• 1-ilova O’quvchilarni baholash ko’rsatkichlari va mezonlari
  • Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari
  • 2-ilova «Blits-so’rov» organayzeri
  • 3-ilova Mustahkamlash uchun savollar.
  • 4-ilova Uyga vazifa.
  • 20-Mavzu: Edit komponenti. ”Parol kiritish oynasi” loyixasi. O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli




    Download 0.79 Mb.
    bet3/16
    Sana17.03.2022
    Hajmi0.79 Mb.
    #18762
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    20-Mavzu Edit komponenti. ”Parol kiritish oynasi” loyixasi. O’q
    1a, 6 mavzu
    Mashg’ulot yakuni:

    1. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.

    Uyga vazifani berilishi:

    1. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi (4-ilova).

    Baholari bilan tanishadilar.
    Topshiriqni yozib oladilar.



    1-ilova
    O’quvchilarni baholash ko’rsatkichlari va mezonlari

    Guruh

    Baho

    Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari

    O’tilgan mavzuni to’liq biladi

    Faollik

    Misollar keltira oldi

    Jami




    Ball

    3

    1

    1

    5

    1
















    2
















    3


















    Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari

    Guruh

    1

    2

    3

    Umumiy ball

    Baho

    1
















    2
















    3
















    5 ball – a’lo 4 ball – yaxshi 3 ball – qoniqarli


    2-ilova
    «Blits-so’rov» organayzeri



    Savollar

    Javoblar

    1.

    Jadval hosil qilish ketma-ketligini aytib bering.




    2.

    Jadval hosil qilishda maydonga kiritilayotgan ma’lumot turlari nima uchun kerak?




    3.

    MS Access 2010 dasturini ishga tushirish usullarini aytib bering.




    4.

    MS Access 2010 dasturida hosil qilingan fayllarning formati haqida gapirib bering.




    5.

    MS Access 2010 dasturining MS Word va MS Excell dasturlaridan asosiy farqini aytib bering(hujjat hosil qilishda).




    6.

    MS Access 2010 dasturining ishchi oynasi haqida gapirib bering.




    3-ilova
    Mustahkamlash uchun savollar.

    1. Edit boshqarish obyekti qanday vazifabajaradi?

    2. Edit obyektining Text xossasida nimasaqlanadi?

    3. Edit obyektining ReadOnly xossasi qanday vazifabajaradi?

    4. Oltinchi ilovada parolni a) “I7:7200U”; b) “123-12-20” ga almashtiring.

    5. Oltinchi ilovada Edit3 o‘rniga ShowMessage buyrug‘idan foydalaning.




    4-ilova
    Uyga vazifa.

    1. Edit obyektining MaxLength xossasi qanday vazifabajaradi?

    2.Edit obyektining PasswordChar xossasi qanday vazifabajaradi?
    20-Mavzu: Edit komponenti. ”Parol kiritish oynasi” loyixasi.
    Har qanday ilova ma’lumotlarni chiqarishi bilan birga unga ma’lumotlarni kiritish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Delphi muhitida buning eng sodda usuli ilova oynasiga Edit (Kiritish maydonchasi) boshqarish obyektini kiritishdir. Bu obyekt boshqarish obyektlarining standart panelida oltinchi bo‘lib joylashgan va uning yorlig‘i.
    Bu obyektning ko‘plab xossalari ilova oynasi obyekti Formniki kabi. Unda ham Left, Top, Width, Height xossalari bor. Unda Caption xossasi yo‘q. Shuning uchun u odatda Label obyekti bilan birga ishlatiladi. Uning asosiy xossasi Text (Matn) bo‘lib, unga kiritilgan matn satri shu xossada saqlanadi. Agar bu xossaga biron bir matn satri qiymatini bersak, bu satr uning kiritish maydonchasida aks etadi.
    Kiritish maydonchasi obyektining yana bir muhim xossasi ReadOnly (faqat o‘qish uchun) deb ataladi. Bu xossaning qiymati mantiqiy kattalik bo‘lib, faqat True (rost) yoki False (yolg‘on)ni qabul qiladi. Dastlab bu xossa qiymati False (yolg‘on) deb o‘rnatilgan. Shu sababli unga ma’lumotlarni kiritish mumkin.
    Agar bu xossa qiymati True (rost) ga o‘zgartirilsa, u holda unga foydalanuvchi tomonidan ma’lumot kiritib bo‘lmaydi. Lekin ilova undagi ma’lumotlarni o‘zgartira oladi. Bu nimaga kerak, degan savol tabiiy. Edit obyekti Labeldan farqli ravishda ramkaga olingan va unga kiritilgan ma’lumot chiroyliroq ko‘rinadi. Agar biz undan ma’lumot chiqarish uchun foydalanmoqchi bo‘lsak, bu ma’lumot foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirmasligini ta’minlashimiz kerak bo‘ladi.
    Edit obyektining yana bir foydali xossasi MaxLength deb ataladi. Uning yordamida maydonchaga kiritiladigan matn satri uzunligini chegaralash mumkin. Masalan, maydonchaga o‘quvchining tug‘ilgan yili kiritilishi kerak bo‘lsa, MaxLengthni 4 ga teng qilib olish ko‘p hollarda unga adashib boshqa ma’lumotlarni kiritib yuborishning oldinioladi.
    Edit obyektining yana bir foydali xossasi Font bo‘lib, uning yordamida maydonchaga kiritiladigan matn uchun shriftni, shrift o‘lchami, rangi va shriftning yana bir qator xossalarini o‘rnatish mumkin. Bu xossa boshqa obyektlarda, masalan, Form obyektida ham bor. Agar biz shriftni ilova oynasi uchun o‘rnatsak, u ilova oynasidagi barcha obyektlarga ham ta’sir qiladi. Buning oldini olish kerak bo‘lsa, ilova oynasidagi obyektning ParentFont (ajdodi shrifti) xossasining qiymatini rostdan yolg‘onga o‘tkazishlozim.
    Editning yana bir foydali mantiqiy xossasi AutoSize (o‘lchamni avtomatik tanlash) bo‘lib, maydonchaga kiritilayotgan matn ko‘paygan sari maydoncha o‘lchami kattalashib borishini ta’minlaydi. Agar bunda maydoncha yonidagi boshqa obyektlarni berkitib qo‘ymasligi kerak bo‘lsa, bu xossa qiymatini rostdan yolg‘onga o‘tkazish kerak bo‘ladi.
    Kiritish maydonchasi foydalanuvchining parolini kiritish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, parolni boshqalar ko‘rmasligi uchun u boshqa belgi, masalan, “*” bilan almashtiriladi. Edit da bu imkoniyat ham ko‘zda tutilgan. Uning PasswordChar xossasi maydonchaga kiritilgan harflar almashtiriladigan belgining tartib raqami (32–127)ni bildiradi. Dastlab u #0 ga teng va u kiritilgan harf boshqasiga almashtirilmasligini bildiradi. Agar biz uni #42 bilan almashtirsak, maydonchaga kiritilgan harflar o‘rniga “x” harfi aks etadi. #42 o‘rniga bevosita ekranga chiqarilishi kerak bo‘lgan belgini kiritish ham mumkin. Masalan, “-“, “+”, “*”, “.”.
    Ilovada foydalanuvchi o‘z nomini va hamma uchun umumiy bo‘lgan parol: “12345” ni kiritishi kerak bo‘lsin. Buning uchun Delphida yangi ilova yaratamiz va uning oynasiga ikkita Label, uchta Edit, bitta Button obyektini kiritamiz. Ularning xossalarini obyekt inspektori (Object Inspector)da quyidagicha o‘zgartiramiz:
    Form1.Caption:=’Oltinchiilova’;Label1.Caption:=’’; Label2.Caption:=’’;Button1.Caption:=’OK’; Edit1.Text:=’’;Edit2.Text:=’’;Edit3.Text:=’’; Edit2.Passwordchar:=#42;Edit3.ReadOnly:=True;
    Bu ishlarni bajarib bo‘lgach, Button1 ni ikki marta bosamiz va ekranda hosil bo‘lgan dastur matni oynasida kursor turgan joyga quyidagi operatorlarni bexato kiritamiz:
    if Edit2.Text='12345' then begin Edit3.Text:='Salom,'+Edit1.Text+'!Xushkelibsiz!'; Edit1.Visible:=False;Edit2.Visible:=False; Label1.Visible:=False;Label2.Visible:=False; Button1.Visible:=False; end else Edit3.Text:='Parol xato, qaytatering.';
    Bu operatorlar Button1 tugmasini bosganimizda ishlab ketadi. Ulardan birinchisi Edit2 maydonchasiga kiritilgan parol to‘g‘riligini tekshiradi. Agar to‘g‘ri bo‘lsa, u holda uchinchi satrdagi operator uchinchi maydonchaga foydalanuvchini tabriklovchi matn satrini chiqaradi. Keyingi uchta satrdagi operatorlar endi keragi bo‘lmay qolgan ikkita Label1, Label2, Edit1, Edit2 va Button1 obyektlarini oynada ko‘rinmaydigan qilib qo‘yadi. Aks holda uchinchi maydonchaga parol xato terilgani haqida xabar chiqadi va qayta urinib ko‘rish mumkin.
    Quyidagi rasmlarning birinchisida parol noto‘g‘ri terilgandagi, ikkinchisida parol to‘g‘ri terilgandagi holatlari aks etgan.


    Download 0.79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0.79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    20-Mavzu: Edit komponenti. ”Parol kiritish oynasi” loyixasi. O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli

    Download 0.79 Mb.