Turmush o‘rtog‘i bilan uzoq muddatdan beri birga yashamaydi nikohni bekor qilish?




Download 30,41 Kb.
bet2/3
Sana02.10.2024
Hajmi30,41 Kb.
#273245
1   2   3
Bog'liq
Javob Onlayn- mahalla

3.Turmush o‘rtog‘i bilan uzoq muddatdan beri birga yashamaydi nikohni bekor qilish?
Farg‘ona tumani adliya bo‘limi sizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024- yildagi 80-son farmoniga asosan aholining uyma-uy yurish orqali huquqiy muammolarnini aniqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Onlayn-mahalla” elektron platformasi orqali kelib tushgan 2024-yil 9-sentabrdagi 3/9-96-sonli murojaatingizga javoban shuni yozib ma’lum qilamizki:
Nikohdan ajratish sud tartibida, O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksning 42 va 43-moddalarida nazarda tutilgan hollarda esa, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida amalga oshiriladi.
Ushbu kodeksining 42 va 218-moddalariga muvofiq FHDYo organi mulkiy nizolari hamda voyaga yetmagan farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlari) bo‘lmagan er-xotinlardan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani qabul qiladi. Agar xotin homilador bo‘lsa nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etiladi.
Alohida yashovchi er-xotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi. Nikohdan ajralish ariza beruvchilarning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joydan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat o‘tgach qayd etiladi.
Agar er-xotindan biri:
sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;
sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa;
sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, o‘rtada voyaga yetmagan bolalari borligidan qat’i nazar, er-xotindan birining arizasiga ko‘ra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratiladi. Agar bolalar haqida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo‘lish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga ta’minot berish uchun mablag‘ to‘lash haqida nizo mavjud bo‘lsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi.
Agar bolalar haqida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo‘lish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga ta’minot berish uchun mablag‘ to‘lash haqida nizo mavjud bo‘lsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi.
Mazkur muroajaatingiz yuzasidan yuborilgan javob xatidan norozi bo‘lgan taqdiringizda O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga ko‘ra yuqori turuvchi organga yoxud sud organlariga murojaat qilishingiz mumkinligi tushuntiriladi.

Download 30,41 Kb.
1   2   3




Download 30,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turmush o‘rtog‘i bilan uzoq muddatdan beri birga yashamaydi nikohni bekor qilish?

Download 30,41 Kb.