|
2-seminar mashg‘uloti Mavzu: Tizimli blok va ona platalar komponentlarini o‘rganish Ishning maqsadi
|
bet | 1/8 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 9,7 Mb. | | #134493 |
Bog'liq 2-seminar Tizimli blok va ona platalar komponentlarini o‘rganish
2-seminar mashg‘uloti
Mavzu: Tizimli blok va ona platalar komponentlarini o‘rganish
Ishning maqsadi:
Tizimli blok va Motherboard (Ona plata) ning tashkil etuvchilari bilan tanishtirish.
Shaxsiy kompyuter asosiy qurilmalari haqida nazariy va amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
Masalaning qo‘yilishi:
a).Tizimli blok komponentalari haqida nazariy ma’lumot berish
b) shaxsiy kompyutеr tizimli platalari haqida nazariy va amaliy ko‘nikmalar hosil qilish
Tizimli blok va uning tuzilmasi Reja:
Mikroprosessor yoki prosessor
Qattiq disk yoki vinchester
Tezkor xotira mikrosxemalari
Kesh xotira mikrosxemalari
Kontroller yoki adabterlar
Ona platasi (Mother board )
Disk yurituvchilari
Elektr ta’minlovchi blok
Tizimli blok bu kompyuterning eng asosiy qismi. Uning ichida ona platasi, mikroprosessor, Qattiq disk yoki vinchester, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari,elektron sxemalar yoki kontrollerlar yoki adabterlar, elektr ta’minlovchi blok va disk yurituvchilari joylashadi. Bu Tizimli blokga hamma tashqi qurilmalar boglanadi va u ularning ishini ta’minlaydi.
Sistema blokning asosiy qismlari:
Mikroprosessor yoki prosessor- Kompyuterning miyyasi. Kompyuter ishini boshqarish, barcha hisob-kitoblar va buyruqlarni bajarilishini ta’minlaydi. U kichikina, to`rtburchak elektron sxema sekundiga bir necha yuz million amallarni bajaradi. Uning tezligi Megagerslarda hisoblanadi va prosessor nomidan keyin yoziladi, masalan Pentium 700.
Qattiq disk yoki vinchester - Doimiy xotira. Ma’lumotlarni doimo saqlash uchun foydalanadi. U vinchester deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi Qattiq disk nomidan kelib chiqkan (1973 yilda IBM firma tomonidan yaratilgan Qattiq disk nomi "30/30" bo`lgan va bu mashxur Winchester miltikning kalibrga uxshar edi). Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi.
|
| |