|
2022 budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish xudayberdiyeva Nilufar Mengqobilovna Pdf ko'rish
|
bet | 12/13 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 460,88 Kb. | | #250825 |
Bog'liq budjet-tashkilotlarida-buxgalteriya-hisobi-va-hisobotini-xalqaro-standartlar-asosida-takomillashtirishOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
924
w
www.oriens.uz
February
2022
O’zbekistonda davlat sektorida buxgalteriya hisobini isloh etish bosqichma-
bosqich yondashuvi asosida xalqaro darajada umumqabul qilingan normalarga
muvofiqlashtirilmoqda.
Mamlakatimizda budjet hisobini isloh etishda Davlat sektorida buxgalteriya
hisobi xalqaro standartlarini qo’llashni ikkinchi yondashuvi belgilandi. Bunda
hisoblash usuliga bosqichma-bosqich (oraliq variantlari asosida) o’tish yo’li
belgilandi.
Ushbu bosqichda davlat sektorida hisob va hisobot kassa usulida hisoblash usuli
elementlaridan foydalangan xolda yuritiladi:
Moliya (g’aznachilik ) organlari – kassa usulida
Budjet tashkilotlari – hisoblash usulida
Bunda:
1. Amaldagi budjet hisobini kassa usulida yuritish usulini saqlagan xolda
bosqichma bosqich davlat sektori buxgalteriya hisobida islohatlarni amalga oshirish;
2. Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlaridagi hisoblash
usuliga asosan budjet hisobi standartlarini qabul qilish asosida budjet tashkilotlarida
moliyaviy hisob va hisobotni, shuningdek davlat aktivlari va majburiyatlari hisobi,
davlat maqsadli jamg’armalari hisobini takomillashtirish nazarda tutiladi.
Budjet hisobini isloh etishning keyingi bosqichlarida Davlat budjeti daromadlari
va xarajatlari hisobi, shuningdek Davlat maqsadli jamg’armalari hisobini kassa
usulidagi Davlat sektori moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga va shu asosda
davlat sektori hisobi va hisoboti tizimini hisoblash usulidagi Davlat sektorida
buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga moslash amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirib o’tilgan islohatlar budjet hisobi standartlarini qabul qilish
asosida amalga oshirilishi belgilandi. Shuni qayd etish kerakki 2014 yil 1 yanvardan
amalga kiritilgan “Budjet kodeksi”da budjet hisobi va hisobotini yuritish uslubiyoti
budjet hisobining standartlariga muvofiq belgilanishi alohida ko’rsatib o’tilgan.
Bugungi kunda Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari asosida
buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish kontseptsiyasiga muvofiq
budjet hisobining standartlari loyihalari ishlab chiqilmoqda hamda tegishli soha
mutaxassislari ishtirokida muxokamalardan o’tkazilmoqda.
Xozirgi kunda Budjet hisobi standartlarini qabul qilinishi:
- Buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha milliy qonunchilik talablarini e’tiborga
olish;
- Ortiqcha xarajatlarsiz buxgalteriya va moliya xodimlarini tayyorlash, o’qitishni
tashkil etish;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
2022 budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish xudayberdiyeva Nilufar Mengqobilovna
|