|
UChАSTKА SАYLOV KOMISSIYaSI А’ZOLIGIGА NOMZODLАR UChUN QOʼYILАDIGАN TАLАBLАR
|
bet | 6/9 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,74 Mb. | | #249219 |
Bog'liq 1 мавзу Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловига оид қонунчилик UChАSTKА SАYLOV KOMISSIYaSI А’ZOLIGIGА NOMZODLАR UChUN QOʼYILАDIGАN TАLАBLАR:
Quyidagilar uchastka saylov komissiyasining aʼzosi boʼlishi mumkin emas:
Qonunchilik palatasi deputati, mahalliy Kengash deputati, Senat aʼzosi;
boshqa saylov komissiyasining aʼzolari;
siyosiy partiyalarning aʼzolari va vakolatli vakillari;
viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning oʼrinbosarlari;
prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari;
nomzodlar, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari;
nomzodlarga bevosita boʼysunuvchi shaxslar;
ogʼir yoki oʼta ogʼir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar.
Yigirma bir yoshga toʼlgan, oʼrta yoki oliy maʼlumotga, qoida tariqasida, saylov va referendumga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish borasida ish tajribasiga ega boʼlgan, aholi oʼrtasida obroʼ eʼtibor qozongan fuqarolar uchastka komissiyasining aʼzolari boʼlishi mumkin.
- Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi va Saylovchilarning yagona elektron roʼyxati kompьyuter dasturlari bilan ishlash uchun har bir uchastka komissiyasi tarkibida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida bilim va amaliy koʼnikmaga ega kamida ikki nafar shaxs (asosiy va zahira) boʼlishi tavsiya etiladi.
Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining qolgan yarmini shakllantirishda quyidagi zahiralardan foydalanish tavsiya etiladi:
- saylov va referendumga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish borasida ish tajribasiga ega, aholi oʼrtasida obroʼ eʼtibor qozongan fuqarolar;
- nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari;
- huquqiy bilim va malakaga ega shaxslar (yuriskonsulьtlar, advokatlar va h.k.);
- xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar.
|
| |