8-mavzu. Birlamchi tibbiy yordam kо‘rsatish asoslari. Reja Birlamchi tibbiy yordam kо‘rsatish




Download 383.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana17.04.2024
Hajmi383.31 Kb.
#199312
  1   2
Bog'liq
HFX 4-kurs 8-Ma\'ruza
TZ1, gazkondensat-konlarini-ishlatish-tizimlarini-loyihalashtirish, 22-maruza ggkk, 17maruza ggkk


8-mavzu. Birlamchi tibbiy yordam kо‘rsatish asoslari.
Reja
1.Birlamchi tibbiy yordam kо‘rsatish.
2.Respublikada halokatlar tibbiy xizmatining tashkil etilishi va uning 
asosiy vazifalari. 
3.Birinchi tibbiy yordamning ahamiyati va qoidalari. 
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlari va xizmati tizimida «Tez 
tibbiy yordam» xizmati alohida o‘rin tutadi. Aholining o‘tkir yuraktomir tizimi 
kasalliklari, jarohat va shikastlanishlar, bolalarning, ayniqsa bir yoshgacha bo‘lgan 
bolalarning to‘satdan kasallanishi bo‘yicha murojaat etishlari sonining oshishi 
umumiy sog‘liqni saqlash tizimida «Tez tibbiy yordam» xizmatining ahamiyatini 
yanada oshirdi. Ma’lumki, baxtsiz hodisa, shikastlanish va to‘satdan og‘rib qolish 
hollari ko‘pincha kutilmagan sharoit va joylarda, masalan, ko‘chada, ishlab 
chiqarishda, transportda, jamoat va turar joylarda yuz berishi mumkin. Bu esa 
tashxis qo‘yish hamda shikastlangan shaxs ahvolining og‘irligi, jarohat va 
kasallikning xususiyatiga qarab shoshilinch yordam ko‘rsatish masalalarini qisqa 
vaqt ichida hal qilishni taqozo etadi. Zero, bemorning hayoti va og‘ir kasallikdan 
yoki olingan shikastlanishlardan davolanishning natijasi ko‘p jihatdan zarur 
shoshilinch yordamning o‘z vaqtida ko‘rsatilishiga bog‘liq. Shu bilan bir qatorda, 
shoshilinch tibbiy yordamning aniq va sifatli ko‘rsatilishi kasallangan va 
shikastlangan bemorlarning statsionar sharoitdagi taqdiriga ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Katta shahar sharoitida ham, qishloq sharoitida ham shoshilinch gospitalizatsiya 
ma’lum vaqtni talab etadi. Kritik (hayot uchun xavfli) bo‘lgan holat esa ancha avval 
kelib chiqishi va o‘limga olib kelishi mumkin. Demak, bemor yoki jarohatlangan 
shaxs hayotini saqlab qolishning muhim va eng oqilona sharti shoshilinch tashxis 
qo‘yishning samarali usullarini qo‘llash va (minimal hajmda bo‘lsa ham) davolashni 
imkon qadar amalga oshirishdan iboratdir. 
Hozirgi kungacha tez va shoshilinch yordam ko‘rsatishning eng muhim 
vazifasi bemor va shikastlanganlarga shoshilinch tibbiy yordamning eng oddiy 
turlarini ko‘rsatib, tezlik bilan ularni kasalxonaga olib borishdan iborat edi. Hozirgi 
vaqtda kasalxonagacha bo‘lgan davrda tashxis va davolash tadbirlarining hajmi 
miqdor va sifat jihatdan kengaydi. Albatta, bunga hozirgi zamon tibbiyot fanining 
rivojlanishi, aholiga tez va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilashga 
qaratilgan bir qator tadbirlarni hayotga joriy qilish yordam berdi. Hozirgi vaqtda 
respublikamizdagi tez va shoshilinch yordam xizmati ko‘p sonli vrachlar va o‘rta 
tibbiyot xodimlari faoliyat ko‘rsatadigan ixtisoslashgan muassasalarning 
rivojlangan tarmog‘ini tashkil qiladi. Bu muassasalar kasalxonagacha bo‘lgan 
bosqichda hamma turdagi tibbiy yordamni ko‘rsata oladigan tajribali mutaxassislar 
bilan ta’minlangandir. «Tez yordam» xizmati tarkibida ixtisoslashgan 


brigadalarning tashkil qilinishi va o‘tkir og‘ir kasalliklarga uchragan bemorlarga uy 
sharoitida xizmat ko‘rsatishning kengayishi hisobiga tibbiy yordam hajmi oshdi. 
Surunkali kasallik bilan og‘rigan bemorlar sonining o‘sishi va kishilarning o‘rtacha 
umr ko‘rish davomiyligining oshishi aholi o‘rtasidagi kasallik tarkibining 
o‘zgarishiga olib keldi. Kasalxonagacha bo‘lgan bosqichda bemor va 
shikastlanganlar hayotini saqlab qolishga qaratilgan tashxis va davolash chora-
tadbirlarining to‘laqonli kompleksini qo‘llash imkoniyati yaratildi. Bu esa, o‘z 
navbatida, tez va shoshilinch yordam xizmati xodimlariga nisbatan talabni 
kuchaytirdi.
Shahar va qishloq sharoitlarida tez yordam ko‘rsatish prinsiplari bir xil 
bo‘lishiga qaramay, uni tashkil qilish va amalga oshirishning o‘ziga xos jihatlari 
mavjud. Katta shaharlarda uning uzoq tumanlari aholisiga shoshilinch tibbiy 
yordamni qisqa vaqt ichida ko‘rsatish hamda bu xizmatga operativ rahbarlik sifatini 
oshirish uchun «Tez va shoshilinch yordam stansiyalari» tashkil qilindi. Ular 
ma’muriy va operativ jihatdan shahar tez yordam stansiyasiga bo‘ysunadilar 
(Toshkent, Andijon va boshqa yirik shaharlarda). Qishloq joylarida tez va 
shoshilinch tibbiy yordam xizmati ko‘rsatish markaziy tuman kasalxonalari (MTK) 
qoshida tashkil qilingan «Tez yordam» bo‘limlariga yoki mustaqil stansiyalarga 
yuklatilgan. Bunday bo‘limlar qishloq tumanlarining boshqa kasalxonalarida – 
uchastka, tumanlararo, korxonalarning tibbiy sanitariya bo‘limlari kasalxonalari 
kabi joylarda ham joriy etilishi mumkin (64-rasm).
Tez tibbiy yordam brigadalari. 
Barcha tuman tez tibbiy yordam brigadalari navbatchilik paytida markaziy 
tuman kasalxonasining mas’ul navbatchi vrachchiga bo‘ysunadi hamda sharoitga 
qarab, tuman miqyosida ishlashi mumkin. Bunday yondashuv qishloq joylarida bu 
brigadalar 
faoliyatining 
operativ 
imkoniyatlarini 
ancha 
kengaytiradi. 
Mamlakatimizda «Tez tibbiy yordam» xizmatini qishloq joylarida rivojlantirish va 
mustahkamlashga katta e’tibor berilmoqda. Bu o‘rinda qishloq aholisiga 


ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat darajasini shahar sharoitidagi tibbiy yordam ko‘rsatish 
darajasiga yaqinlashtirish, qishloq joylarida davolash va profilaktika usullari, 
ularning shakllarini takomillashtirish katta ahamiyatga ega. Ayni sharoitda sog‘liqni 
saqlash sohasidagi asosiy muammo nafaqat qishloq aholisiga statsionar yordamni 
tashkil qilish, shu bilan bir qatorda, ambulator-poliklinika xizmatini, ayniqsa katta 
yoshdagilar va qariyalarga, bolalarga tez va shoshilinch yordam ko‘rsatishni yanada 
takomillashtirishdan iboratdir. Sog‘liqni saqlash muassasalarining joylashuvi, bu 
xizmatni tashkil qilish shakllari va qishloq aholisiga tibbiy yordam ko‘rsatish 
usullari ular tarqoq joylashgan sharoitda shahardagidan farqliroq bo‘ladi. 
Markaziy tuman kasalxonalarida tez va shoshilinch birinchi yordam bo‘yicha 
hamma chaqiriqlarga markazlashgan tarzda xizmat ko‘rsatishnitashkil qilish muhim 
o‘rin tutadi. Bu ma’lum darajada chekka qishloqlar aholisiga zarur bo‘lgan 
ambulator-poliklinik birinchi yordam ko‘rsatishni yengillashtiradi. Tez tibbiy 
birinchi yordam bo‘limlari va stansiyalari asosan tuman markazi va yon-atrofdagi 
aholiga xizmat qiladi. Boshqa turar joy punktlari chaqiriqlariga xizmat qilish uchun 
esa uchastka kasalxonalari tarkibida tez yordam podstansiyalari tashkil qilingan.
Odatda bunday podstansiyalar xizmat qilish radiusi 25–30 km dan ortiq 
bo‘lganda tashkil qilinadi. Tez va shoshilinch birinchi yordam stansiyalari bir yilda 
bo‘ladigan chaqiriqlar soniga qarab kategoriyalarga bo‘linadi. Qishloq joylarida 25 
mingdan 50 minggacha chaqiriqlarga xizmat qiladigan uchinchi va 10 mingdan 25 
minggacha chaqiriqlarga xizmat kiladigan to‘rtinchi kategoriyali stansiyalar bo‘ladi. 
100–200 ming aholisi bo‘lgan yirik tuman markazlarida yiliga 75 mingdan 100 
minggacha va 50 mingdan 75 minggacha chaqiriqlarga xizmat qiladigan birinchi va 
ikkinchi kategoriyali stansiyalar faoliyat ko‘rsatadi. Tez yordam mashinalari ham, 
xuddi shahardagidek, normativga asosan, har 10 ming aholiga 1 mashina hisobida 
taqsimlanadi. Tez va shoshilinch yordam bo‘limlari va stansiyalari muntazam 
ravishda ro‘y bergan baxtsiz hodisalar sababini tahlil qiladi, hisobini olib boradi, 
hisobot tayyorlaydi va bu haqda tuman bosh vrachiga axborot beradi.
Keyingi yillarda qishloq joylarida olib borilgan samarali ishlar tufayli aholiga 
tez yordam ko‘rsatish sohasida birmuncha yutuqlarga erishildi, tibbiy xizmat sifati 
oshib, shahar sharoitiga yanada yaqinlashdi. Qishloq aholisiga tez va shoshilinch 
yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, uni takomillashtirish maqsadida tez yordam 
bo‘limlari va stansiyalarini aholi ehtiyojiga qarab qo‘shimcha feldsher va vrachlar 
brigadalari bilan kuchaytirish masalasi turibdi. Hozirgi vaqtda tez va shoshilinch 
tibbiy yordam xizmati hamma turdagi maxsus tibbiy yordamni ko‘rsata oladigan, 
yuksak darajada tashkil qilingan tibbiy muassasalar majmuini tashkil qiladi. 

Download 383.31 Kb.
  1   2




Download 383.31 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8-mavzu. Birlamchi tibbiy yordam kо‘rsatish asoslari. Reja Birlamchi tibbiy yordam kо‘rsatish

Download 383.31 Kb.
Pdf ko'rish