|
2-тajriba ishi tokarlik vintqirqish dastgohini o’rganish ishdan maqsad
|
bet | 2/3 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #107862 |
Bog'liq 2-АМАЛИЙ ИШNazariy ma’lumotlar
Keng tarqalgan vint kesadigan tokarlik dastgohi 1K62 modelli dastgohdir. U har xil turdagi tokarlik ishlarini bajarishga mo’ljallangan.
1K62 dastgohining texnik xarakteristikasi. Stanina ustidagi markazlar balandligi 215mm. markazlar orasidagi masofa 710, 1000, 1400 mm. Staninadagi eng katta o’tkirlash diametric 400 mm. Supportning pastki qismidagi eng katta o’tkirlash diametri 220mm. Shpindel teshigidan o’tadigan ishlov berilayotgan prytkaning eng katta diametri 42 mm. Shpindel teshigining oldak qismidagi konus-Morze №6. O’tkirlashning eng katta uzunligi 640, 930, va 1330 mm. Shpindeldagi ishchi tezliklar soni 24. Ishchi xodda shpindelning aylanish chastotasi chegarasi 12.5 dan 2000 min gacha. Bo’ylama va ko’ndalang uzatishlar chegarasi 0.075-4.46 mm/ob. Kesilayotgan rezbalarning qadami: metriklikning 1dan 12 mm gacha, dyumlilikning 2 dan 24 ip gacha, modullilikning 0.51 dan 48 gacha. Rezbalarning qadamini kattalashtirish 8 dan 32 martagacha. Asosiy dvigatelning quvvati 10kVT. Elektrodvigatel valining aylanish chastotasi 1450min.
Stanina dastgohning hamma qismlarini o’rnatish uchun xizmat qiladi. U cho’yandan quyiladi va quti shakliga ega.
Oldingi babka staninaga harakatsiz mahkamlanadi. Hamma tokarlik dastgohlarining oldingi babka korpusining ichida shpindel asosiy valiga kerakli aylanish chastotasini hosil qiluvchi tezliklar qutisi joylashgan.
Support kesuvchi asboblarni mahkamlash uchun va ularga harakat uzatishlari haqida xabar berish uchun mo’ljallangan. U tokarlik dastgohida ishlarni bajarish uchun asosiy rolni o’ynaydi.
Support (7.2-rasm) karetkadan 7, yo’naltiruvchi stanina; fartuk bo’yicha harakat qiluvchi, ko’ndalang salazok 9, yo’naltiruvchi karetkada harakatlari amalga oshiriladi; buriladigan plitalar 8, yuqori salazok 6 unga mahkamlangan resederjatel 5 bilan.
7.1-rasm 1K62 dastgohining asosiy uzillari va boshqarish organlari
a-privod, b-oldingi babka, v-shpindel, g-patron, d-support, e-orqa babka, j-stanina, z-xodovoy val, i-xodovoy vint, k-fartuk, l-uzatishlar qutisi, 1 va 4 – shpindel aylanish chastotasini o’rnatish dastagi, 2- rezba qadamini o’rnatuvchi dastak, 3- o’ng yoki chap rezbalarni va uzatishlarni o’rnatuvchi dastak,5-maxavichok qo`lda ko`cherish uchun karetkalar, 6-supportning ko`ndalang uzatish dastagi, 7-kesuvchi galovkani qisish va burish uchun dastak, 8- supporting yuqori qism uzatish uchun dastak, 9-support karetkalarining tezligini oshiruvchi knopka, 10-support karetkalari qadamini boshqaruvchi dastak, и-orqa babka pinolini mahkamlash uchun dastak, 12- sovutgich nasosini o`chirgich, 13- chiziqli o`chirgich, 14-orqa babkani mahkamlash dastagi, 15-mahalliy yoritgichni o`chirgich, 16- orqa babka pinolini ko`chiruvchi maxavichok, 17 va 21- shpindelni yoquvchi va to`xtatuvchi dastak, 18- gaykani matochkali yoqish dastagi, 20-rezba kesish paytida reka va tishli g`ildirakni o`chirish tugmasi, 22- rezba qadamini va uzatish kattaligini o`rnatuvchi dastak, 23-rezba qadamini uzatishni yoquvchi dastak.
Uzatishlar qutisi xodovoy valik va xodovoy vint tezliklarini o`zgartirish uchun xizmat qiladi.
Orqa babka markaziga ishlov berilayotgan detalning ikkinchi uchini ushlab turish uchun, sverlolarni, zinkerlarni, razvyordkalarni va boshqa kesuvchi asboblarni mahkamlash uchun, ular bilan ishlash vaqtida uzatishni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
|
| |