• Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
  • II. Asosiy qism
  • 2-sinflar uchun Sinf soati Yillik ish reja va ishlanmalari Tushuntirish xati




    Download 6,8 Mb.
    bet16/40
    Sana11.10.2024
    Hajmi6,8 Mb.
    #274566
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
    Bog'liq
    2 sinf Sinf soati Tarbiyaviy soat 2023 2024 to`liq hajmdagi eng

    MMIBDO`: ______________
    Sinf rahbar: ______________
    Mavzu: Piyodalar va ularning tashkiliy jamlanmasida harakatlanish.
    I.Kirish:
    Tarbiyaviymashg`ulotning maqsadi: Yurt, ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar ongiga yetkazish. Vatanga muhabbat tuyg`usini uyg`otish; o`quvchilar nutqini o`stirish.
    Tayanch kompetensiya elementlari:
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
    O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
    Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:
    Tashkiliy qism
    O`quvchilarni mashg`ulot maqsadi bilan tanishtirish.
    II. Asosiy qism:
    Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo’lkasidan, ular bo’lmaganda esa yo’l yoqasidan yurishlari kerak. Qo’pol yuklarni olib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz aravasida borayotgan shaxslarning trotuar yoki yo’l yoqasidan yurishlari boshqa piyodalarning harakatlanishiga halaqit berayotgan bo’lsa, ular qatnov qismining chetidan yurishlari kerak.
    Trotuarlar, piyodalar yo’lkasi, yo’l yoqasi bo’lmasa yoki ulardan yurishning imkoniyati bo’lmagan hollarda piyodalar velosiped yulkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi bo’lagi bor yo’llarda qatnov qismining o’ng chetidan) bir qator bo’lib yurishlari mumkin.
    Aholi yashaydigan joylardan tashqarida yo’lning qatnov qismida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi yo’nalishda yurishlari kerak.
    N ogironlarning yurgizgichsiz aravasida ketayotgan, mototsikl, moped, velosiped etaklab ketayotgan shaxslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakat yunalishi buylab yurishlari kerak.
    Eslatma: piyodalar yulkasida, trotuarlarda, yo’lning yoqasida piyodalarning harakatlanishiga halaqit beradigan qurilma va jihozlar o’rnatish man etiladi.
    Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga bir qatorda to’rt kishidan ortiq bo’lmasdan yo’lning qatnov qismida faqat transport vositalarining harakat yunalishi bo’ylab o’ng tomondan yurishga ruxsat etiladi.
    Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, qoronri vaqtda yoki etarlicha ko’rinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq ko’targan kuzatuvchilar bo’lishi kerak.
    Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo’lkalaridangina, ular bo’lmaganda esa yo’l yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruhsat etiladi.
    Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi.

    Download 6,8 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




    Download 6,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-sinflar uchun Sinf soati Yillik ish reja va ishlanmalari Tushuntirish xati

    Download 6,8 Mb.