2. Injenerlik xizmati
Ishlab chikarishni tayyorlash, yangi progressiv konstruksiyalar va
materiallardan foydalanish, mehnatni tashkil etish montaj tashkilotlarining
texnik xizmati vazifasiga kiradi. Ishlab chiqarishni tayyorlash (UPP), loyiha,
konstruktorlik qismlari, ishlab chiqarish- texnik bo’limlari bosh mexanik
xizmati bilan birga montaj tashkilotining injenerlik xizmatini tashkil etadi.
Bularni ish tarkibiga quyidagilar kiradi;
1. Ishlab chiqarnsh ishlarining loyihasini tayyorlash;
2. Ob’eklarda industrial va montajlarni bajarish uchun chizma,
hujjatlarni tayyorlash;
3. Montaj uchastkalarining ishini va mexanizatsiya vositalaridan
foydalanishni nazorat etib turish.
4. Montaj- tayyorlash bo’limlari
Montaj boshqarmalari tarkibidagi (MTB) montaj ishlarida progressiv
texnologiyalarni qo’llash imkonini berib, buning natijasida mehnat
unumdorligining ortishi, montaj ishlari muddatining qisqarishi, tannarxini
kamayishiga olib keladi.
Bunga:
1) Ko’pgina ishlar MTBda qilinadi;
2) Ilg’or texnologiyani qo’llash imkokini beradi;
3) MTBda asosiy va yordamchi materiallar komplektlanadi.
Sozlash ishlarining mazmuni va bosqichlari
O’lchash vositalari va texnologik nazorat tizimini sozlashda u yoki bu
texnologik jarayon xususida aniq ma’lumot olish uchun imkonini yaratuvchi
tekshirish, sozlash ishlarining kompleksi nazarda tutiladi. Bu ishlar yangitdan
bunyod etiladigan texnologik ob’eklar uchun uch bosqichda amalga oshiriladi.
Birnnchi bosqich- tayyorgarchilik ishlari bo’lib, bunda quyidagi ishlarni
qamrab oladi;
1. Loyiha echimlarini o’rganish va uning taxlili;
2. O’lchash vositalarining montaj oldi tekshirishlari;
3. O’zgartirgich, datchik va olish qurilmalarining o’rnatilgan joylarini
aniqlash;
4. Pnevmoavtomatika tizimlari uchun mo’ljallangan havoning tozaligi va
quritilganlik darajasi;
5. Ta’minot bloklari, shchit va pulьtlarga joylashgan vositalar uchun
loyihada nazarda tutilish masalalari;
6. Muhim texnologik parametrlar uchun ko’shimcha axborot olinishining
nazarda tutilgani;
Birinchi bosqichda bu masalalarning tahlili natijasida avtomatika
tizimlarining montaji, sozlash ishlari va ularni ishga tushirishning o ’ziga xos
xususiyatlarini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Ikkinchi bosqich- montaj qilingan vositalarni avtonom sozlash ishlari-
quyidagi ishlarni qamrab oladi:
1. Bajarilgan montaj ishlarini tekshirish;
2. Aloqa kanallarining adreslarini aniqlash, signallarning o’tishini
tekshirish;
3. Parametrlarni tekshirish, sozlash va ta’minot bloklarining zanjirlarini
ulash;
4. Signallash, boshqarish, himoya, blokirovka tizimlarini. tekshirish,
sozlash;
5. Ijro mexanizmlarining tasniflarini nazorat qilish;
6.Texnologik ob’eklarning tasniflarini dastlabki aniklash, apparatlar
parametrlarining hisobi va sozlanishi; Texnologak jixozarni ayrim sinovlari uchun
nazorat va avtomatlashtirish tizimlarini ulash va uzishga tayyorlash;
7. Toraytirish
kurilmalari
montajining
to’griligini
tekshirish;
utkazgich va kabellar markirovkasining bor- yo’qligi;
8. Yerga ulash konturining borligi va vositalarning ularga tutashtirilishi.
Bu boskichdagi barcha ishlar sozlovchi- texnologlar rahbarligida olib
borilib, agregatlarni ishga tushirish grafigiga muvofik kelishi lozim.
Uchinchi bosqichda nazorat va avtomatlashtirish tizimlari komnleks
sozlanib, bunda kuyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. Nazorat, signallash, himoya, boshqarish tizimlarining ishlashi loyiha
vatexnoloshk reglamentga muvofikligi tekshirilali;
2. Rostlash organlarining sarf xarakteristikalari olinadi;
3. Texnologik
jihozlarni
kompleks
sinashga
avtomatika
vositalari
tayyorholatga keltiriladi;
4. Ob’ektning
statik
va
dinamik
xarakteristikalari
anikdanib,
rostlashsistemalarinitsg sozlash parametrlariga tuzatish kiritiladi;
5. Hujjatlarni rasmiylashtirish va tizimlarni ekspluatatsiyaga topshirish.
Nazorat savollari
1. Montaj ishlarining ishlab chiqarilishini tayyorlash tartibi qanday amalga
oshiriladi.
2. Montaj boshqarmalarining tarkibi nimalardan iborat?
3. Montaj va sozlashda muhandislik xizmati deganda nimani tushunasiz?
4. Sozlash ishlarining bosqichlarini ayting?
5. Montaj oldi tekshirish ishlari qanday amalga oshiriladi ?
|