|
2 soat I. Ishdan maqsad
|
Sana | 02.11.2023 | Hajmi | 21.09 Kb. | | #93168 |
Bog'liq 2-amaliy. Fan.aro aloqa, IT metodlari (1) 00122552, 4-маруза, 12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF, Academic-Data-315201105692
2-amaliy mashg‘ulot mavzusi:
Ona tilini o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Ona tili o‘qitish metodikasining tekshirish (ilmiy-tadqiqot) metodlari (2 soat)
I. ISHDAN MAQSAD: Talabalarni ona tilini o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Ona tili o‘qitish metodikasining tekshirish (ilmiy-tadqiqot) metodlari bilan amaliy tanishtirish.
Masalaning qo‘yilishi: Talaba amaliy mashg‘ulotda keltirilgan vazifalarni bajarishi, tahlil qilishi va jarayonni o‘zida his qilib, natija olishi lozim.
Vazifa. Ona tili o‘qitish metodikasi fani haqida tushunchalarni mustahkamlash, ilmiy asoslar va metod hamda usullarini izlash, ularni amaliyotga tatbiq qilish.
II. MASHG‘ULOTGA KIRISH:
Savollar:
Ona tilini o‘qitish metodikasi fanining maqsadi nima?
Ona tilini o‘qitish mazmuni qanday?
DTS talabiga muvofiq, umumta’lim tizimida tilshunoslikka asoslangan bilimlar miqdorining chegaralanishi
Ona tilini o‘qitish metodikasi fanining vazifalari
Ona tilini o‘qitish metodikasi fanining shakllanish tarixi
Qanday tadqiqot metodlarini bilasiz?
Suhbat metodining mohiyati
Pedagogik eksperiment nima?
Pedagogik eksperimentning qanday bosqichlari bor?
Metodik merosni o‘rganish qanday metod?
III. TOPSHIRIQLAR
1-topshiriq. Quyidagi savollardan birini tanlab, unga javob tayyorlang.
1-savol: “Ona tilini o‘qitish metodikasi” fanining falsafa bilan bog‘liqligini tushuntiring.
2-savol: “Ona tilini o‘qitish metodikasi” fanining adabiyotshunoslik bilan bog‘liqligini asoslang.
3-savol: “Ona tilini o‘qitish metodikasi” fanining pedagogika bilan bog‘liqligini tushuntiring.
4-savol: “Ona tilini o‘qitish metodikasi” fanining psixologiya bilan bog‘liqligini asoslang.
5-savol: “Ona tilini o‘qitish metodikasi” fanining tilshunoslik bilan bog‘liqligini tushuntiring.
6-savol: “Ona tilini o‘qitish metodikasi” fanining lingvokulturologiya bilan bog‘liqligini tushuntiring.
7-savol: “Ona tilini o‘qitish metodikasi” fanining ommaviy axborot vositalari fanlari bilan aloqadorligini tushuntiring.
8-savol: “Ona tilini o‘qitish metodikasi” fani taraqqiyotining axborot-kommunikatsion texnolgiyalari bilan bog‘liqligini tushuntiring.
2-topshiriq. Fanlararo aloqadorlikning ahamiyati haqidagi fikrlaringizni tezis shaklida ifodalang.
3-topshiriq. “Ona tilini o‘qitish metodikasi” fanining ilmiy tadqiqot metodlarini jadval ko‘rinishida ifodalang.
4-topshiriq. Ona tilini o‘qitish jarayonidagi biror mavzuni ilmiy muammo sifatida izohlang.
Namuna sifatida mavzu: O‘quvchilarning og‘zaki nutq ko‘nikmasini shakllantirish metodikasi.
IV. UYGA VAZIFA:
Quyidagi mavzuga oid ma’lumot topib, taqdimot tayyorlash: Ona tilini o‘qitish metodikasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlili
V. DARSNI YAKUNLASH:
1) baholash;
2) xulosalash.
|
| |