|
2 Zoogeografiya fanidan ma’ruza mavzulari va mazmuni
|
bet | 21/36 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 256,18 Kb. | | #99297 |
Bog'liq AMIR TEMURNING XOKIMIYATGA KELISH ARAFASIDA MOVAROUNNAHRDAGI SIYOSIY VAZIYATReptiliyalar faunasi
Neotropika oblastida quyidagi reptiliyalar yashaydi:
Kaymansimon yoki muskusli toshbaqalar oilasi – Chelydridae,
Suv toshbaqalari – Emydidae,
Quruqlik toshbaqalari – Testudinidae ( 2 turi ), Yonbo’yinli toshbaqalar – Pleurodira kichik turkumining 2 oilasi – pelomeduzalar Pelomedusidae va ilonbo’yinli toshbaqalar Chelyidae vakillari;
Kaltakesaklardan iguanalar – Iguanidae ning (100 turi bor) yirik daraxtda yashovchi, tog’da yashovchi mayda qoyatoshlarda va cho’llarda yashovchi, ayrim suv muhiti bilan bog’liq turlari, dengiz iguanalari-Amblyrrhynchus (Galapagoss orollarida yashaydi va suvo’tlar bilan oziqlanadi) stsinklar, gekkonlar (turlar soni Eski Dunyoga qaraganda kam),
Ilonlarning Anilidae oilasiga kiruvchi turlari korall svertashkasi Anilis yoki Amerika suviloni;
Bo’g’ma ilonlarning Boinae kenja turkumi vakillari; xaqiqiy bo’g’ma ilonlar Constrictor, anakonda Eunectes murinus, xipcha qorinli bo’g’ma ilonlar Corallus; Aspidlar oilasi – Elapidae turlari masalan: zaharli korall aspidi (Mikrurus urug’i), shaqildoq ilonlar Crotalinae (40 turi yashaydi) oilasi turlari: (masalan: jararaka, kaskavela, bushmeyster zaharli ilonlar hisoblanadi)
Amfibiyalar faunasi
Neotropikada amfibiyalarni quyidagi turlari yashaydi:
Oyoqsizlardan chervyagalar Cueciliidae oilasining 3 endemik urug’iga mansub 16 turi: `
Dumlilardan o’pkasiz salamandralar – Plethodontidae;
Dumsizlardan esa baqa va qurbaqalarning juda ko’p turlari: pipalar – Pipa, svistunlar – Leptodactylide, xaqiqiy qurbaqalar – Bufonidae (zaharli qurbaqa Aga shu oblastda yashaydi).
Daraxt baqalari yoki kvakshalar Hylidae (turlari: temirchi kvaksha, Brazilya kvakshasi, fillomeduza, xaltali kvaksha) .
Xaqiqiy baqalar Ranidae materikning janubiy qismida emas, balki shimoliy qismida yashaydi.
Baliqlar faunasi
Neotropika oblastida quyidagi baliqlar yashaydi:
Ikki xil nafas oluvchilardan Lepidosirenidae – lepidosiren;
Suyak tillilar Osteoglossidae oilasini Arapaima (bularning uzunligi 4 m, og’irligi 200 kg keladi) va aravana urug’i turlari; endemik hisoblangan elektr ugorlar Elektrophoridae oilasining yagona turi (tanasida 350 – 500 volt tok hosil qiladi); Xaratsinoidlar turkumi turlari (800 turi uchraydi) hayot kechiradi; bulardan piranyasimonlar Serrasalmidae oilasiga taalluqli piranyalar; mayda xaratsinsimonlar oilasi turlari – tetra, neon va xokazo;
Laqqabaliqlarni Doradidae, Pimelodidae, Pugididae (parazit hayot kechiradilar) oilalariga kiruvchi turlari, shuningdek Asprenidae va boshqa oilalari turlari ham shu yerda tarqalgan(jami 12 endemik oila). Masalan, kallixt turi akvariumlarda boqiladi.
Tikanqanotlilardan Nandalar oilasi Nandidae, xromislar oilasi Cichlidae oilasiga kiruvchi turlari; masalan, akvariumda boqiladigan skalyariyalar shular jumlasidandir.
|
| |