya qilamiz. Undan
keyingi o‘n yillikda bemalol foydalanishingiz mumkin.
Kattaroq RAM tizimi
video o‘yinlarni ham sifatli o‘ynash kafolatini bermaydi. RAM qurilma tarkibidagi
boshqa
tizimlardan kelib chiqib, ba’zida tizim faoliyatini oshiradi.
Kompyuter
sizga grafik tasvirlar, televideniye yoki film ko‘rish, o‘yin o‘ynash, CAD/CAM
ilovalaridan foydalanish uchun kerak bo‘lsa, sizga katta hajmli RAM kerak. Xat,
yozish, operatsion tizim ilovalaridan foydlanish, veb-saytlarga kirib turish uchun
esa kichik hajm ham yetarli bo‘ladi. 64 bit xotira hajmiga ega Windows 7 talqinini
xotirasi 2 GB dan kam bo‘lgan tizimga o‘rnatib bo‘lmaydi. Bu 2 GB ma’lumot
hajmi kamlik qiladi degani emas. Bu tizimda siz bir vaqtning o‘zida audio tinglab,
internetdan foydalanib, Word hujjatlarni tahrir qila olmaysiz.
Windows operatsion tizimi doimo yarim bo‘sh tezkor xotirani yoqtiradi. Shunda
kerakli ilovalar zudlik bilan ochiladi. Aslida bu kabi
operatsion tizimlarning
muhim tarkibiy qismlari tezkor xotiraning ancha-muncha hududini egallab oladi.
Agar siz zamonaviy qidiruv tizimlari orqali bir vaqtning o‘zida ko‘plab axborot
manbaalarini izlab, aksariyat vaqtingizni internetda sahifalarning yuklanishi kutib
o‘tkazishni istamasingz, unda kamida 4 GB tezkor xotiraga muhtojsiz. Video,
audio va foto tahrir, grafikaga boy o‘yinlar o‘ynash istagida bo‘lsangiz, 4 GB
tizimidagi operativ xotira eng ma’quli.
Ammo yuqori pikselli tasvir, 3D
modelidagi tasvirlar tahriri uchun bu hajm kichkinalik qilish ham mumkin.
Windows Vista / Windows 7 32-bit uchun 2-4 GB, Windows Vista / Windows 7
64-bit uchun 6-16 GB, Windows 8 32-bit uchun 2-4 GB, Windows 8 64-bit uchun
6-16 GB, Ubuntu, Mint, yoki X-Server’li boshqa Linux 32-bit uchun 1-4 GB,
Ubuntu, Mint, yoki X-Server’li boshqa Linux 64-bit 4-16 GB hajmga ega tezkor
xotira kerak. Tekor xotirani tanlashda uning chastota tezligini ham inobatga olish
kerak. 1600 chastotali DDR3 yoki 2133 chastotali DDR4 tezkor xotira tizimlari
bugungi ishlab chiqaruvchilarning “asosiy plata”lariga muvofiq keladi. Agar siz
800 MGS da ishlaydigan DDR2 operativ xotirasini 533
chastotali plataga
ulasangiz ham operativ xotira tezligi oshmaydi va 533 chastotada ishlaydi.