Transformatorlarning asosiy turlari:
1. Bir fazali va uch fazali kuchli transformatorlar - ular elektr energiyani olisga uzatishda, iste’molchilarni elektr energiya bilan ta’minlashda ishlatiladi.
2. Avtotransformatorlar - iste’molchiga beriladigan kuchlanishni biroz o‘zgartirish yoki noldan boshlab oshirish uchun ishlatiladi.
3. O’lchov transformatorlar yuqori kuchlanishni va kata toklarni oddiy o‘lchov asboblari bilan lchashga imkon beradi.
4. Payvandlash transformatorlari. Metall buyumlarni, konstruktsiyalarni va hokazolarni eritib, o’zaro ulash uchun xizmat qiladi.
2. Transformatordagi quvvat isroflari va uning foydali ish koeffitsienti
Har qanday elektr mashinalaridagi kabi transformatorlarda ham keltirilgan
energiyaning bir qismi uning o‘zida isrof bo‘ladi.
Bu quvvat isroflari quyidagilardan iborat:
1. Tokning issiqlik ta’siri tufayli mis chulg‘amlarda yuzaga kelgan quvvat isrofi
2. Magnit oqimining o‘zgaruvchanligi tufayli yuzaga kelgan po‘lat o‘zakdagi gisterezis va uyurma toklarga sarf bo‘ladigan quvvat isrofi Pn = Pr + Py Bu quvvat isrofi po‘lat o‘zakning materialiga, magnit induksiyasiga va o‘zgaruvchan tokning chastotasiga bog‘liq.
3. Transformatorning konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lgan quvvat isrofi Pk.
Bulardan Pm va Pn asosiy isroflar hisoblanadi. Mis chulg‘amlardagi quvvat
isroflari yuklamaga bog‘liq bo‘lgani uchun o‘zgaruvchan, po‘lat o‘zakdagi quvvat isroflari Pn esa transformatorning ish jarayonidan o‘zgarmas (nominal kuchlanish chegarasida) dir.
Transformatorning foydali ish koeffitsienti
bu yerda: P1 - transformatorning kirish tomonidagi quvvati;
P2 - transformatorning chiqish tomonidagi foydali quvvati;
ΔP - transformatordagi to‘la quvvat isrofi.
Agar transformatorning foydali ish koeffitsientini uning qanday yuklanganligini ko‘rsatuvchi yuklanish koeffitsienti cosφ2 yuklama quvvat koeffitsienti, Snom transformatorning to‘la quvvati, VA. Katta quvvatli transformatorlarning foydali ish koeffitsienti 0,97‚0,99, kichik quvvatlilarniki esa 0,82‚0,9 atrofida bo‘ladi. Transformatorlarda Rp=Pm bo‘lganda uning yuklanish koeffitsienti optimal (βopt 0,5‚0,6) bo‘lib, bunda transformatorning foydali ish koeffitsienti eng yuqori bo‘ladi.
3. Transformatorning nominal kattaliklari va ish rejimlari
Transformatorlardan normal foydalanish maqsadida uning pasportida quyidagi nominal kattaliklar ko‘rsatilgan bo‘ladi:
1) transformatorning turi;
2) chiqish tomonidagi nominal quvvat Snom, kVA;
3) birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning nominal liniya kuchlanishlari (U1nom va U2nom ) kV;
4) salt ishlagandagi quvvat isrofi (P0 = Pp ) , kVt;
5) mis chulg‘amlardagi, ya’ni qisqa tutashuv paytidagi quvvat isrofi (Pm= Pk) kVt;
6) qisqa tutashuv kuchlanishi (uq ) %
7) yuklama nominal va uning yarmiga teng hamda cosφ2 =1 dagi foydali ish koeffitsienti.
Transformator birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarining nominal toklari esa uning nominal kattaliklaridan hisoblab topiladi.
|