• Kalit so’zlar
  • Mavzu: Tarmoqlarni ishlab chiqishning zamonaviy vositalari




    Download 213,2 Kb.
    bet1/2
    Sana20.12.2023
    Hajmi213,2 Kb.
    #124352
      1   2
    Bog'liq
    Mustaqil ish (7)



    Mustaqil ish
    Mavzu:Tarmoqlarni ishlab chiqishning zamonaviy vositalari

    Bajardi: O’razov Davlat


    Qabul qildi: Muhammadiyev Maqsud
    Mavzu: Tarmoqlarni ishlab chiqishning zamonaviy vositalari
    Reja:
    1.Taqdimot mohiyati va turlari
    2. Taqdimot yaratishning zamonaviy vositalari va ularning imkoniyatlari
    3. Interfaol multimedia taqdimoti.
    Kalit so’zlar: Taqdimot, Prezi dasturi, ZUI, taqdimot, Prezi public, Prezi pro, Prezi enjoy, canvas, maydon, New Prezi, shablon, elementlarni, sarlavha, matn, rasm, menyu, Frames and Arrows, Insert, Theme, hujjatni saqlash


    Taqdimot (inglizcha presentation so’zidan olingan) – audiovizual vositalardan foydalanib ko’rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish shakli. Taqdimot yagona manbaga umumlashgan kompyuter animatsiyasi, grafika, video, musiqa va ovozni o’zida mujassam etadi. Odatda taqdimot ma’lumotni qulay qabul qilish uchun syujet, ssenariy va strukturaga ega bo’ladi. Taqdimotlar so’z bilan ifoda qilish qiyin bo’lgan jarayonlarni tez, aniq va tushunarli bo’lishi, axborotni qabul qilishda turli xil ko’rinishlarda aks etirilishi o’qituvchiga darsni tashkillashtirish va faol bo’lishida ko’makchi vositasini o’taydi. Multimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo’rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o’lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo’lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o’zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Ma’lumki, inson ma’lumotning ko’p qismini ko’rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televidenieda undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e’tiborini ko’proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi. Multimediali taqdimot ma’lumotni to’g’ridan to’g’ri qabul qilishni ta’minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma’lumotlarni ko’radi va o’zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma’lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi. Ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o’n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho’ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o’lchamli grafikalarni o’z ichiga olgan bo’lishiga qaramay, ko’paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi. Taqdimot turlari: Chiziqli taqdimot – murakkab grafika, videoqo’yilma, ovoz jo’rligidagi va navigatsiya tizimiga ega bo’lmagan dinamik rolik. Chiziqli taqdimotlar mo’ljallanishiga ko’ra shartli ravishda quyidagi shakllarga bo’linadi: stend shaklidagi multimedia taqdimoti; elektron doklad yoki jo’rlikdagi taqdimot; sales-taqdimot; promo-rolik; intro-rolik; 14 ekran himoya lavhalari (ScreenSavers). Interfaol taqdimot – ierarxik tamoyillar bo’yicha tuzilmaga keltirilgan va maxsus foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan multimediali komponentlar to’plami. Foydalanish maqsadidan kelib chiqib, interfaol taqdimotlar shartli ravishda quyidagi turlarga bo’linadi: korporativ multimediali taqdimot; multimediali katalog; mahsulot taqdimoti; o’rgatuvchi yoki test dasturi; erkin foydalanishga ruxsat berilgan kompyuterlar uchun multimedia qobig’i; elektron nashr yoki multimedali kitob. Axborot taqdim etishning eng samarali vositalaridan biri taqdimotlarni kompyuterlarda ishlab chiqishning eng ko’p tarqalgandir. Darslarni tashkililashtirish, ko’rgazmali, samarali bo’lishda taqdimotlardan foydalanmasdan erishish qiyin. Taqdimotning samarali bo’lishi nafaqat ilg’or goyalaringizga balki taqdimotning ko’rinishiga ham bogliq boladi. Tinglovchilar bilan vizual aloqa o’rnatishda taqdimotning tashqi ko’rinish muhim ahamiyat kasb etadi. O’quv taqdimotiga qo’yilgan talablar. Dars jarayonida taqdimotlar ko’rgazmali qo’llanma sifatida foydalaniladi. Taqdimotga qo’yilgan asosiy talablarni ko’rib chiqamiz. Multimediyali taqdimot mazmuniga qo’yilgan talablar: taqdimot mazmuni darsning maqsadi va vazifalariga mos kelishi; qabul qilingan imlo, tinish belgilari, qisqatirish va matnni kiritish qoidalariga amal qilish; ma’lumotlarni taqdim etishda aniq va ishonchli faktlarga asoslangan bo’lishi va bu borada xatolarga yo’l qo’ymaslik; slayddagi matnni qisqa va aniq bo’lishi; slayddagi har bir matnli ma’limot qismi mazmuni mantiqan tugallangan bo’lishi; bayoning qisqaligi va matnning axboriyligining yuqoriligi; ma’lumotning slaydda joylashuvi (ma’lumtolarning gorizatal joylashishi afzaldir, ma’lumotlarning muhim qismi slaydning o’rta qismida joylashuvi muhim; agar slaydda surat bo’lsa u holda matn uning pastki qismida joylashish maqul bo’ladi, matn chekka qismlarini tekislash zarur) ma’lumotni jalb qiluvchi va o’zgacha bo’lishi o’quvchi e’tiborini tortadi. Taqdimotning ko’rinishi va ovoz effektlariga qo’yilgan talablar: tasvirlarning optimal ko’rinishlarini tanlash; taqdimot mazmuniga tasvirlarni mos kelishi; tasvirlarni o’quvchilar yoshiga mos kelishi; tasvirning sifatli bo’lishi (slayd foniga nisbatan tasvirning yorqinligi; tasvirlardagi keraksiz elemantllarning bo’lmasligi; tasvirning yorqin va mos bo’lishi; fayllar formatining bir xil bo’lish) ovozning bir qator sifatlari (musiqaning sifatli bo’lishi, tashqi shovqinlarning bo’lmasligi); qo’llanilayotga grafik ob’yeklarning asosli va maqsadga muvofiq bo’lishi; Matnga qo’yilgan talablar: taqdimot slaydidagi fonga nisbatan matnning o’qish imkoniyatining yuqori bo’lishi (matnni fonda aniq k’orinishi, matn va fonning uchun bir biridan farq qiladigan rangda bo’lishi); harflarning o’lchami o’quvchi yosh xususiyalarini hisobga olgan holda bo’lish 24punkt dan kam bo’lmasligi kerak; matn Shriftlarini o’qilishi oson qilib qo’llash va 3 xil Shrift variantidan ko’p bo’lmasligi lozim; Qator uzunligi 36 belgidan oshmasligi; Matnlarning tagiga chizish holati faqat gipermurojaatlarda bo’lishi. Dizayndagi talablar: Taqdimotlar uchun yagona dezaynni qo’llash; Taqdimotning bezash uslubi (grafik, ovoz, animasiya) taqdimot mazmuniga mos bo’lishi . slayd fonini bezashda psixologik jihatdan badastur va qulay bo’lishini ta’minlash; 15 slayd foni orqada joylashgan bo’lishi lozim: slaydda joylashgan ma’lumotni ajratib, yaqqol va alohida ko’rsatishi, uni to’sib qo’ymasligi zarur; bir slaydda uchtadan ortiq ranglardan foydalanmaslik (birinchisi fon uchun, ikkinchisi sarlovha uchun, uchunchisi matn uchun) tanlanayotga shablonlarning mavzuga mos kelishi (ba’zan esa neytral bo’lish mumkin); animasion effektlardan maqsadli foydalanish. Taqdimotlar so’z bilan ifoda qilish qiyin bo’lgan jarayonlarni tez, aniq va tushunarli bo’lishi, axborotni qabul qilishda turli xil ko’rinishlarda aks ettirilishi o’qituvchiga darsni tashkillashtirish va faol bo’lishida ko’makchi vositasini o’taydi. Taqdimotlarni ishlab chiqishning turlari va vositalari juda ko’p bo’lib,bugungi kunda taqdimot yaratishning yangi –yangi zamonaviy vositalari, turlari va ko’rinishlari taqdim etib borilmoqda. Taqdimot yaratishning bir necha dasturlari bilan tanishtiramiz. PowerPoint PowerPoint taqdimoti grafikli dasturlar sirasiga kiradi. Bunday dasturlar o’zida matnlar, rasmlar, sxemalar, grafiklar, animatsion effektlar, ovoz, videokliplar va hokazolardan iborat slaydlar hosil qilish imkonini beradi. Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo’lgan taqdimotni kompyuter ekranida, videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish qilish mumkin. Taqdimot yaratish – bu slaydlar ketma-ketligini qurish va bezagini berishdir. Quyidagi rasmda siz POWERPOINT dasturining ekrani va uning asosiy elementlarini ko’rib turibsiz:

    Diskda bepul virtual ofis taqdimotni ishlab chiqish imkoniyatiga ega. Google Diskda taqdimotlarni ishlab chiqish Power Point dasturidek bo’lib, onlayn tarzda ko’pgina vido o’zgarishlar ega interfeyz bir oz qisqartirilgandir. Bunda Power Point dasturining onlayn versiyasidan ko’proq imkoniyatlariga egadir. Taqdimotni tekin ofis Google diskda ham yaratish mumkin. Google diskda taqdimot yaratish Power Point dasturida taqdimot yaratish bilan bir-hil, lekin Google diskda onlayn tarzda yaratiladi va vide o’zgarishlar bilan farq qiladi. Power POintning funksiyalaridan tubdan farq qiladi. Agar sizda 16 litsensiyali Power Point 2013 bo'lsa, siz bilasizki boshqa hujjatlar bilan hamkorlikda ishlash mumkin va Google diskda ham boshqa hujjatlar bilan hamkorlikda ishlash oson va funksiyalari mavjud. Google taqdimot tekin va chegarasiz imkoniyatlarga ega, lekin foydalanuvchi taqdimot yaratishda bazaviy topshiriqlarni hal qiladi .



    Download 213,2 Kb.
      1   2




    Download 213,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Tarmoqlarni ishlab chiqishning zamonaviy vositalari

    Download 213,2 Kb.