20-ma’ruza. Montaj, sozlash va tayyorlash ishlaridagi jihoz va asboblar.
Reja:
1. Montaj ishlarining ishlab chiqarilishini tayyorlash tartibi.
2. Montaj boshqarmalarining tarkibi.
3. Montaj va sozlashda muhandislik xizmati.
4. Sozlash ishlarining bosqichlari.
5. Montaj oldi tekshirish ishlari.
Avtomatlashtirish sistemalarining montaji
loyiha va amaldagi texnik
talablar asosida bajariladigan murakkab ishlar, kompleksidan iborat bo’lib, uch
bosqichdan iboratdir:
1. Montaj ishlarining ishlab chiqarishni tayyorlash;
2. Montaj ishlari;
3. O’rnatilgan asbob va avtomatlashtirish sistemalarini topshirish. Montaj
ishlab chiqarilishini tashkil etishga injener-texnik
moddiy texnika va tashkiliy
ishlar tayyorgarliklari kiradi.
Injener-texnik ishlarida avtomatlashtirish loyihalash bilan tanishish, uni
taxlil etish va ishlab chiqarish ishlari loyihasini yaratishdan iboratdir. Moddiy-
texnik
tayyorgarliklarida material, montaj buyumlari, detal va konstruksiyalari,
montaj bloklari va shitlarining yig’masi, jihozlarni komplektlash kabilar kiradi.
Tashkiliy tayyorlash ishlarini [ob’ektda] kerakli xonalar (sklad, ustaxona)
ajratish, montaj
brigadatalari komplektlash, texnologak jihozlar va
truboprovodlarga shtuierlarni payvandlash kabi kelgusida asbob va
avtomatlashtirish vositalarini montajida kerak bo’ladigan ishlar kiradi.
Montaj ishlari bosqichida asbob va avtomatlashtirish
sistemalarini
o’rnatish va ularni bir- birlari bilan ulash ishlaridan iborat.
Montaj ishlari quyidaga guruhlardan iborat:
1. Birlamchi o’lchov o’zgartirgichlari va olish qurilmalarining montaji;
2. Asbob, rostlagach va ijro qurilishlar montaji;
3. Shchit va pultlar montaji;
4. Trubali uzatishlar montaji;
5. Elektr uzatishlar montaji.
Butun
montaj
ishlari
tugagandan
so’ng
o’rnatilgan
asbob
va
avtomatlashtirish vositalarini ishga tushurish va sozlash ishlari uchun topshiriladi.
Montaj ishlarini ixtisoslashgan montaj tashkilotlari bajaradi. Buning uchun
sanoat korxonasi bilan shartnoma tuziladi, shartnoma to’gridan-to’g’ri korxona-
buyurtuvchi bilan yoki bosh pudratchi bilan tuzilishi mumkin.
Shartnomada
montaj ishlarining hajmi, muddati, texnik hujjatlar ta’minoti, texnik vositalari
bitan ta’minlashlar bo’lishi kerak.
Montaj ishlarini montaj boshqarishi bajaradi. Uni tarkib tuzilishini ko’rib
chiqamiz.
20.1-rasm. Montaj boshqarmasining strukturasi
Boshqarish apparati:
Ishlab chiqarish texnikasi bo’limi, reja bo’limi, buxgalteriya, ta’minot
bo’limi, bosh mexanik, kadrlar bo’limi; Bu bo’lim
xodimlarining miqdor ish
hajmi, ob’ektlarning joylashgan hududlariga bog’liq.
Ishlab chiqarishni tayyorlash bo’limi ishlab chiqarish loyihasi,
injenerlik-texnik va tashkiliy tayyorlash ishlari bilan shug’ullanadi. Bu bo’lim
bevosita boshqarma bosh injeneriga bo’ysunadi va uning tarkibida ishlab
chiйarishni
tayyorlash, loyiha - smeta va komlektlash guruxlaridan iborat
bo’lishi mumkin.
Montaj- tayyorlash bo’limi yoki ustaxonalari montaj ishlari uchun zarur
bo’lgan moddiy- texnik tayyorlash ishlari bilan shug’ullanadi. MTB quyidagi
bo’limchalar bo’lishi mumkin:
slesarlik ishlarini tayyorlash, truba tayyorlash
ishlari; yig’ish.