|
2. Sha’riy nikoh nikohini rasmiylashtirishga amaliy yordam?
|
bet | 1/3 | Sana | 02.10.2024 | Hajmi | 30,41 Kb. | | #273245 |
Bog'liq Javob Onlayn- mahalla
Farg‘ona tumani adliya bo‘limi sizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024- yildagi 80-son farmoniga asosan aholining uyma-uy yurish orqali huquqiy muammolarnini aniqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Onlayn-mahalla” elektron platformasi orqali kelib tushgan 2024-yil 9-sentabrdagi 3/9-98-sonli murojaatingizga javoban shuni yozib ma’lum qilamizki:
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 61- moddasida “Bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan shaxsning otaligi o‘zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs va onaning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organiga birgalikda topshirgan arizasiga binoan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 oktyabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish” qoidalarining 39-60-bandlarida Nikohda bo‘lmagan ota-onadan tug‘ilgan bolaga otalikni belgilash ota va onasi (agar otasi voyaga yetmagan hisoblansa, u holda qonuniy vakili) tomonidan birgalikda berilgan arizasi yoki sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida FHDYo organida amalga oshiriladi.Otalikni belgilashda ota-onalardan biri ishtirok etmagan taqdirda uning imzosi qonunchilikda belgilangan tartibda (notarius, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasining mas’ul shaxsi yoki tibbiyot muassasasi, FHDYo organi, harbiy qism yoki jazoni o‘tash muassasasi rahbarining imzosi va muhri bilan) tasdiqlanadi.
Otalikni ishonchnoma bo‘yicha belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mazkur muroajaatingiz yuzasidan yuborilgan javob xatidan norozi bo‘lgan taqdiringizda O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga ko‘ra yuqori turuvchi organga yoxud sud organlariga murojaat qilishingiz mumkinligi tushuntiriladi.
2.Sha’riy nikoh nikohini rasmiylashtirishga amaliy yordam?
Farg‘ona tumani adliya bo‘limi sizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024- yildagi 80-son farmoniga asosan aholining uyma-uy yurish orqali huquqiy muammolarnini aniqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Onlayn-mahalla” elektron platformasi orqali kelib tushgan 2024-yil 9-sentabrdagi 3/9-75-sonli murojaatingizga javoban shuni yozib ma’lum qilamizki:
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13-17-moddalariga muvofiq, Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasiga muvofiq:
loaqal bittasi qayd qilingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida;
nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;
loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.
Uzrli sabablar bo‘lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi bir oy o‘tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin. Alohida hollar (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin. Nikoh tuzish fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 oktyabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish ” qoidalarining 39-60-bandlarida Nikohga kirish haqidagi ariza berishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu to‘g‘rida belgilangan namunadagi yozma yoki elektron ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy o‘tgach FHDYo organi tomonidan qayd etiladi.
FHDYo organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslarning nikoh tuzilganligini qayd etish to‘g‘risidagi arizasini qabul qilishda belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma beriladi. Bunda ellik yoshgacha nikoh tuzuvchi shaxslar OIV-infeksiyasi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan majburan o‘tishi kerak[ОКОЗ:1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.02.00.00 Фуқаролар (жисмоний шахслар) / 03.02.08.00 Фуқаролик ҳолати далолатномаларини қайд қилиш;.
Mazkur muroajaatingiz yuzasidan yuborilgan javob xatidan norozi bo‘lgan taqdiringizda O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga ko‘ra yuqori turuvchi organga yoxud sud organlariga murojaat qilishingiz mumkinligi tushuntiriladi.
2.04.00.00.00 Оила қонунчилиги / 04.06.00.00 Фуқаролик ҳолати далолатномаларини қайд қилиш (шунингдек, 03.02.08.00га қаранг)]
|
| |