|
II BOB. PUL BOZORI ISHTIROKCHILARI
|
bet | 6/10 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 486,77 Kb. | | #242886 |
Bog'liq ---KURS ISHI DAVLAT, TIJORAT BANKLARI, KORXONALAR VA BOSHQALAR PULII BOB. PUL BOZORI ISHTIROKCHILARI
2.1. Pul bozori va unda tijorat banklarining tutgan o`rni
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning so‘ngi bosqichi qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishda yangi bosqich bo‘ldi. Endilikda qimmatli qog‘ozlar bozoriga alohida e’tibor berila boshlandi. Jumladan fond birjasi, ya’ni qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori tashkil qilindi. Fond bozori infrastrukturasini jadal sur’atlar bilan tashkil qilish maqsadida investitsiya kompaniyalari va fondlari, kliring palatalari va fond do‘konlari, reklama firmalari va XIFlar (xususiy investitsiya fondlari) shakllantirildi
O‘zbekiston banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ishtiroki juda zaif hisoblanadi, buni banklarning aktivlari tarkibida investitsiyalar ulushi 1,5 foizni tashkil etishidan ham ko‘rishimiz mumkin. Biroq, tijorat banklari mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari ichida eng faollari hisoblanib, buni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin.
1-jadval. O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida tijorat banklarining tutgan o‘rni(manbaa: "Science and Education" Scientific Journal G.Zulhaydarova-Pul bozori va unda tijorat banklarining o’rni Tashkent 2023)
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimiz fond birjalarida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan savdo aylanmalarining 70 foizdan yuqorisi tijorat banklari hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston bank tizimining investitsiya operasiyalarini ayrim asosiy ko‘rsatkichlarga (mamlakat YaIMga, bank tizimi aktivlariga, kreditlariga) nisbati berilgan. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operasiyalarining hajmi mamlakat YaIMga nisbati tahlil etilayotgan davrda 2,0 foizga ham yetmayapti. O‘zbekiston tijorat banklarining investitsion operasiyalari amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, banklar jami aktivlari tarkibida investitsion operasiyalar ulushining sezilarsiz darajada bo‘lishi bilan birga, ushbu operasiyalarning yillik o‘sish sur’atlari ham bankning jami aktivlari tarkibida o‘ta beqaror va past darajani tashkil etmoqda. Ta’kidlash joizki, ayrim banklarda o‘ta yuqori darajada o‘sib ketgan davrlar ham bo‘lgan. Biz dissertasiya tadqiqoti doirasida ayrim tijorat banklarining aktivlari tarkibini tahlili asosida tijorat banklari investitsiyalarining yillik o‘sish hajmi ularning aktivlari yillik o‘rtacha o‘sish ko‘rsatkichidan kam bo‘lmagan darajada bo‘lishi maqsadga muvofiqdir degan xulosaga keldik. Mamlakatimiz tijorat banklari jami resurslari tarkibida muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlari hisobidan shakllantirilgan moliyaviy resurslar, tahlil etilayotgan davr mobaynida juda zaif bo‘lib, faqatgina 2020 yil 1 yanvar holatiga 1,3 foizni tashkil etgan, unga qadar bo‘lgan yillar davomida ushbu ko‘rsatkich bundan ham past darajada bo‘lgan. MDH mamlakatlari qimmatli qog‘ozlar bozori savdo aylanmalarining YaIMga solishtirib ko‘radigan bo‘lsak O‘zbekistonda 1,2%, Qog‘og‘istonda 1,5%, Qirg‘izistonda 1,1%, Rossiyada 5,4% dan iborat ekanligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bozori savdo aylanmalarining ishtirokchilari sifatida MDH mamlakatlarida, xususan O‘zbekistonda ham asosan banklar hisoblanadi. Masalan mamlakatimiz fond birjasida 2019 yilda qimmatli qog‘ozlar bozori savdo aylanmalari jami 438,8 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, shuning qariyib 319,5 mlrd so‘mi yoki 72,8 foizi tijorat banklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
O‘zbekiston tijorat banklari mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozoridagi savdo aylamanlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsada, bizning fikrimizcha bu ular uchun yetarli emas, chunki xorij amaliyoti, shuningdek, ayrim MDH mamlakatlari banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operasiyalarining hajmi bilan solishtiradigan bo‘lsak bu ko‘rsatkich judayam zaif holatda ekanligining guvohi bo‘lamiz.
|
| |