• Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
  • Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi
  • MMIBDO‘: __________________ Sana




    Download 6,8 Mb.
    bet9/40
    Sana11.10.2024
    Hajmi6,8 Mb.
    #274566
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
    Bog'liq
    2 sinf Sinf soati Tarbiyaviy soat 2023 2024 to`liq hajmdagi eng

    MMIBDO‘: __________________
    Sana:__________
    Mavzu: Odobli bola-elga manzur.
    I.Kirish:
    Sinf soat mashg`ulotning maqsadi: Yurt, ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar ongiga yetkazish. Vatanga muhabbat tuyg`usini uyg`otish; o`quvchilar nutqini o`stirish.
    Tayanch kompetensiya elementlari:
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
    O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
    Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Mavzuga oid rasmli ko’rgazmalar, videomateriallar, videoproyektor, tarqatma savollar
    Tashkiliy qism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
    II.Asosiy qism:
    O`qituvchi: Inson tarbiyasi – buyuk ma`naviy qadriyatlarga ega. Tarbiya – bu odob fazilatlaridan biri. Tarbiyali kishi el o`rtasida e`zozlidir.
    Hozir men sizga Rostgo`ylik haqida hikoya aytib beraman.Diqqat bilan quloq soling.
    Aytishlaricha,Imom Buxoriy hazratlari bolalik yillari ilm o`rganish maqsadida uzoq safarga chiqibdilar.U kishining onalari bolasini to`nining etagiga qirq tilla tangani yaxshilab tikib qo`yibdi. Safar oldidan har qanday vaziyatda ham hech qachon yolg`on so`zlamaslikni tayinlabdi.Yo`lda bola qo`shilib ketayotgan karvonga qaroqchilar hujum qilib qolibdi.Barchani talab bor-yo`g`ini batamom tortib olishibdi-da,bolaga uncha ham e`tibor bermay so`rashibdi:
    -Sening nimang bor?
    -Menda qirq tilla bor,-debdi bola.
    Qaroqchilar bolani masxara qilishibdi.Qaroqchilar boshlig`i bolani olib kelishni buyuribdi.Shunda ham bola to`g`risini gapirib,menda qirq tilla bor,deb turaveribdi va etagini yirtib,tangalarni qaroqchilar boshlig`ining oldiga to`kibdi.Shunda qaroqchilar boshlig`i:
    -Ey,nodon bola,sen bor narsangni aytmaganingda,tillalaring o`zingda qolardi,hech kim bilmagan edi-ku!- debdi.
    Shunda Imom Buxoriy hazratlari safar oldidan onalari hech qachon yolg`on gapirmasliklari lozimligini ta`kidlaganini va onalarining o`gitiga amal qilganliklarini aytgan ekanlar.
    Qaroqchilar boshlig`i yosh Buxoriyning gapidan nihoyatda ta`sirlanib,qaroqchilik,talon-taroj va zo`ravonlikdan qaytib,nochor,faqir odamlardan zo`ravonlik bilan tortib olgan narsalarni miskin,bechoralarga tarqatib tavba qilgan ekanlar.

    Download 6,8 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




    Download 6,8 Mb.