• Sutkalik notekislik
  • 22-maruza Gazni yer ostida saqlash. Reja




    Download 0.5 Mb.
    bet1/7
    Sana17.04.2024
    Hajmi0.5 Mb.
    #199338
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    22-maruza ggkk
    TZ1, HFX 4-kurs 8-Ma\'ruza, gazkondensat-konlarini-ishlatish-tizimlarini-loyihalashtirish, 17maruza ggkk

    22-maruza
    Gazni yer ostida saqlash.
    Reja:

    1. Gazga bo‘lgan ehtiyojning mavsumiy nomutonosibligi va uni qoplash usullari.

    2. Gazni yer ostida saqlashning afzalliklari. Gaz omborlari vazifasi va sinfi.

    3. Yer osti gaz saqlash inshootlarining turlari vazifalari.

    4. Gazlarni saqlashning zaruriyati. Suyultirilgan gazlarni saqlash usullari.

    Shahar va aholi yashash punktlarida gaz aholining maishiy talab­larini qondirish, shu bilan birga maishiy-kommunal va madaniy xizmat ko‘rsatish korxona va tashqilotlari uchun uzatiladi. Tabiiy gaz kimyo sanoatida xomash’yo sifatida, metallurgiya, mashinasozlik, energetika va boshqa sohalarda yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Gaz iste’molchilari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: sanoat korxonalari; issiqlik-elekt markazi va qozonxonalar; kommunal va jamoat tashkilotlari; maishiy gaz iste’molchilari.


    Tabiiy gaz maishiy, kommunal va sanoat iste’molchilari tomoni­dan notekis iste’mol qilinadi. Gaz iste’moli notekisligini quyidagilarga bo‘lish qabul qilingan:
    1. mavsumiy -yil oylari bo‘yicha;
    2. oylik va haftalik – oy va xaftaning ishchi kunlari bo‘yicha;
    3. sutkalik va soatlik – sutka soatlari bo‘yicha.
    Bular ichidan mavsumiy notekislik ko‘rsatgichlarini me'yorlash asosiy vazifalardan biridir. Notekisliklarning kelib chiqishi gaz iste’molning sutka, hafta, oy va yil davomida bir xil emasligidan kelib chiqadi. Magistral gaz quvuridan kelayotgan gazning miqdori hisoblanganda sutkalik o‘tkazuvchanlik qobiliyati aniqlanadi.
    Sutkalik notekislik: Sutkalik notekislikning kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo‘ladi:
    - sutkaning tungi vaqtlarida maishiy ihtiyojlar uchun gaz iste’molining kamayishi;
    - sanoat ehtiyojlari uchun gaz iste’molining keskin kamayishi, chunki aksariyat korxonalar bir yoki ikki navbat (smena) da ishlashi;
    - kommunal xo‘jaligi korxonalarining sutka davomida gaz iste’moli notekisligi.

    Download 0.5 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    22-maruza Gazni yer ostida saqlash. Reja

    Download 0.5 Mb.