|
2-тajriba ishi tokarlik vintqirqish dastgohini o’rganish ishdan maqsad
|
bet | 3/3 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #107862 |
Bog'liq 2-АМАЛИЙ ИШ1K62 dastgohini boshqarish. Asosiy elektrodvigatelni yoqish va to`xtashish uchun (7.1- rasm) dastgohda tugmali stansiya 19 bor, supportning yuqori o`ng qismida o`rnatilgan. Aylanish chastotasini o`zgartirish stanokda joylashtirilgan jadvalga ko`ra 1 va 4 dastaklar yordamida shpindel bajaradi.
7.2-rasm Tokarlik dastgohining supporti
1- support karetkasi, 2- orqa kesgichni ushlagich, 3- otkidnoy kronshteyn, 4- shitok, 5-oldingi kesgichni ushlagich, 6- supportning yuqori salazkalari, 7- pint, 8-buriluvchi plita, 9- supportning ko`ndalang salazkalari, 10- dastak, 11-baraban limba, 12- ko`ndalang salazkalar vinti, 13- ko`ndalang salazkalar gakasi, 14- nazorat qiluvchi kiln, 15- nazorat qiluvchi klinning vinti.
Tishlar qutisining rezba qadamiga va uzatishga o`zgarishi 22 va 23 dastaklar bajaradi. Support harakatini boshqarish bitta dastak 10 orqali amalga oshiriladi, u fartukning o`ng tomonida joylashgan. Dastakni o`zimizga qarshi tomonga bosilganda markazga yo`nalgan ko`ndalang uzatish yoqiladi; dastakni o`zimiz tomonga bosilganda markazdan qochma ko`ndalang uzatish yoqiladi; dastakni o`ng tomonga burilganda support orqa babkaga ko`chadi; chap tomonga bosilganda – oldingi babkaga. Shu dastak bilan kesgichni ushlagich bilan kesgichning to`rt tomonga tez ko`chishi amalga oshiriladi. Buning uchun nafaqat dastakni kerakli tomonga burish, balki undagi tugmani bosish ham kerak, tugma supportni ko`chishini tezlashtirish uchun elektrodvigatelni yoqadi.
Orqa babka parmalash ishlarini bajarganda supportdan mexanik uzatishni qabul qilishi mumkin, u ishni yengillashtiradi va ishlab chiqarishni oshiradi.
7.3-rasm Tokarlik dastgohiga asosiy moslamalar
a-tryoxkulachkoviy samostentriruyushiy patron kaliti bilan, b-chetiryoxkulachkoviy patron, v- povodkoviy patron, g-harakatsiz markaz, d- aylanuvchi markaz, e-xomutlar.
Tokarlik dastgohida ishlashda kesuvchi asboblarni va zagotovkalarni mahkamlash uchun turli xil moslamalar ishlatiladi.
Tryoxkulachkoviy samostentriruyushiy patronlar (7.3 a - rasm) chetiryoxkulachkoviy patron (7.3 b - rasm) zagotovkalarni mahkamlash xizmat qiladi. Povodkoviy patron (7.3 v – rasm) markazlardagi zagotovkalarga ishlov berishda ishlatiladi. Markazlar (7.3 e va d - rasm) o`rkirlanayotgan uzun zagotovkalarni ushlash uchun xizmat qiladi.
Nazorat savollari
Vint kesuvchi tokarlik dastgohi qayerlarda ishlatiladi?
Vint kesuvchi tokarlik dastgohi qanday uzellardan tashkil topgan?
Tokarlik dastgohining staninasi qanday tuzilgan va nima uchun xizmat qiladi?
Tokarlik dastgohining oldingi babkasi tuzilishi haqida gapiring.
Tokarlik dastgohining orqa babkasi tuzilishi haqida gapiring.
Tokarlik dastgohining supporti nima uchun xizmat qiladi?
|
| |