|
2-seminar mashg‘uloti Mavzu: Tizimli blok va ona platalar komponentlarini o‘rganish Ishning maqsadi
|
bet | 2/8 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 9,7 Mb. | | #134493 |
Bog'liq 2-seminar Tizimli blok va ona platalar komponentlarini o‘rganish Tezkor xotira mikrosxemalari - Kompyuterning vaqtinchalik xotirasi. U dasturlar ishlash jarayonida zarur bo`lgan ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadi.
Kompyuter o`chirilgandan keyin shu xotiradagi ma’lumotlar yukotiladi.
Kesh xotira mikrosxemalari - Kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko`p ishlatilgan ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o`rtasida joylashadi.
Kontroller yoki adabterlar - Ular har xil tashqi qurilmalar ishini ta’minlaydilar. Ishlash xolatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush plata, tarmoq platasi va ...).
Ona platasi Mother board - Asosiy elektrosxema bo`lib o`nga prosessor, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, kontroller va adabter elektrosxemalari o`rnatiladi, Qattiq disk va disk yurituvchilari ulanadi
Disk yurituvchilari - Bu egiluvchan va kompakt disklardagi ma’lumotlarni ukish va ularga saqlash ishlarni bajaradigan qismi.
Elektr ta’minlovchi blok - Har bir qismning o’ziga mos elektr-quvvat extiyojini ta’minlovchi blok.
Tizimli blokda portlar – bu yuborilayotgan va qabul qilinayotgan axborotlar o’rtasidagi bog’lanishni tashkil etadi (mantiqiy yoki fizik) odatda quyidagilar:
1-rasm. Qurilmali (apparatli) va kiritish-chiqarish portlar
Qurilmali (apparatli) portlar – bu asosan kompyuterning fizik qurilmasi bo’lib u asosan vilka yoki kabel yordamida kompyuterga bog’lanadi. Ularga quyidagilar kiradi:
Parallel port, Davomli port, USB, ATA/SATA, IEEE 1384 (FireWire), PS/2 (1rasm.)
Kiritish-chiqarish porti – mikroprotsessorlarda (masalan Intel) qurilmalar yordamida ma`lumotlar almashish imkonini beradi. Kiritish- chiqarish porti dasturga ma`lumotlar berish va uni almashishni tashkil etadi.
Tarmoqli port – TCP va UDP protokol parametrlari bo’lib u IP formatidagi mahlumotlar paketi qo’llanilishini aniqlaydi. (2-rasm.)
2- rasm. Tarmoqli port
Tizimli blokni yig’ish
Kompyuter bir nechta qurilma va platalardan tashkil topadi. Qurilmalarning har birini nimaga ishlatilishidan xabardor bo‘lsangiz, o‘zingiz bemalol kompyuter yig‘ib olishingiz mumkin. Kompyuterni yig‘ish, operatsion tizimni va ishlash uchun kerakli dasturlarni yuklash 1 soatdan 3 soatgacha vaqt olishi mumkin.
|
| |