|
UChАSTKА SАYLOV KOMISSIYaSI RАISI
|
bet | 8/9 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,74 Mb. | | #249219 |
Bog'liq 1 мавзу Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловига оид қонунчиликUChАSTKА SАYLOV KOMISSIYaSI RАISI:
Uchastka saylov komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
komissiya majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi va uni oʼtkazish tartibini belgilaydi;
komissiya aʼzolari oʼrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan munosabatlarda komissiya nomidan ishtirok etadi;
Uchastka komissiyasi joylashgan bino va ovoz berish xonasining jihozlanishini tashkil etadi;
Uchastka komissiyasi qarorlari, komissiya raisining oʼrinbosari, kotibi va aʼzolarining guvohnomalari hamda boshqa hujjatlarni imzolaydi;
saylovga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish jarayonidagi huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, bu haqida okrug komissiyasini yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor qiladi;
Uchastka saylov komissiyasi raisi oʼz vakolatlarini bajara olmagan, shuningdek uchastka saylov komissiyasi raisi boʼlmagan taqdirda, uning vakolatlari rais oʼrinbosari yoki uchastka saylov komissiyasi qarori bilan komissiya aʼzolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni komissiya aʼzolari oʼrtasida koʼrib chiqish uchun taqsimlaydi;
ovoz beruvchi fuqarolar roʼyxatiga kiritilganlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarning toʼgʼriligini tekshirish uchun uchastka komissiyasi aʼzolarining uyma uy aylanib chiqishini tashkillashtiradi va muvofiqlashtirib boradi.
mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari bilan komissiya nomidan ish olib boradi;
uchastka komissiyasi aʼzolarining ovoz berish kunidagi vazifalarini belgilaydi;
4. UChАSTKА SАYLOV KOMISSIYaLАRI
FАOLIYaTINI SАMАRАLI TАShKIL ETISh.
Uchastka saylov komissiyasining majlisi, agar unda majlis oʼtkazilayotgan kundagi komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan boʼlsa, vakolatli hisoblanadi.
Uchastka saylov komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yoʼli orqali komissiya aʼzolari umumiy sonining koʼpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʼlib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
|
| |