• Quvvatni kuchaytirish
  • Tebranishlarni generatsiyalash
  • Tok va kuchlanishni mo‘’tadillash (stabillash)
  • Nochizig‘iy zanjirlarning asosiy xossalari va xususiyatlari




    Download 96,56 Kb.
    bet2/3
    Sana14.05.2024
    Hajmi96,56 Kb.
    #232329
    1   2   3
    Bog'liq
    20-MA\'RUZA

    Nochizig‘iy zanjirlarning asosiy xossalari va xususiyatlari
    Nochizig‘iy elektrik va magnitaviy zanjirlarning chizig‘iy zanjirlardan asosiy farqi shundaki, elementlari chizig‘iy zanjirlarda energiya o‘zgarishining prinsipial erishib bo‘lmaydigan fizikaviy hodisalari va protsesslari sodir bo‘lishi mumkin. Elementlari nochizig‘iy zanjirlarning eng muhim xususiyatlari va ish rejimlari bilan tanishib chiqamiz.
    Quvvatni kuchaytirish
    Bunday effekt zanjiriga tokni rostlaydigan boshqariladigan nochizig‘iy elementni ulash yo‘li bilan erishiladi. Bunday nochizig‘iy elementning parametri tashqi manbadan beriladigan tok yoki kuchlanish bilan boshqariladi. Nochizig‘iy elementning ta’sir etuvchi boshqarish toki, odatda, asosiy (boshqariladigan) nagruzka tokidan yuz va hatto ming marta kichik bo‘ladi. Modomiki, boshqaruvchi zanjirdagi kuchlanish kichik bo‘larkan u holda boshqariladigan shu signalning quvvati asosiy manba energiyasi hisobiga kuchayishi o‘z-o‘zidan tushunarli. Quvvatni uch elektrodli elektroniy (triodlar) va va yarimo‘tkazgichli asboblar (tranzistorlar va h.k.) magnitlovchi o‘zgarmas induktivliklar va boshqalar yordamida kuchaytirish mumkin.
    Tebranishlarni generatsiyalash
    Bu ish rejim parametrlarining [ va o‘zgaruvchilarning] nochizig‘iy bog‘lanishi tufayli, nochizig‘iy elementda tok (yoki kuchlanish) shaklining buzilishi hisobiga bajaraladi. Masalan ko‘rinishdagi nochizig‘iy harakteristika berilgan bo‘lsa, u holda nozig‘iy elementning qonuni bo‘yicha o‘zgaruvchi tokiga uning qismalaridagi kuchlanish mos keladi.
    Tok va kuchlanishni mo‘’tadillash (stabillash)
    Shunday nochizig‘iy zanjirlar va elementlar tanlash mumkinki, ular xarakteristikalarning ayrim uchastkalari zanjir ishlaganda abssissa yoki ordinata o‘qlariga deyarli parallel bo‘ladi. xarakteristikalarning ana shu uchastkalarida o‘zaro bog‘langan kattaliklardan birortasining (masalan tokning) qiymati talaygina o‘zgarganida ikkinchi kattalik (masalan kuchlanish) deyarli o‘zgarmaydi. Bunday uchastkaga misol qilib 2-rasm, b). da ko‘rsatilgan egri chiziqli xarakteristikada mn kesmani ko‘rsatish mumkin. Grafikdan ko‘rinib turibdiki x kattalik x1 dan to x2 gacha yetarlicha katta diapazonda o‘zgarganida, u bilan umumiy xarakteristika orqali bog‘langan u kattalik faqatgina ga o‘zgaradi. Shunday qilib, o‘zining nochizig‘iy xarakteristikasining shakliga ko‘ra zanjir kuchlanishni yoki tokni stabillash hususiyatiga ega bo‘ladi.
    Bayon qilingan effekt amalda keng tarqalgan elektroniy hamda elektro magnitaviy kuchlanish va tok stabilizatorlarining ishlash prinsipiga asos qilib olingan.

    Download 96,56 Kb.
    1   2   3




    Download 96,56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nochizig‘iy zanjirlarning asosiy xossalari va xususiyatlari

    Download 96,56 Kb.