27-amaliy mashg‘ulot sip xabarlari. Sip signalizatsiyasini o‘rganish




Download 112,11 Kb.
bet3/5
Sana14.05.2024
Hajmi112,11 Kb.
#231106
1   2   3   4   5
Bog'liq
27-AMALIY MASHG‘ULOT

SIP protokolining javoblari

Barcha javoblar ma’lumotli va finalli guruhlariga bo‘linadi.


Ma’lumotli javoblar so‘rov qayta ishlash bosqichida turganligini ko‘rsatadi. Ular 1xx birdan boshlanadigan uchta qiymatli son bilan kodlanadi. Keng tarqalgan javoblardan biri bu 180 Ringing. U vazifasi bo‘yicha UFTTdagi “Chaqiruvni jo‘natishni nazorat qilish” signali bilan bir xil va chaqiriladigan foydalanuvchi kirish Chaqiruvi haqida signalni olganligini bildiradi.
Finalli javoblar 2, 3, 4, 5 va 6 raqamlari bilan boshlanadigan uchta qiymatli sonlar bilan kodlanadi. Ular so‘rovni qayta ishlanishi tugaganligini bildiradi va kerak bo‘lganda so‘rovni qayta ishlash natijalariga ega bo‘ladi. Har bir turdagi finalli javoblarning vazifalari quyida ko‘rib chiqiladi.
2xx javoblar so‘rov muvaffaqiyatli qayta ishlanganligini bildiradi. Hozirgi vaqtda barcha 2xx turdagi javoblardan faqat bittasi 200 OK aniqlangan. Uning qiymati u qaysi so‘rovga javob berishiga bog‘liq bo‘ladi:

  • INVITE so‘rovga 200 OK javob chaqiriladigan qurilma aloqa seansida qatnashishga rozi ekanligini bildiradi. Javobning tanasida bu qurilmaning funksional imkoniyatlari ko‘rsatiladi;

  • BYE so‘rovga 200 OK javob aloqa seansi tugaganligini bildiradi, javob tanasida hech qanday ma’lumot bo‘lmaydi;

  • CANCEL so‘rovga 200 OK javob qidirishni bekor qilinishini bildiradi, javob tanasida hech qanday ma’lumot bo‘lmaydi;

  • REGISTER so‘rovga 200 OK javob ro‘yxatdan o‘tkazish muvaffaqiyatli o‘tganligini bildiradi;

  • OPTION so‘rovga 200 OK javob qurilmaning funksional imkoniyatlari haqida ma’lumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi, bu ma’lumotlar javobning tanasida bo‘ladi.

  • Zxx javoblar chaqiruvchi foydalanuvchi qurilmasini chaqiriladigan foydalanuvchining yangi joylashish o‘rni haqida xabardor qiladi yoki yangi Chaqiruv uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni tashiydi:

  • 300 Multiple Choices javobda chaqiriladigan foydalanuvchini topish mumkin bo‘lgan bir necha SIP-manzillar ko‘rsatiladi va chaqiruvchi foydalanuvchi uchun ulardan birini tanlash taklif qilinadi;

  • 301 Moved Permanently javob chaqiriluvchi foydalanuvchi so‘rovda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha endi u erda emas va so‘rovlarni Contact maydonida ko‘rsatilgan manzilga yuborish kerakligini bildiradi;

  • 302 Moved Temporary javob foydalanuvchi vaqtincha (vaqt oralig‘i Expires maydonda ko‘rsatilishi mumkin) Contact maydonida ko‘rsatilgan manzildaligini bildiradi.

  • 4xx javoblar so‘rovda xatolik aniqlanganligini bildiradi. bunday javob olinganidan keyin foydalanuvchi o‘sha so‘rovni uni modifikatsiyalamasdan uzatmasligi kerak:

  • 400 Bad Request javob undagi sintaksik xatoliklar mavjudligi tufayli so‘rov tushunarsiz ekanligini bildiradi;

  • 401 Unauthorized javob so‘rov foydalanuvchini autentifikatsiyalash protsedurasining o‘tkazilishini talab qiladi. Turli autentifikatsiyalash variantlari mavjud va javobda bu holda ulardan qaysi birining ishlatilganligi ko‘rsatilishi mumkin;

  • 403 Forbidden javob server so‘rovni tushungan, lekin unga xizmat ko‘rsatishni rad etganligini bildiradi. Takroriy so‘rovni yuborish kerak emas. Sabablar turli xil bo‘lishi mumkin, masalan, bu manzil so‘rovlariga xizmat ko‘rsatilmaydi va h.k.;

  • 485 Ambiguous javob so‘rovdagi manzil chaqiriladigan foydalanuvchini aniqlamasligini bildiradi;

  • 486 Busy Nere javob chaqiriluvchi foydalanuvchi hozirgi momentda bu manzil bo‘yicha kiruvchi chaqiruvni qabul qila olmasligini bildiradi. Javob foydalanuvchi bilan boshqa manzil bo‘yicha bog‘lanish imkoniyatini inkor qilmaydi, misol uchun, nutq pochta qutisida xabar qoldirish mumkin.

  • 5xx javoblar so‘rov serverning rad etishi tufayli qayta ishlanishi mumkin emasligini xabar qiladi:

  • 500 Server Internal Error javob server ichki xatolik tufayli so‘rovga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega emasligini bildiradi. Mijoz bir qancha vaqtdan keyin so‘rovni takroran yuborishga urinishi mumkin;

  • 501 Not lmplemented javob severda bu so‘rovga xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan funksiyalar ishlatilmasligini bildiradi. Javob, masalan, server so‘rov turini taniy olmaydigan hollarda uzatiladi.

  • 502 Bad Gateway javob shlyuz yoki proksi-server sifatida ishlaydigan server u so‘rovni yuborgan serverdan noto‘g‘ri javobni olganligi haqida xabardor qiladi;

  • 503 Service Unavailable javob server o‘ta yuklanish yoki texnik xizmat ko‘rsatilishini o‘tkazilishi tufayli bu momentda chaqiruvga xizmat ko‘rsata olmasligini bildiradi.

  • 6XX javoblar chaqiriladigan foydalanuvchi bilan bog‘lanishni o‘rnatish mumkin emasligi haqida xabardor qiladi:

  • 600 Busy Everywhere javob chaqiriladigan foydalanuvchi band va hozirgi momentda undagi manzillardan hech biri bo‘yicha chaqiruvni qabul qila olmasligi haqida xabar qiladi. Javob foydalanuvchini chaqiruv uchun to‘g‘ri keladigan vaqtni ko‘rsatishi mumkin;

  • 600 Decline javob chaqiriladigan foydalanuvchi kiruvchi chaqiruvni qabul qila olmaydi yoki qabul qilishni xohlamayotganligini bildiradi. Javobda foydalanuvchini chaqiruv uchun to‘g‘ri keladigan vaqt ko‘rsatilishi mumkin

  • 600 Does Not Exist Anywhere javob chaqiriladigan foydalanuvchi mavjud emasligini bildiradi.


Download 112,11 Kb.
1   2   3   4   5




Download 112,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



27-amaliy mashg‘ulot sip xabarlari. Sip signalizatsiyasini o‘rganish

Download 112,11 Kb.