|
2022 texnologiya ta’lim praktikumi fanini o‘qitishda multimedia vositalaridan foydalanish imkoniyatlari muzaffarova Gulhayo IkromovnaBog'liq texnologiya-ta-lim-praktikumi-fanini-o-qitishda-multimedia-vositalaridan-foydalanish-imkoniyatlari (1)Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
615
w
www.oriens.uz
February
2022
Texnologiya ta’lim praktikumi
fani talabalarga yog‘och, metallar va polimer
materiallarining xususiyatlari tо‘g‘risida boshlang‘ich bilimlar, yog‘ochdan buyumlar
tayyorlashda rejalash, yо‘nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari,
qо‘l va elektr
asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan
jihozlar, mashinalar elementlari, yangi texnika va ilg‘or texnologiya asoslari,
texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanishni о‘rgatadi.
Texnologiya ta’lim praktikumi fani talabalarda texnik ijodkorlikni, qobiliyatni,
tafakkurni rivojlantirish, amaliy mashg‘ulotlar jarayonida tabiiy, metall va metallmas
materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish orqali
hunarmandchilik asoslari, ishlab chiqarish va ro‘zg‘orshunoslik asoslari,
elektrotexnika ishlari, elektronika asoslari, ijodiy loyiha tayyorlash texnologiyasi
bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini hayotda qo‘llay olish
layoqatini shakllantirishni va kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxasisi bo‘lib
yetishishini ko‘zda tutgan.
Talabalarning mazkur fanni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va
zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni
tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘qitishda plakatlar, chizmalar,
namunalar, yo‘riqnoma texnologik xaritalar, ko‘rgazmali texnik vositalardan,
kompyuter texnikasi, kinofilm, videofilm, diafilm, slayd va dasturlashtirilgan
elektron didaktik vositalardan foydalanib, talabalarning bilim, ko‘nikma va
malakalarni hosil qilish ko‘zda tutiladi. Hozigi zamonaviy bosqichda pedagogik
dolzarb vazifalarga fan texnika, ilg‘or texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish
asosida shaxsni tarbiyalash, o‘qitish va rivojlantirish maqsadlari, mazmuni, metodlari,
vositalari va tashkiliy shakillarini ilmiy ta’minlash kiradi. Bugungi kunda ta’lim
sohasida fan va texnikaning so‘nggi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan audio, video,
telekommunikatsiya va informatsion texnika va texnologiyalarning qo‘llanilishi katta
ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ularning didaktik imkoniyatlari bilan tanishib
chiqish va mashg‘ulotlarda ularni qo‘llashni o‘rganish dolzarb pedagogik
muammolardan biri sanaladi. Inson taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat
bashariyatni olg‘a harakatlantiruvchi asosiy omil bo‘lib kelgan. Yosh avlodni ijodiy
mehnatga o‘rgatish uni zamonasining eng ilg‘or bilimlari bilan qurollantirish, barcha
davrlarda barcha xalqlar uchun dolzarb vazifa hisoblangan . Jamiyat rivojlanar ekan
har bir sohada rivjlanishni talab etadi. Buning uchun o‘quvchi yoshlarimizning
qiziqish va qobiliyatlariga qarab rivojlantirib borishimiz lozim.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
2022 texnologiya ta’lim praktikumi fanini o‘qitishda multimedia vositalaridan foydalanish imkoniyatlari muzaffarova Gulhayo Ikromovna
|