• Avast Free Antivirus
  • AVG Anti-Virus Free
  • Antivirus dasturiy vositalarining kamchiligi




    Download 0.98 Mb.
    bet6/12
    Sana01.06.2023
    Hajmi0.98 Mb.
    #68492
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    20-25lab
    MTA 4
    Antivirus dasturiy vositalarining kamchiligi. Antivirus dasturiy vositasiga kompyuterni himoyalashda amalga oshirilish lozim bo‘lgan zaruriy shart sifatida qaraladi. Umuman olganda, antivirus kompyuter uchun zararli dasturlarni skanerlashni, himoyalashni, karantin holatiga tushirishni va boshqa amallarni bajaradi. Antivirus dasturiy vositalarini CD-disklardan va Internet tarmog‘idan foydalangan holda o‘rnatish mumkin. Antivirus dasturiy vositalari bir biridan ko‘plab o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan, Internet tarmog‘idan foydalanilganda reklamalarni blokirovkalash, Internet tarmog‘idan kirib keluvchi zararli dasturlarni blokirovkalash va h. Biroq, foydalanuvchilar to‘liq antivirus dasturiy vositalarining imkoniyatilariga ishonib qolmasliklari lozim.
    Viruslarni doimiy aniqlash uchun antivirus dasturiy vositalari eng yangi va yangilangan ma’lumotlarni o‘z ichiga oigan namunaviy fayllarga muxtoj. Biroq, antivirus ishlab chiqaruvchilari yangi virus uchun namunaviy fayllar yaratgunlaricha virus ishlab chiqamvchilari tomonidan katta hajmdagi yangi viruslar yaratiladi. Bu esa, yangi virus uchun vaksinani tayyorlash yetarlicha ko‘p vaqtni talab qiladi.
    Bundan tashqari, antivirus dasturi Rootkit tipidagi zararli dasturlarni aniqlashda foydasi tegmasligi mumkin. Rootkit tipidagi zararli dasturlar kompyuter operatsion tizimining markaziga hujum qilishni maqsad qiladi.
    Antivirus dasturiy vositalari sifatini baholash omillari. Antivirus dasturiy vositalari quyidagi omillarga ko‘ra baholanishi mumkin:

    • ishonchlik va foydalanishdagi qulaylik - antivirus dasturiy vositasini “qotib qolishi” va foydalanish uchun turli tayyorganlikni talab etmasligi;

    • barcha keng tarqalgan viruslarni sifatli aniqlash, hujjat fayllari/ jadvallari (MS Word, Excel), paketlangan, arxivlangan fayllarni skanerlash va zararlangan obyektlarni davolash qobiliyati;

    • barcha mashhur platformalar uchun mavjudligi (DOS, Windows NT, Novell NetWare, OS/2, Alpha, Linux va boshq), talab bo‘yicha va tezkor skanerlash rejimlarining mavjudligi;

    • ishlash tezligi va boshqa xususiyatlari.

    Antivirus dasturiy komplekslari. Har bir antivirus dasturiy vositalar o‘ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega. Faqat bir necha antivirus dasturiy vositalaridan kompleks foydalanish to‘liq himoyani ta’minlashi mumkin. Amalda ko‘plab antivirus dasturiy vositalar mavjud, ularga quyidagilarni misol sifatida keltirish mumkin (20.1-jadval).

    Profllaktik choralar. Viruslar va virus yuqtirilgan fayllarni o‘z vaqtida aniqlash, aniqlangan viruslarni har bir kompyuterda to‘liq yo‘q qilish orqali virus epidemiyasining boshqa kompyuterlarga tarqalishini oldini olish mumkin. Har qanday virusni aniqlaydigan va yo‘q qilinishini kafolatlaydigan mutlaqo ishonchli dasturlar mavjud emas. Kompyuter viruslariga qarshi kurashishning muhim usuli - o‘z vaqtida profilaktika qilishdir. Virusdan zararlanish ehtimolini sezilarli darajada kamaytirish va disklarda ma’lumotlarning ishonchli saqlanishini ta’minlash uchun quyidagi profílaktik choralar ko‘rilishi kerak:

    • faqat litsenziyali dasturiy ta’minotdan foydalanish;

    • kompyuterni zamonaviy antivirus dasturiy vositasi bilan ta’minlash va uni muntazam yangilab borish;

    • boshqa komyuterdan yozib olingan ma’lumotlarni o‘qishdan oldin har bir saqlagichni antivirus tekshiruvidan o‘tkazish;

    • arxivlangan fayllarni ajratgandan so‘ng skanerlashni amalga oshirish;

    • kompyuter disklarini takroriy antivirus dasturlari tekshiruvidan o‘tkazish;

    • kompyuter tarmoqlaridan olingan barcha bajariladigan fayllarni nazoratlashda antivirus dasturidan foydalanish.

    Bugungi kunda viruslardan himoya qiluvchi antivirus dasturlari eng ko’p murojaat qilinuvchi dasturdir. Sababi kompyuter, smartfon qurilmalar har doim viruslar bilan zararlanadi. Antivirus dasturlari qurilmalardagi vuruslarni topib zararsizlantiradi va qurilmani soz holatda ishlashiga xizmat qiladi. Ko’plab antivirus dasturlarini tahlil qilinadigan bo’lsa ularning vazifasi bir hil bo’lsada lekin ishlash jarayoni, tezligi, samaradorligi teng emas.
    Shuning uchun foydalanuvchilar antivirus dasturlari haqida yetarli ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Albatta barcha antivirus dasturlarni ko’rib chiqish qiyin, shuning uchun mashxur antivirus dasturlarni tahlil qilib chiqish yetarli bo’ladi.
    Avast Free Antivirus- yuqori himoyalovchi bepul antiruvur dasturi. Dunyo bo’ylab milionlab foydalanuvchilar aynan shu dasturni afzal ko’rishadi.
    Avast Free Antivirus afzallik jihatlari:

    • Ma’lumot bazasi doimiy yangilanib turadi.

    • Real vaqt rejimida rutkitlardan yuqori himoyalaydi.

    • Kompyuterni internet keladigan zararli dasturlardan himoyalaydi.

    • Dastur interfeysi tushunarli va qulay.

    AVG Anti-Virus Free- ommabop antivirus dasturining asosiy xususiyati tizimga chuqur integratsiyalashganligidir. Antivirus dasturi ishga tushganda avtomatik fayl va dasturlarni virus, troyan va josus dasturlardan himoyalash uchun skanerlaydi. Undan tashqari bu antivirus foydalanuvchi belgilagan grafik bo’yicha ham ishlaydi.

    Download 0.98 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0.98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Antivirus dasturiy vositalarining kamchiligi

    Download 0.98 Mb.