Tortish tarmog„ini chulg„amlari “yulduz-uchburchak”




Download 180.6 Kb.
bet2/2
Sana01.03.2024
Hajmi180.6 Kb.
#164917
1   2
Bog'liq
Diplom ishi.docx 111111

2.1. Tortish tarmog„ini chulg„amlari “yulduz-uchburchak”
ulangan uch fazali transformatorlardan ta‟minlash sxemalari
O‗zgaruvchan tok tortuvchi nimstansiyalarda tortish
yuklamalarini elektr energiyasi bilan ta‘minlash uchun bir va uch
fazali transformatorlar qo‗llanilishi mumkin. Transformator
rusumlari, ular chulg‗amlarining ulanish sxemalari hamda
transformatorlarni tashqi va tortish tarmoqlariga ulanish sxemalari
bir-biri bilan uzviy bog‗liq. Hozirgi kunda ko‗pchilik o‗zgaruvchan
tok tortuvchi nimstansiyalarida uch fazali transformatorlar
qo‗llaniladi.
Elektrlashgan temir yo‗llar elektr ta‘minoti tizimida uch fazali
uch chulg‗amli ―ТДТНГЭ‖ (uch fazali, moyli sovutkich tizimli,
uch chulg‗amli, kuchlanishi ish jarayoni paytida rostlanadigan,
yashinga chidamli, elektr tortish uchun) rusumli transformator
qo‗llaniladi. Uning chulg‗amlari ―yulduz-yulduz-uchburchak‖
sxemasida ulangan. Quvvatlari esa 20, 31,5 va 40,5 MA*A.
Birlamchi kuchlanishi 110 yoki 220 kV, tortishga mo‗ljallangan
ikkilamchi kuchlanishi 27,5 kV, notortuvchi iste‘molchilarga
mo‗ljallangan ikkilamchi kuchlanishlari esa 38,5 va 11 kV.
Transformatorning notortuvchi iste‘molchilarini ta‘minlashga
mo‗ljallangan chulg‗amlari chiqish kuchlanishlari 38,5 kV talab
etilganda yulduz sxemada, 11(6,6) kV da esa – uchburchak
sxemada ulanadi.
Tortish yuklamasini elektr energiyasi bilan ta‘minlashda uch
fazali ikki chulg‗amli ―TДГ‖ va ―TДНГ‖ rusumli transformatorlar
ham qo‗llaniladi. Ularning chulg‗amlari ―yulduz-uchburchak‖
( Y/Δ-11 ) sxemada ulanadi (11 soni talabaga ―Elektromexanika‖
kursidan ma‘lum bo‗lgan chulg‗amlarni ulanish guruhi raqamini
bildiradi). Tortish chulg‗amlarini ―uchburchak‖ ulanishi
transformator tashqi xarakteristikasini yassiroq ko‗rinishda
bo‗lishini ta‘minlaydi. ―Uchburchak‖ning bitta uchi relsga, qolgan
ikkita uchlari esa kontakt tarmog‗ining boshqa-boshqa
seksiyalariga ulanadi.
Bir fazali o‗zgaruvchan tok tortish tarmog‗ini chulg‗amlari
“yulduz-uchburchak” ulangan uch fazali transformatordan
ta‘minlanish sxemasi 2.1- rasmda keltirilgan.



2.1- rasm. Bir fazali o‗zgaruvchan tok tortish tarmog‗ini
chulg‗amlari ―yulduz-uchburchak‖ ulangan transformatordan
ta‘minlanish sxemasi

Ko‗rilayotgan nimstansiyada transformator birlamchi


chulg‗ami chiqishlari tashqi elektr ta‘minoti tizimi(elektr uzatish
liniya(EUL)lari)ga zavodda belgilangan markirovkaga mos
ravishda, ya‘ni transformator A faza chulg‗ami elektr uzatish
liniyasining A fazasiga, B faza –liniyaning B fazasiga, C faza esa –
uning C fazasiga ulanadi.
Tortuvchi nimstansiyaning chap va o‗ng ta‘minlash yelkalari
toklari mos ravishda Ich va Io’ , so‗ruvchi liniya toki esa
Ir bilan belgilangan. Sxemada Ich, Io’ va Ir toklar yo‗nalishlari transformator ikkilamchi chulg‗amlari uch fazali generator sifatida qaralib,
toklar undan yuklama (elektrovoz)larga yo‗naladi, degan
nuqtayi nazardan kelib chiqib tanlangan. Ich va Io’ toklarning
paydo bo‗lishi transformator ikkilamchi chulg‗amlaridan Ias, Iba, Icb
va birlamchi cholg’amida Ia, Ib, Ic toklar o’tishiga sabab boladi.
Uch fazali transformatorlar o‗rnatilgan istalgan o‗zgaruvchan
tok tortuvchi nimstansiyasida uch fazali tortuvchi transformatorlar
ishlash shartlarining quyidagi xususiyatlarini inobatga olish kerak
bo‗ladi:
1. Respublikamiz elektrlashgan temir yo‗llaridagi barcha
o‗zgaruvchan tok tortuvchi nimstansiyalarining 27,5 kV
kuchlanishli tomonida relslarga ―c‖ fazaning o‗zi emas, balki ―c
faza chulg‗amining boshi ulangan. Bu bir xil holat emas. Chunki,
uch fazali transformatorlardan uchta emas, balki nimstansiyadan
chap va o‗ng tomonda joylashgan ikkita bir fazali yuklama
(elektrovoz) elektr energiyasi bilan ta‘minlanadi.
2. Tortish tarmog‗iga transformator ikkita fazasidan
kuchlanish beriladi: tortuvchi nimstansiya uchun bu ―ac‖ faza
kuchlanishi Uas (nimstansiya chap ta‘minlash yelkasi kuchlanishi
qo‗shimcha ravishda Uch ) va ―cb‖ faza kuchlanishi Uab
(nimstansiya o‗ng ta‘minlash yelkasi kuchlanishi qo‗shimcha
ravishda Uo’ ) bilan belgilangan. Uch fazali transformator qaysi
fazalari tortish tarmog‗ining chap va o‗ng ta‘minlash yelkalariga
berilayotganligini to‗g‗ri ajratish uchun qaysi faza chulg‗amining
boshi va oxiri ko‗rilayotgan ta‘minlash yelkasi (kontakt tarmog‗i
va relslarga yoki relslarga va kontakt tarmog‗i)ga ulanganligiga
e‘tiborni qaratish lozim bo‗ladi. Uchinchi (ko‗rilayotgan
nimstansiya uchun ―b‖) faza kuchlanishi kontakt tarmog‗idagi
neytral qo‗yilmaning ikkala uchiga ulangan bo‗ladi.
Kuchlanishlarni ta‘minlash yelkalariga berilish sharti bir
biridan birmuncha farq qiladi. Chap ta‘minlash yelkasiga
kuchlanish berilayotganda “a” faza chulg‗amining boshi kontakt
tarmog‗iga, o‗ng ta‘minlash yelkasiga kuchlanish berilayotganda
esa ―c‖ fazaning oxiri kontakt tarmog‗iga ulanadi.
Ushbu ikki holatdagi farqni ajratish maqsadida quyidagi shartli
qoida kiritiladi: agar kontakt tarmog‗iga unga kuchlanish
berayotgan faza chulg‗amining boshi ulansa, unda ushbu
ta‘minlash yelkasining kuchlanishi ―+‖, agar kontakt tarmog‗iga
uni kuchlanish bilan ta‘minlayotgan faza chulg‗amining oxiri
ulansa, unda ushbu ta‘minlash yelkasining kuchlanishi ― – ‖ ishora
bilan ko‗rsatiladi (2.1- rasmga qarang!).
3. Uch fazali transformatordan ikkita bir fazali yuklama (ikkita
ta‘minlash yelkasi) elektr energiyasi bilan ta‘minlanadi, ya‘ni
tortish tarmog‗iga faqat ikkita faza (ko‗rilayotgan tortuvchi
nimstansiya uchun bu ―a‖ va ―c‖ fazalar)dan kuchlanish beriladi
(2.1- rasmga qarang!). Shuning uchun ham uch fazali
transformator va unga mos ravishda tashqi elektr ta‘minoti
tizimining EULsi nosimmetrik yuklama ostida bo‗ladi. Bunda
barcha fazalardagi toklar har xil bo‗lib, ulardan bittasi kam
yuklangan faza bo‗ladi. Bu kuchlanishi tortish tarmog‗iga bevosita
ulanmagan (ko‗rilayotgan nimstansiya uchun ―b‖) fazasidir.
Shuni takidlab o‗tish joizki, tortuvchi nimstansiyalarda ―c‖
faza chulg‗amining boshi relslarga ulangan va chulg‗amlari 11-
ulanish guruhiga ega bo‗lgan uch fazali transformatorlar
o‗rnatilganda eng kam yuklangan faza doimiy ravishda ―b‖ faza
58bo‗lib qolaveradi. Bu holat tortuvchi nimstansiyalar guruhining
parallel ishlashini tashkil etishda hisobga olinadi.
Download 180.6 Kb.
1   2




Download 180.6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tortish tarmog„ini chulg„amlari “yulduz-uchburchak”

Download 180.6 Kb.