XULOSA VA TAKLIFLAR……………………………..…………..28




Download 486,77 Kb.
bet2/10
Sana18.05.2024
Hajmi486,77 Kb.
#242886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
---KURS ISHI DAVLAT, TIJORAT BANKLARI, KORXONALAR VA BOSHQALAR PUL

XULOSA VA TAKLIFLAR……………………………..…………..28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………….……….30


KIRISH. Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda, moliya bozorini tijorat banklari tomonidan investitsiya va emission faoliyatini rivojlantirish bir maromda va xatarsiz muomalada bo‘lishi uchun mazkur sohaga oid qonuniy me’yorlarni davr talablari darajasida ishlab chiqish hamda ularni doimiy ravishda takomillashtirib borishni, oddiy fuqarodan tortib, to davlat organlarigacha qimmatli qog‘ozlar bozorining barcha ishtirokchilari tomonidan qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishni o‘zida uyg‘unlashtiruvchi tizim zarur hisoblanadi. Jaxon tajribasi, shuni ko‘rsatmoqdagi iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, tijorat banklari modernizasiya qilish va tijorat banklarini investitsiya va emission faoliyatini rivojlantirish bugun kunning dozarb masalalari biri hisoblanadi. masalasini ilmiy asosda tadqiq qilish zarurligini yuzaga keltiradi.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan qimmatli qog‘ozlar bozorida tijorat banklarini investitsiya va emission faoliyatini rivojlantirish o‘ziga xos xususiyati ustuvor ahamiyat berilayotganida namoyon bo‘lmoqda. Iqtisodiyotdagi investitsion jarayonlarni yanada jadallashtirish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va korxonalarini modernizasiyalash, texnik va texnologik yangilashni rag‘batlantirish hamda innovasion rivojlanishni ta’minlashda bank xizmatalaridan foydalanish ko‘lamlarini kengaytirish rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya rivojlantirish tizimida investitsiya banklarini tashkil qilish usullari, vositalari va mexanizmlarini ishga solish yo‘llarini ishlab chiqish, qimmatli qog‘ozlar bozorini samarali tartibga solish uchun mavjud qonuniy-me’yoriy xujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish, fond bozori infratuzilmasini rivojlantirish, ishtirokchilar faoliyatini yuritishda va tashkil etishda yangi iqtisodiy normativlarni qo‘llash, o‘zo‘zini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar faoliyatlarini takomillashtirish kabi vazifalarni amalga oshirish dolzarb bo‘lib qolmoqda. Qimmatli qog‘ozlar bozorining davlat tomonidan tartibga solishning eng muhim usullaridan biri - bu qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarishda ularning ro‘yxatdan o‘tkazilishi hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar harakatining ushbu bosqichida tartibga soluvchi organ qimmatli qog‘ozlar emissiyasi aniq investitsion loyiha asosida amalga oshirilayotanligiga, sarmoyadorlaring mablag‘lari samarali, oldindan ishlab chiqilgan biznes - rejaga muvofiq sarflanishiga va keyin foyda keltirishiga ishonch hosil qilishi kerak. Aynan emissiyani ro‘yxatga olish chog‘ida tartibga soluvchi organ tovlamachilikning oldini olish maqsadida emitentning faoliyatini oldindan nazorat qiladi.
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish nuqtai nazardan tartibga solishni davlat va professional ishtirokchilarga bo‘lish eng maqsadga muvofiq usul sanaladi deb ta’kidlagan. Bunday taqsimotga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solishning bir nechta asosiy modellari mavjud. Birinchi model, qimmatli qog‘ozlar bozorini asosan davlat idoralari tomonidan tartibga solinishi va bunday tartibga solish bo‘yicha vakolatlarning kichik qismini o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlarga (SRO) berilishini nazarda tutadi (Fransiya). Ikkinchi model, aksincha, fond bozorini tartibga solish bo‘yicha mavqeining eng katta hajmi o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlarga (SRO) berilishini nazarda tutadi, bunda davlat faqat asosiy nazorat qilish vakolatini saqlab qoladi.

Download 486,77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 486,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XULOSA VA TAKLIFLAR……………………………..…………..28

Download 486,77 Kb.