|
Ta’limda kompetensiyaviy yondashuv
|
bet | 2/2 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 100,9 Kb. | | #157450 |
Bog'liq 20. Kasb, kasbiy faoliyat21. Ta’limda kompetensiyaviy yondashuv
Respublikamizda xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo’shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etildi, umumiy o’rta ta’limning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari hamda fan o’quv dasturlari ishlab chiqildi, ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishning me’yoriy asoslari yaratildi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishida umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish vazifalari belgilib berilgan. Bu ta’lim jarayonini zarur axborotlar bilan ta’minlash, ularni o’zlashtirib borishning maqbul yechimlarini topish va joriy qilish imkoniyatlarini kengaytiradi[1]. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o’quvchilarni o’zlashtirilgan axborotlarni o’quv va hayotiy faoliyat turlarining standart va nostandart vaziyatlarida qo’llay olishga tayyorlashi bilan harakterlanadi. Maktab ta’limini zamonaviy rivojlanish talablariga moslashtirish fanlardan elektron ta’lim resurslarini takomillashtirish, o’quvchilarning elektron manbalar bilan faol muloqotini ta’minlash, mustaqil ta’limini amalga oshirish va o’z-o’zini baholash, zaruriy ma’lumotni operativ izlab topish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishda undan foydalanish kompetensiyalarini shakllantirishni nazarda tutadi. Shu nuqtai nazardan ta’lim sifati ko’rsatkichlaridan biri kompetentlilik hisoblanadi. U faqatgina bilim va ko’nikmalar yig’indisi bo’libgina qolmay, o’quvchilarning egallagan bilimlarini mobillashtirish va aniq vaziyatlarda tajribada qo’llay olishi bilan tavsiflanadi. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o’qitishning asosiy mohiyati kasbga yo’naltiruvchi fanlardan tashkil qilingan ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni o’z shaxsiy hayoti davomida, shuningdek, kelgusi kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida qo’llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo’naltirish sanaladi. O’quvchilar kelgusi hayoti davomida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini egallashi, mazkur jarayonda duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o’z sohasi, kasbi bo’yicha raqobatbardosh bo’lishi uchun zaruriy tayanch kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim[2]. O’quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar uch darajaga ajratiladi: tayanch kompetensiyalar; umumiy (predmetli) kompetensiyalar; xususiy kompetensiyalar.
O’quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan kompetensiyalar tayanch kompetensiya, faqat o’quv fani orqali shakllantiriladigan kompetensiyalar xususiy kompetensiyalar deyiladi. Ma’lumki, umumiy o’rta ta’lim maktablari zimmasiga ta’lim-tarbiya jarayoni orqali o’quvchilarda tayanch kompetensiyalar, jumladan, kommunikativ, axborot bilan ishlay olish, shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish vazifasi yuklatilgan[5]. Zamonaviy yondashuvlar o’qitish jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini o’zaro integratsiyalash orqali o’quvchilarda tayanch va fanga oid xususiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida kompetensiyaviy yondashuvni kasbiy ta’lim, umumta’lim fanlari standartlari mazmuniga kiritish tamoyillari, ularning pedagogik tizim bo’g’inlaridagi o’zgarishlarga ta’siri, psixologik va metodologik asoslari va xususiyatlari, mustaqil ravishda ta’lim natijalariga erishish konsepsiyasi, kompetensiyaviy yondashuv talqini, shaxsni rivojlantirishga yo’naltirilgan, ijtimoiy va ma’lum bir sohadagi faoliyatga doir kompetensiyalarga oid ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. O’qituvchilarning kompetentligini oshirishning o’quv-metodik ta’minoti sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar, amaliy mashg’ulotlarning virtual shakllarini joriy etish, kasbga yo’naltirilgan fanlarni o’qitishdagi kompetensiyaviy yondashuvlar, fanlararo bog’liqlikni aks ettiruvchi amaliy mashg’ulotlar asosida o’qitish ta’limning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda[6]. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida - uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, o’qitish metodikasini takomillashtirish, asosiy fanlarni chuqur o’rganishga e’tiborni qaratish, davlat ta’lim standartlarida ko’zda tutilgan kompetensiyalarga asoslangan pedagogik faoliyatni baholash mezonlarini ishlab chiqish kabi vazifalar belgilangan[2]. Bu esa ushbu fanlar misolida o’qitish metodikasini takomillashtirishga yo’naltirilgan ta’lim mazmuni va o’quvchilarning kompetentligini rivojlantirishdagi zaruriy tayanch va fanga oid kompetensiyalar tarkibini aniqlashtirish, tayanch va fizika faniga oid umumiy kompetensiyaviy yondashuvlar asosida o’quvchilarning kompetentligini rivojlantirish modeli va metodlarini takomillashtirish zaruratini asoslaydi. Kompetensiya muammosining ta’lim sohasiga kirib kelishi va uning rivojlanish tarixini shartli ravishda to’rtta bosqichga bo’lish mumkin (1-rasm).
2006 yilda yevropa parlamenti va Kengashi tomonidan uzluksiz ta’lim uchun
8 ta tayanch kompetensiyalar tavsiya qilingan: o’z ona tilida muloqot qila
olish; chet tilida muloqot qila olish; matematik kompetentlilik hamda fan
va texnika sohasidagi asosiy kompetensiyalar; raqamli kompetentlik;
o’qishni o’rganish; ijtimoiy va fuqarolik kompetensiyasi; tadbirkorlik va
tashabbuskorlik tuyg’usi; madaniyatdan xabardor bo’lish va uni ifodalay
olish. Evropa tajribasiga tayangan holda O’zbekiston ta’lim tizimida
kompetensiyaviy yondashuvning joriy etilishi, shakllantiriladigan ta’lim
kompetensiyalarini tanlash va ularni ta’lim tizimiga singdirish orqali
respublikamizda ta’lim tizimi samaradorligini oshirish mumkin. Kompetentlik
haqida gap ketganda «bilim darajasi» sifatida «u yoki bu ob’yektning
mohiyatan realligini tafakkur qila olish» masalasining nazariy jihatlarini
o’zlashtirishga qaratilgan faoliyat tushuniladi
|
| |