• MAVZU: EKOLOGIK MEZONLAR ME’YYORIY KO’RSATKICHLAR ULARNI O’RGANISH VA KARTALAR TUZISHDA FOYDALANISH
  • 201-guruh talabasi po’latov mashhurbekning ekologik kartografiya fanidan




    Download 1,4 Mb.
    Sana16.11.2023
    Hajmi1,4 Mb.
    #99981
    Bog'liq
    2-AMALIY ISHI


    URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TEXNIKA FAKULTETI GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR YO’NALISHI

    201-GURUH TALABASI PO’LATOV MASHHURBEKNING

    EKOLOGIK KARTOGRAFIYA FANIDAN







    1-AMALIY ISHI

    MAVZU: EKOLOGIK MEZONLAR ME’YYORIY KO’RSATKICHLAR ULARNI O’RGANISH VA KARTALAR TUZISHDA FOYDALANISH



    BAJARDI: PO‘LATOV MASHHURBEK
    QABUL QILDI: BOYMURODOV RIFAT


    URGANCH-2023

    1. Men tahlil qilayotgan karta O’zbekiston Respublikasi Milliy Atlasi I jildi 240-241-betlaridan olingan bo’lib, karta nomi “Tabiatni muhofaza qilish xaritasi” deb nomlanadi. O’zbekiston Milliy atlasi Kartografiya ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasida tuzilgan Toshkent 2020 yil Qog’oz bichimi 60X100 Formati A3.

    Atlas muxarrirlari va yaratishda qatnashgan olimlar. Muxarrirlar: J.M. Xaliqov, V.A. Nuraliyeva, Yu.M. Pak, A.N.Tixonina, Ye.E. Kim, N.V. Xakimova. Kartograflar: Z.A. Abdullayeva, F.A. Abdullayeva, G.N. Blakitnaya. Texnik muxarrirlar: N.A. Turayev, Ye.K. Minakova.

    1. Men tahlil qilayotgan karta o’quvchilar uchun umumiy o’rta ta’lim va oliy ta’lim talab ava o’quvchilari uchun ilmiy ishlar olib borish uchun va keng omma uchun mo’ljallanga. Atlas qo’llanilish usuliga ko’ra stol usti atlasi hisoblanadi. O’lchami 80x40. Umumiy foydalanish maydoni 15m kv dan ortiq bo’lib, 200 betdan ortiq kartalar mavjud. Kartada bajariladigan kartometrik ishlardan o’lchov ishlarini bajarsa bo’ladi, chunki unda daraja to’ri mavjud.

    2. Kartaning matematik asosi quyidagicha ishlangan. Kartaning masshtabi 1:2 500 000 lik masshtabda tuzilgan. Kartaning proyeksiyasi to’g’ri teng tomonli konusli proyeksiyadan foydalanilgan. Bunga sabab turli xil xatoliklar maksimal darajada kamaytirishga qaratilgan.Kartaning kampanovkasi bo’lsa tasvirlanayotgan hudud kartada to’g’ri joylashtirilgan kartaning mavzulari ham maqsadga muvofiq joylashgan, legenda ham to’g’ri tanlangan va joylashtirilgan.

    3. Men tahlil qilayotgan kartada qo’shimcha ma’lumotlar ko’p ularda tabiatni muhofaza qilish tadbirlari, sanoat korxonalari va shaxarlarda deb nomlangan ma’lumotlar kiritilgan. Bu ma’lumotlar quyidagicha. Irrigatsiya tarmoqlari vohalardagi temir-betonli sug’orish latoklari barchasi keltirib o’tilgan. Kartada bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” ga kiritilgan kamyob va yo’qolib ketish xavfi bo’lgan o’simliklar va hayvonlar haqida ham qo’shimcha shartli belgilar berilib o’tilgan.

    4. Men tahlil qilayotgan kartada qo’llanilgan fonlarning jamlanmasi 7 xil rangdan iborat bo’lib, bu ranglar orqali landshaftlarning o’zgarish darajasi keltirilib o’tilingan va ular to’g’ri qo’llanilgan deb hisoblayman.

    5. Men tahlil qilayotgan kartaning mazmuni juda murakkab emas uning kampanovkasi to’g’ri tanlangan. Masshtab, kartaning mavzusi, tasvirlanayotgan hududning chegarasi g’arb va sharq tomonga biroz ramkadan chiqib ketilgan. Karta atlasning ichida keltirilgani uchun legendasi juda murakkab emas. Mazmunidan kelib chiqilgan qo’shimcha ma’lumotlar ham keltirilmagan.

    6. Kartaning mazmunini ochishda ishlatilingan kartografik tasvirlash usullaridan quyidagicha foydalanilgan. Bunda sifatli rang usulidan foydalanilgan. Qolgan kartografik tasvirlash usullaridan belgilar usulining geometrik belgilar usulidan, chiziqli belgilar harakatdagi belgilar yoritilgan. Izoliniyalar usulidan”Majmuali ifloslanuvchi moddalar indekslari” IMI bo’yicha yer usti suvlarining ifloslanish darajasi yoritilgan. Ko’rgazmali belgilar yordamida yo’qolib borayotgan hayvonlar tasvirlangan.

    7. Kartada GIS texnologiyalaridan juda yaxshi foydalanilgan. Tuproqlarning o’rtacha bonitetiballari yoritilib o’tilgan. Kartadagi ranglar shartli belgilar, kampanovkalar, legendasida GIS texnologiyalaridan foydalanilgan. Hozirgi kunda qalam va chizg’ich orqali ishlarni ananaviy qo’lda bajarish o’z nihoyasiga yetgan desak mubolag’a bo’lmaydi.

    8. Men tahlil qilayotgan karta yaxshi va tushunarli tasvirlangan bundan tashqari. Karta analitik karta bo’lgani uchun mavzusi tor doira bo’lgani uchun xam ortiqcha diogramma va shu kabi kartografik tasvirlash usullaridan qo’llanilmagan. Ammo kartaga rasmli qo’shimcha ma’lumotlarni kiritganda yanada yaxshiroq bo’lardi.

    9. Kartaning mazmuni tabiatni muhofaza qilish kartasidir. Shuning uchun kartada qizil kitobga kiritilgan hayvonlar, undan tashqari tabiatni muhofaza qilish uchun qo’llaniladigan tadbirlarning barchasi matnli qo’shimcha ma’lumot sifatida yoritilib o’tilgan. Karta mazmun jihatdan yaxshi yoritilgan, ishlatilgan ranglar to’g’ri tanlangan.


    Download 1,4 Mb.




    Download 1,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    201-guruh talabasi po’latov mashhurbekning ekologik kartografiya fanidan

    Download 1,4 Mb.