• Tenzorezistorli o‘zgartkichlar.
  • Elektrik, usullar va asboblar




    Download 86,42 Kb.
    bet1/3
    Sana04.02.2024
    Hajmi86,42 Kb.
    #151303
      1   2   3
    Bog'liq
    6 mavzu


    Elektrik, usullar va asboblar.


    Reja
    1. Tenzorezistorli o‘zgartkichlar.
    2. Tenzorezistorlarning asosiy tavsiflari.
    3. Tenzorezistorli o‘zgartkichlarning xatoliklari.
    4. Tenzorezistorli o‘zgartkichlarning o‘lchash sxemalari.


    Kalit so‘zlar
    Tenzorezistorli o‘zgartkichlar, asosiy tavsif, xatoliklar, o‘lchash sxemalari.


    Nazorat savollari
    1. Tenzorezistorli o‘zgartkichlar nima?
    2. Tenzorezistorli o‘zgartkichlar qanday asosiy tavsiflarga ega?
    3. Tenzorezistorli o‘zgartkichlarni qanday xatoliklar mavjud?
    4. Tenzorezistorli o‘zgartkichlarni qanday o‘lchash sxemalari bor?



    1. Tenzorezistorli o‘zgartkichlar.



    1 – rasm. Simli tenzosezgir o‘zgartkich.


    Ish prinsipi o‘tkazgichli va yarim o‘tkazgichli materialllarning solishtirma qarshiligi ning, hamda geometrik o‘lchamlari (L,S) o‘zgarishiga asoslangandir. Deformatsiyani o‘lchaydigan tenzodatchiklar konstruktiv jihatdan o‘lchanuvchi obyektga yopishtirib qo‘yiladigan bo‘ladi. Tenzodatchikning ingichka simdan tayyorlangan nihoyatda sezgir elementlari (1) “ilon izi” bo‘ylab yupqa asos 2 ga yelimlangan. Sim uchun material sifatida odatda konstant tanlanadi. Agar simga qandaydir mexanik kuch ta’sir qilsa, u cho‘ziladi va elektrik qarshiligi o‘zgaradi, qarshilikni o‘zgarishi tenzosezgirlik bilan xisoblanadi:



    Bu yerda – qarshilik va uzunlikning orttirmasi; - materialdagi mexanik kuchlanganlik; - elastiklik moduli.
    Asos sifatida yupqa qog‘oz, lak yoki kley plyonkasi ishlatilishi mumkin. Juda yuqori haroratlarda – syement qavati bo‘lishi mumkin.




    bu yerda - manbaa kuchlanishi; R1 va R2 sifatida bir tenzorezistorlar ulanadi.
    Tenzorezistor kalta, lekin juda ingichka sim (diametri taxminan 0.025 sm) dan iborat, u sinalayotgan namunaga shunday yopishtirib qo‘yiladiki, natijada sim ham, namuna ham bir xil deformatsiyalanadi (1 – rasm). Tenzorezistorning ishlash prinsipi simning aktiv qarshiligi u cho‘zilganida yoki siljiganida o‘zgarishiga asoslangan. Qarshilikni o‘zgarishi siljishga (deformatsiyaga), ya’ni o‘z navbatida sinalayotgan materialning siljishi yoki deformatsiyasiga proporsional. Tuzilish jihatidan tenzorezistor ikki yupqa qog‘oz orasiga yelimlangan bir necha qator simdan yasaladi (1 – rasm).
    Tenzorezistorlar quyidagicha afzalliklarga ega: vazni va o‘lchamlari kichik, inersiyaga ega emas (shuning uchun tez o‘zgaruvchi siljish yoki deformatsiyalarni o‘lchash mumkin), tuzilishi juda soddaligi va narxini nisbatan arzonligi. Bu jixatlari uni texnikaning turli sohalarida kichik siljish va deformatsiyalarni o‘lchashda keng qo‘llanilishiga olib keldi.
    Tenzorezistorlarning juda kamchilik tomonlari shuki, qarshilikni nisbiy o‘zgarishi ∆R/R taxminan 1%, shuning uchun sezgirligi yuqori o‘lchash vositasini talab qiladi va haroratga bog‘liqlik xatolik qiymati ham juda yuqori.

    Download 86,42 Kb.
      1   2   3




    Download 86,42 Kb.