• Tok va kuchlanishni mo‘tadillash. O‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilash. Nochizig‘iy zanjirlarning klassifikatsiyasi.
  • 20-Mavzu. Nochizig‘iy elektrik zanjirlar Reja: Nochizig‘iy zanjirlarning klassifikatsiyasi




    Download 96,56 Kb.
    bet1/3
    Sana14.05.2024
    Hajmi96,56 Kb.
    #232329
      1   2   3
    Bog'liq
    20-MA\'RUZA


    20-Mavzu. Nochizig‘iy elektrik zanjirlar
    Reja:

    1. Nochizig‘iy zanjirlarning klassifikatsiyasi.

    2. Nochizig‘iy zanjirlarning asosiy hossalari va xususiyatlari.

    3. Quvvatni kuchaytirich. Tebranishlarni generatsiyalash.

    4. Tok va kuchlanishni mo‘tadillash. O‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilash.

    Nochizig‘iy zanjirlarning klassifikatsiyasi.
    Avtomatikaning elektromagnitaviy va elektron qurilmalari, telemexanikaviy hisoblash texnikasi va shunga o‘xshash texnika sohalari nochizig‘iy elektrik va magnitaviy zanjirlarga asoslangan. Tarkibida loaqal bitta nochizig‘iy elementi bo‘lgan zanjir nochizig‘iy zanjir deb ataladi. Qismlardagi tok va kuchlanish nochizig‘iy bog‘langan elementlar (rezistor, induktivlik yoki sig‘im) nochizig‘iy elementlar deb ataladi. Oldingi boblarda elementlari chizig‘iy zinjirlar ko‘rib chiqildi, bu zanjirlarning parametrlari ularga berilgan kuchlanishga (yoki undan o‘tayotgan tokka) bog‘liq emas edi. Kuchlanish bilan tok orasidagi bog‘lanishning chizig‘iyligi esa chizig‘iy zanjir elementlarining har qandayiga ushbu zanjirga nisbatan turg‘unlashgan va o‘tkinchi protsesslarni hisoblashda ustlash (superpozitsiya) prinsipini qo‘llash imkonini berar edi. Lekin chizig‘iy elektrik zanjirlarning mukammal nazariyasini yaratishga imkon bergan bu fundamental matematikaviy usul nochizig‘iy zanjirlarni hisoblash uchun mutlaqo yaroqsizdir. Gap shundaki, nochizig‘iy zanjirda nochizig‘iy elementlarning parametrlari zanjirga berilgan kuchlanish va toklarning kattaligiga bog‘liq. Masalan 1-rasm, a da ko‘rsatilgan nochizig‘iy rezistorning berilgan kuchlanishning bitta qiymatida o‘lchangan qarshiligi shu kuchlanishning boshqa qiymatida o‘lchangan qarshiligi ga teng bo‘lmaydi, ya’ni parametr nochizig‘iy qarshilikdan oqib o‘tayotgan tokning kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, rezistor nochizig‘iy volt-amper xarakteristika (v.a.x) ga ega.

    20.1-rasm


    Huddi shunga o‘xshash, 1-rasm, b).dagi nochizig‘iy induktivlik o‘zining kattaligini tok ning kattaligiga bog‘liq ravishda o‘zgartiradi. Ya’ni g‘altakdan o‘tayotgan tok bilan u hosil qilgan magnitaviy maydonning bog‘lanishi hamda induktivlik ning veber-amper xarakteristikasi nochizig‘iydir. Nihoyat sig‘im ning kattaligi nochizig‘iy kondensatorning qobiqlariga berilgan kuchlanish ning kattaligiga bog‘liq, ya’ni kuchlanish va kondensatorning zaryadi nochizig‘iy kulon-volt xarakteristika bilan nochizig‘iy bog‘langan.
    Nochizig‘iy zanjirlar va ular elementlarining umumlashgan klassifikatsiyasi quyidagi belgi va xususiyatlar bo‘yicha tuzilishi mumkin:

    1. Zanjirlarning nochizig‘iyligini namoyon qiluvchi tok turi bo‘yicha:

    Nochizig‘iy o‘zgarmas tok zanjirlari va nochizig‘iy o‘zgaruvchan tok zanjirlari.

    1. Nochizig‘iy zanjirlarning strukturasiga kiruvchi nochizig‘iy elementlarning tarkibi bo‘yicha:

    Nochizig‘iy elementi bo‘lgan zanjirlar
    Nochizig‘iy elementi bo‘lgan zanjirlar
    Nochizig‘iy elementi bo‘lgan zanjirlar
    Nochizig‘iy elementlaridan ixtiyoriy tuzilgan zanjirlar.
    Nochizig‘iy elektrik va magnitaviy zanjirlarning strukturasiga kiruvchi nochizig‘iy elementlar o‘z navbatida 2-rasmdagi xarakteristikalarga ega bo‘ladi (2-rasm).

    Boshqariladigan nochizig‘iy elementlarga ko‘p elementli elektroniy (tril, tetrod va boshq.) fotoelektrik (fotoelementlar, fotodiodlar va boshq.) va h.k. asboblar, magnitlovchi o‘zgarmas va o‘zgaruvchan nochizig‘iy induktivliklar va boshqalar kiradi.



    Download 96,56 Kb.
      1   2   3




    Download 96,56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    20-Mavzu. Nochizig‘iy elektrik zanjirlar Reja: Nochizig‘iy zanjirlarning klassifikatsiyasi

    Download 96,56 Kb.