37
8.2-rasm. T-trigger ishini ifodalovchi vaqt diagrammalarini olish sxemasi
Nazorat savollari
1.
D-triggerning ta’rifi va vazifalari.
2.
T-triggerning ta’rifi va vazifasi.
9-mavzu:
Berilgan funktsiyani amalga oshiruvchi ketma-ketlik sxemalarni
loyihalashtirish: registrlar, hisoblagichlar.
Ishdan maqsad: Berilgan funktsiyani amalga oshiruvchi ketma-ketlik sxemalarni
registrlar, hisoblagichlarishini ifodalovchi vaqt
diagrammalarini ishlash
prinsiplarini o’rganish va ularni Electronics
Workbenchdasturi yordamida
tekshirish.
Boshlang’ich ma’lumotlar
Registrning asosiy vazifasi - ikkili sanoq tizimida ifodalangan ko’p
xonali
sonlarni saqlash. Demak, “n”-xonali ikkili sonni saqlash uchun registrda “n” ta
trigger bo’lishi lozim.
Axborotni qabo’l qilish usuli bo’yicha qo’yidagi registrlar
farqlanadi:
•
parallel registrlar - axborot faqat parallel ko’rinishda yoziladi va o’qiladi;
•
ketma-ket registrlar (siljituvchi registrlar) - axborot faqat ketma-ket
ko’rinishda yoziladi va o’qiladi;
•
ketma-ket - parallel registrlar universal registrlar hisoblanadi va ular
parallel kodni ketma-ket kodga o’zgartira oladi va aksincha.
Hisoblagich (Schyotchik) deb kirish yo’li signallarini sanashga va ular sonini
qaydlashga mo’ljallangan tadrijiy o’zelga aytiladi. Signallarni
sanash axborotni
diskret ishlash qurilmalarida keng tarqalgan amallardan biri hisoblanadi.
Schyotchiklarning asosiy vazifalari qo’yidagilar:
38
•
kirish yo’liga berilgan signallarni sanash;
•
chastotani bo’lish.
Schyotchiklar bir biri bilan bog’langan bir xil triggerlar asosida quriladi.
Ko’pincha
T va JK-triggerlar ishlatiladi, chunki T-triggerlar
sanash triggeri
deb atalsa, JK-triggeri J q K q 1 da sanoq triggeri kabi ishlaydi.