• Vaziyatga huquqiy baho bering.
  • Fuqaro N. Jamolovga samarqandlik tog‘asi M. Shodmonov o‘ziga tegishli




    Download 220.93 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana25.05.2023
    Hajmi220.93 Kb.
    #64454
    Bog'liq
    imomov shoxruh kazus



    25 -Kazus 
    Fuqaro N.Jamolovga samarqandlik tog‘asi M.Shodmonov o‘ziga tegishli 
    bo‘lgan Toshkent shaxridagi
    2 xonali kvartirasini ijara berishni aytib, u 
    bilan topshiriq shartnomasi tuzadi. Shartnomada jiyani tog‘asining nomidan 
    Toshkentga kelib, yozma ravishda ijara shartnomasini tuzib kvartirani ikki 
    yarim million so‘mga ijaraga berishi va ijara haqini shartnomada ko‘rsatilgan 
    summadan oshirmasligini tushuntiriladi. 
    Shundan so‘ng, fuqaro Jamolov Toshkentga kelib tog‘asiga qarashli 
    kvartirani Turkiya fuqarosi Ali Kaya ismli qurilish kompaniyasida ishlaydigan 
    shaxsga og‘zaki kelishib 1 yil muddatga uch million so‘mga kvartirani ijaraga 
    beradi. Va oldindan uch oylik kvartira haqini olib, kvartirani Aliga topshirib 
    Samarqandga ketadi. 
    Ma’lum muddatdan keyin tog‘asi Toshkentga kelib kvartirasidan xabar olsa, 
    haqiqatdan ham Turkiya fuqarosi yashayotganligi, u bilan yozma ijara 
    shartnomasi tuzilmaganligi, soliq organidan ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligini, 
    qolaversa undan shartnomada ko‘rsatilgan ijara haqidan besh yuz ming so‘m 
    ortiqcha pul olganligini biladi. Shodmonov Jamolovni chaqirib u bilan tuzilgan 
    topshiriq shartnomasini bekor qiladi. Jamolov esa topshiriqni tog‘asining 
    ko‘rsatmasidan ham ziyoda bajarganligi tufayli undan qo‘shimcha haq 
    to‘lashni talab qildi, biroq tog‘a bu talabni rad etdi. 
    Turk fuqarosi Alini esa kvartiradan chiqarib yuboradi. Bundan norozi bo‘lgan 
    Ali Kaya, Shodmonovni va Jamolovni sudga beradi. 
    Vaziyatga huquqiy baho bering. 
    Vaziyatga huquqiy baho beradigan bo
    ’lsak, bunda Shodmonov 
    Jamolovni chaqirib u bilan tuzilgan topshiriq shartnomasini bekor qiladi.. Uy-
    joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi. 
    Uy-joyni ijaraga oluvchi o‘zi bilan birga doimiy yashaydigan boshqa 
    fuqarolarning roziligi bilan ijaraga beruvchini uch oy avval yozma ravishda 
    ogohlantirib, istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilishga haqli. 
    Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi: 
    agar shartnomada uzoqroq muddat belgilangan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi 
    tomonidan uy-joy uchun olti oy mobaynida, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada 
    belgilangan haq to‘lash muddati o‘tganidan keyin ikki martadan ko‘proq haq 
    to‘lanmagan bo‘lsa; 


    25 -Kazus 
    ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo‘lgan 
    boshqa fuqarolar tomonidan uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur yetkazilsa; 
    uy joydan g’ayrahuquhiy qilmishlarni sodir etish uchun foydanalingan 
    bo’lsa,ijaraga beruvchining talabiga ko’ra sud tartibida bekor qilinishi mumkin. 
    Fuqaro Jamalov Toshkentga kelib tog’asiga qarashli kvartirani Turkiya 
    fuqarosi Ali Kaya ismli qurulish kompaniyasidagi ishlaydigan shaxsga og’zaki 
    kelishib 1 yil muddatga 3 million so’m evaziga ijaraga beradi .Va oldindan 3 oylik 
    kvartira haqqini olib kvartirani Aliga topshirip Samarqandga ketadi.Kvartira haqqini 
    tog’asi SHodmonovga aytmaydi .Bunda Turkiya fuqarosi Ali Kaya uy 
    SHodmonovning uyi ekanligini bilmagan shartnomani to’g’ri tuzgan.Turkiya 
    fuqarosi Ali Kaya SHodmonovni emas Jamalovni sudga bersa bo’ladi. 
    Doimiy yashash uchun 
    yaroqli bo‘lgan alohida uy-joy kvartira, uy, 
    kvartiraning yoki uyning bir qismi uy-joyni ijaraga berish shartnomasining 
    obyekti bo‘lishi mumkin. 
    Fuqaro Shodmonov Jamolovni chaqirib u bilan tuzilgan topshiriq 
    shartnomasini bekor qiladi. Jamalov esa topshiriqni tog
    ’asini korsatmasidan 
    ham ziyoda bajarganligi tufayli undan qo
    ’shimcha haq to’lashni talab 
    qiladi.Biroq SHodmonov bu talabni rad etadi bunda SHodmonovni talabni 
    rad etishi asosli.Agar Shodmonov o
    ’z uyidan Turkiya fuqarosi Ali Kayani 
    chiqarib yubormoqchi bo
    ’lsa Ali Kaya o’z talablarini SHodmonovdan emas 
    Jamalovdan oladi. 
    Ijara shartnomasi bo‘yicha egallab turilgan uy-joyga 
    bo‘lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishi shartnomaning o‘zgartirilishi 
    yoki bekor qilinishiga olib bormaydi. Bunda yangi mulkdor ilgari tuzilgan ijara 
    shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchiga aylanadi. Ijaraga beruvchi 
    ijaraga berilgan turar joy joylashgan uydan tegishli darajada foydalanishni 
    amalga oshirishi, ijaraga oluvchiga haq evaziga zarur kommunal xizmat 
    ko‘rsatishi yoki xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashi, ko‘p kvartirali uyning 
    umumiy foydalaniladigan mol-mulki va turar joy binosida joylashgan 
    kommunal xizmat ko‘rsatish qurilmalari ta’mirlanishini ta’minlashi 
    shuningdek uy-
    joydan faqat ijara shartnomasida ko‘rsatilgan maqsadlarda 
    foydalanishni ta’minlash choralarini ko‘rishi lozim. Ijaraga oluvchi va u bilan 
    birga doimiy yashaydigan fuqarolar umumiy kelishuvga binoan va ijaraga 
    beruvchini oldindan xabardor qilgan holda vaqtincha yashovchilarga 
    (foydalanuvchilarga) uy-joyda bepul yashab turishlari uchun ruxsat etishga 
    haqlidirlar. Bashart
    i, qonunchilikning jon boshiga to‘g‘ri keladigan uy-joy 
    maydoni normasi haqidagi talablariga rioya etilmasa, ijaraga beruvchi 
    vaqtincha yashovchilarning yashab turishlarini taqiqlab qo‘yishi mumkin. 
    Vaqtincha yashovchilarning yashab turish muddati olti oydan oshmasligi 
    kerak. Uy-joy uchun to‘lanadigan haqning miqdori taraflarning o‘zaro kelishuviga 
    binoan uy-joyni ijaraga berish shartnomasida belgilab qo‘yiladi. Basharti qonunga 
    muvofiq uy-joy uchun to‘lanadigan haqning eng ko‘p miqdori belgilab qo‘yilgan 
    bo‘lsa, shartnomada belgilangan haq ana shu miqdordan oshib ketmasligi lozim. 


    25 -Kazus 
    Uy-joy uchun to‘lanadigan haqning miqdori bir tomonlama o‘zgartirilishiga 
    yo‘l qo‘yilmaydi, qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
    Uy-joy uchun haq ijaraga oluvchi tomonidan uy-joyni ijaraga olish 
    shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda to‘lab turilishi lozim. Agar 
    shartnomada bunday muddatlar nazarda tutilgan bo‘lmasa, haq ijaraga 
    oluvchi tomonidan 
    har oyda qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lab turilishi 
    shart. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor 
    qilinadi. 
    Uy-joyni ijaraga oluvchi o‘zi bilan birga doimiy yashaydigan boshqa 
    fuqarolarning roziligi bilan ijaraga beruvchini uch oy avval yozma ravishda 
    ogohlantirib, istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilishga haqli. 
    Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi: 
    agar shartnomada uzoqroq muddat belgilangan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi 
    tomonidan uy-joy uchun olti oy mobaynida, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada 
    belgilangan haq to‘lash muddati o‘tganidan keyin ikki martadan ko‘proq haq 
    to‘lanmagan bo‘ladi. Ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi 
    javobgar bo‘lgan boshqa fuqarolar tomonidan uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur 
    yetkaziladi 
    Fuqaro o’z majburiyatlari yuzasidan o’ziga qarashli butun mol – mulki bilan 
    javob beradi,qonunga muvofiq undiruvni qaratish mumkin bo’lmagan mol – mulk 
    bundan mustasno. 
    Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan 
    joylar mulkdorlariga shu uyning umumiy joylarini, tayanch va to‘siq 
    konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘ralma) pillapoyalar, 
    zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik 
    qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari 
    va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan 
    ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika 
    uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni o‘z ichiga 
    olgan umumiy mol-
    mulk ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi. 
    Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka egalik huquqidagi turar 
    joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari ulushlarining 
    miqdori hamda mazkur mol-
    mulkni saqlash va asrash bo‘yicha xarajatlarni 
    mulkdorlar o‘rtasida taqsimlash tartibi uy-joy to‘g‘risidagi qonunchilikka 
    muvofiq belgilanadi. 
    Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan 
    ulushli mulk ishtirokchisi o‘z ulushini boshqa shaxsga berishga, undan 
    fuqarolar yoki yuridik shaxslar foydasiga voz kechishga, shuningdek uni 
    o‘ziga qarashli turar joyga yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga 
    bo‘lgan mulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaxsga o‘tishiga sabab 
    bo‘luvchi o‘zga xatti-harakatlar sodir etishga haqli emas. 


    25 -Kazus 
    S
    ud da’vo muddatining o‘tkazib yuborilganligi sababini uzrli deb 
    topsa, buzilgan huquq himoya qilinishi k
    erak. Da’vo muddatini o‘tkazib 
    yuborish sabablari da’vo muddatining oxirgi olti oyida, bu muddat olti oyga 
    teng yoki olti oydan kam bo‘lsa, da’vo muddatida yuz bergan bo‘lsa, ular uzrli 
    deb hisoblanishi mumkin. 
    Ijaraga oluvchi va u bilan birga doimiy yashaydigan boshqa fuqarolarning 
    talabiga binoan va ijaraga beruvchining roziligi bilan uy-joyni ijaraga berish 
    shartnomasidagi ijaraga oluvchi u bilan birga doimiy yashaydigan voyaga yetgan 
    boshqa bir fuqaro bilan almashtirilishi mumkin. 
    Ijaraga oluvchi vafot etgan yoki u uy-joydan ketib qolgan taqdirda, 
    shartnoma avvalgi shartlarda amal qilaveradi, avvalgi ijaraga oluvchi bilan birga 
    doimiy yashaydigan fuqarolarning umumiy kelishuviga binoan ulardan biri ijaraga 
    oluvchi bo‘ladi. Agar bunday kelishuvga erishilgan bo‘lmasa, uy-joyda birgalikda 
    doimiy yashaydigan fuqarolarning hammasi birgalikda ijaraga oluvchi bo‘ladilar. 
     


    25 -Kazus 


    25 -Kazus 


    25 -Kazus 


    25 -Kazus 


    25 -Kazus 


    25 -Kazus 


    25 -Kazus 

    Download 220.93 Kb.




    Download 220.93 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fuqaro N. Jamolovga samarqandlik tog‘asi M. Shodmonov o‘ziga tegishli

    Download 220.93 Kb.
    Pdf ko'rish