|
Prezi dasturida yangi taqdimot yaratish
|
bet | 8/9 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 33,28 Kb. | | #114182 |
Bog'liq 20 МАВЗУPrezi dasturida yangi taqdimot yaratish
Flesh taqdimotlarning zamonaviy vositalaridan biri bu Prezi dasturidir. Prezi dasturining o`ziga xosligi shundan iborat-ki, bu dasturda taqdimotlar ketma-ket namoyish etiladi.
Power Point bilan Prezi dasturlari orasidagi eng katta farq shundaki, Prezi asosan linyali formatga urg’u beradi. Prezi g’oya, fikr va rejalar tarmog’ini qurush uchun ishlatiladi. Prezi Windows operatsion tizimida ishlash uchun mo‘ljallangan dastur. Prezi murakkab taqdimot yaratishda Adobe Flashning oxirgi versiyalaridan foydalanadi. Prezi dasturining uchta shakli mavjud:
Prezi public
Prezi enjoy
Prezi pro.
Prezi public barcha foydalanuvchilar uchun bepul bo‘lsa, Prezi prova Prezi enjoy esa ma’lum bir to‘lovlarni talab qiladi.
Canvas (“mustahkam va dag’al mato” ma’nosini anglatadi) prezentatsiya tayyorlash uchun maydon. Prezi ZUI texnologiyasidan foydalanganligi sababli har qanday berilgan canvas, ya’ni maydon ko‘rinib turgan hududiga nisbatan kattaroq bo‘ladi. ZUI texnologiyasi foydalanuvchilarga maydon bo‘ylab erkin harakatlanish va ma’lumot qo‘shish imkoniyatlarini beradi. Prezi dasturi kompyuter kabi, planshet, mobil telefonlarda ham ishlaydi. Dasturni oson va qulay shaklda o‘rganish mumkin. Zoom yordamida Prezi taqdimoti slaydma slayd ko‘chmaydi, balki yangi joyga izma-iz keladigan yo‘lak (Pathwaypoint) dan foydalanib yaqinlashtiriladi. Prezi – onlayn chiroyli taqdimotlar yaratishga moljallangan ilovalar. Bunda chiziqli bo‘lmagan taqdimotlar tayyorlanadi, xohlagan bir fragmentni kattalashtirish va kichiklashtirish mumkin. Prezi dasturi Zui Labs kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, 2008 yil 15 dekabrda servis ishga tushirilgan. Dasturda ishlashdan avval tayyor taqdimotlarning namunasini ko‘rib chiqing, avvalo dastur versiyasi tanlanadi, so‘ng ro‘yxat shakli to‘ldiriladi. Shaklni to‘ldirishda elektron manzilni kiritish talab etiladi.
Yangi taqdimotni yaratish uchun New Prezi tanlanadi. Shundan so‘ng bir necha shablonlardan iborat yangi oyna paydo bo‘ladi. Toza varaqda ish boshlash uchun Start blank prezi varianti tanlanadi.
|
| |