2024 yilda ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdorini oshirish rejalashtirilgan Kelgusi yilda budjetdan ish haqi va pensiya uchun 220,7 trillion so‘m ajratilishi reja qilingan. Bu joriy yildagi ko‘rsatkichdan 19,6 foizga ko‘p




Download 18.33 Kb.
Sana25.02.2024
Hajmi18.33 Kb.
#162119
Bog'liq
2024 yilda ish haqi
Mustaqil ishi, malumotlar bazasi, file, 19 SEMINAR, tavsiyanoma-tavsifnoma-malumotnoma, 8498 (1), ma\'ruza servis 2222222, 2 5300856225930417199, KURS ISHI HISOBOT-1, bek aka kon, Muxammedova N (1) kurs jumisi, hadis ilmi, Наивный баейсовский классификатор, Issiqlik yuritgichlari va bosim bn haydash mashinalari, Elektrotexnika fanining predmeti va uning bugungi kunda jamiyat

2024 yilda ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdorini oshirish rejalashtirilgan
Kelgusi yilda budjetdan ish haqi va pensiya uchun 220,7 trillion so‘m ajratilishi reja qilingan. Bu joriy yildagi ko‘rsatkichdan 19,6 foizga ko‘p.

Foto: Kun.uz
2024 yilda ham budjet xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdorini oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan davlat budjeti loyihasida keltirib o‘tilgan.

Qayd etilishicha, kelgusi yilda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar 20,6 foizga oshirilib, 130,6 trillion so‘mdan 157,57 trillion so‘mga yetkaziladi. Bu 2024 yildagi umumiy davlat budjeti xarajatining 50,4 foizini tashkil etadi.
Shuningdek, pensiyalarni oshirish uchun qo‘shimcha 9,28 trillion so‘m (joriy yilga nisbatan 17,2 foizga ko‘p) yoki umumiy hisobda 63,13 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Hujjatda keltirilishicha, joriy yil oxirigacha shakllangan inflatsiya miqdori yil davomida budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va pensiya miqdorlarining oshirilgan foizlaridan yuqori bo‘lgan taqdirda, kelgusi moliya yilining yanvar oyidan ish haqi va pensiyalarni ushbu foizlarga oshirish orqali kompensatsiya qilish tartibi joriy etiladi.
Ma’lumot uchun, 1 apreldan pensiyalar va nafaqalar miqdori, 1 maydan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 7 foizga oshirilgandi.
Download 18.33 Kb.




Download 18.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2024 yilda ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdorini oshirish rejalashtirilgan Kelgusi yilda budjetdan ish haqi va pensiya uchun 220,7 trillion so‘m ajratilishi reja qilingan. Bu joriy yildagi ko‘rsatkichdan 19,6 foizga ko‘p

Download 18.33 Kb.