Qanday qilib nikohni sud tartibida bekor qilish mumkin? Halqaro nikohni




Download 30,41 Kb.
bet3/3
Sana02.10.2024
Hajmi30,41 Kb.
#273245
1   2   3
Bog'liq
Javob Onlayn- mahalla

4.Qanday qilib nikohni sud tartibida bekor qilish mumkin? Halqaro nikohni.
Farg‘ona tumani adliya bo‘limi sizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024- yildagi 80-son farmoniga asosan aholining uyma-uy yurish orqali huquqiy muammolarnini aniqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Onlayn-mahalla” elektron platformasi orqali kelib tushgan 2024-yil 9-sentabrdagi 3/9-XXX-sonli murojaatingizga javoban shuni yozib ma’lum qilamizki:
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 236-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi, shuningdek chet el fuqarolari o‘rtasidagi nikohdan ajratish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan eri (xotini) bilan tuzilgan nikohdan, mazkur shaxs qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi sudida ajralishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohdan ajralish mumkin bo‘lgan hollarda bunday nikohdan ajralish O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalarida yoki konsullik muassasalarida amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi nikohdan ajratish O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tegishli chet el davlatining qonunchiligiga rioya etilgan holda amalga oshirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida chet el fuqarolari o‘rtasidagi nikohdan ajratish tegishli chet el davlatining qonunchiligiga rioya etilgan holda amalga oshirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi.
MDH mamlakatlari va chet el davlatlari sudi tomonidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohdan ajratish (qaror qachon chiqqanidan qat’i nazar) agar davlatlararo bitimda boshqa hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, umumiy asoslarda FHDYo organida qayd etiladi.
O‘zbekiston Respublikasida qayd etilgan nikohdan chet el davlatining vakolatli organi qarori asosida ajrashgan shaxslar nikohdan ajratilganligini tasdiqlovchi hujjati (guvohnoma, ma’lumotnoma, sertifikat va h.k.)ning legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan kseronusxasi uning tarjimasi bilan birga FHDYo organiga taqdim etishi lozim. Bunda FHDYo organi tomonidan nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli yozuv kiritiladi hamda unga bu haqda ma’lumotnoma beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarning vakolatli organlarida qayd qilingan nikohdan ajralish haqidagi ma’lumotlari legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan nikohdan ajralganligini tasdiqlovchi hujjatlari asosida (guvohnoma, sertifikat va boshqa hujjatlar) elektron axborot tizimiga kiritiladi, bundan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan holatlar mustasno. Nikohdan ajratishni qayd etishda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonuni bilan belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Mazkur muroajaatingiz yuzasidan yuborilgan javob xatidan norozi bo‘lgan taqdiringizda O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga ko‘ra yuqori turuvchi organga yoxud sud organlariga murojaat qilishingiz mumkinligi tushuntiriladi.
Download 30,41 Kb.
1   2   3




Download 30,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qanday qilib nikohni sud tartibida bekor qilish mumkin? Halqaro nikohni

Download 30,41 Kb.