• Qayta manzillashtirish serveri orqali bog‘lanishlarni o‘rnatilishi ko‘rinishlari
  • Bog‘lanishning o‘rnatilishi jarayoni




    Download 112,11 Kb.
    bet4/5
    Sana14.05.2024
    Hajmi112,11 Kb.
    #231106
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    27-AMALIY MASHG‘ULOT

    Bog‘lanishning o‘rnatilishi jarayoni

    SIP tarmoq foydalanuvchilar (to‘g‘risini aytganda UAS), proksi-serverlar va qayta manzillashtirish serverlariga ega. Aloqa seansi boshlanishidan oldin chaqiruvchi foydalanuvchi chaqiriladigan foydalanuvchining manzilini yoki SIP-serverning manzilini bilishi kerak. Manzil 'user@domain' ko‘rinishida bo‘lishi mumkin, u holda uni IP-manzilga DNS xizmatlari yordamida o‘zgartirish zarur.


    Serverlarning manzillarini foydalanuvchiga xizmatlarni etkazib beruvchi xabar qiladi. Serverga ulanish uchun autuntifikatsiyalash talab qilinishi mumkin, u tufayli faqat foydalanuvchilarning ma’lum guruhiga, masalan xizmatlarga to‘laganlarga xizmat ko‘rsatishni ta’minlash mumkin. agar foydalanuvchining to‘g‘ri manzili yo‘q bo‘lsa, u holda foydalanuvchi proksi-server yoki qayta manzillashtirish serveriga murojaat qiladi. Keyin tarmoqning ishlash algoritmi u qaysi serverga murojaat qilganligiga bog‘liq bo‘ladi.


    Qayta manzillashtirish serveri orqali bog‘lanishlarni
    o‘rnatilishi ko‘rinishlari

    Chaqiruvchi foydalanuvchiga boshqa foydalanuvchini chaqirish talab qilinadi. U unga ma’lum bo‘lgan qayta manzillashtirish serveri manziliga va yashirish bo‘yicha ishlatiladigan 5060 portga INVITE (1) so‘rovini uzatadi (2.1-rasm).


    Chaqiruvchi foydalanuvchi so‘rovda chaqiriluvchi foydalanuvchining manzilini ko‘rsatadi. Qayta manzillashtirish serveri joylashish o‘rnini aniqlash serveridan (2) kerakli foydalanuvchining joriy manzilini so‘raydi. Joylashish o‘rnini aniqlash serveri qayta manzillashtirish serveriga bu manzilni (3) xabar qiladi. Qayta manzillashtirish serveri o‘z 302 Moved temporarily javobida chaqiruvchi tomonga chaqiriluvchi foydalanuvchining joriy manzilini (4) uzatadi yoki chaqiruvchiga ulardan birini o‘zi tanlashini taklif qilish bilan chaqiriluvchi foydalanuvchining ro‘yxatdan o‘tkazilgan manzillari ro‘yxatini xabar qiladi. chaqiruvchi tomon 302 javobni qabul qilganligini ACK (5) xabarni uzatishi bilan tasdiqlaydi.
    Endi chaqiruvchi tomon chaqiriluvchi tomon bilan bog‘lanishi mumkin. Buning uchun u yangi INVITE (6) so‘rovini uzatadi. INVITE so‘rovi tanasida Chaqiruvchi tomon funksional imkoniyatlari haqida ma’lumotlar SDP protokoli formatida ko‘rsatiladi.
    Chaqiriluvchi tomon INVITE so‘rovini qabul qiladi va uni qayta ishlashni boshlaydi, bu haqda qarama-qarshi qurilmaga uning taymerlarini ishga tushirish uchun 100 Trying (7) javob bilan xabar qiladi. Kelgan so‘rovni qayta ishlash tugaganidan keyin chaqiriluvchi tomon qurilmasi o‘z foydalanuvchisiga kiruvchi chaqiruv haqida xabar qiladi, qarama-qarshi tomonga esa 180 Ringing (8) javobni uzatadi. Chaqiriluvchi foydalanuvchi kiruvchi chaqiruvni qabul qilganidan keyin qarama-qarshi tomonga 200 OK (9) xabar uzatiladi, unda chaqiriluvchi terminalning funksional imkoniyatlari haqida ma’lumotlar SDP protokoli formatida ko‘rsatiladi.
    Chaqiruvchi tomon terminali ASK (10) so‘rov bilan javobni qabul qilinganligini tasdiqlaydi. Bu bilan bog‘lanishni o‘rnatilishi fazasi tugaydi va so‘zlashuv fazasi boshlanadi.
    So‘zlashuv fazasining yakunlanishi bo‘yicha tomonlardan istalgani BYE (11) so‘rovini uzatadi, u 200 OK (12) javob bilan tasdiqlanadi.

    Download 112,11 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 112,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bog‘lanishning o‘rnatilishi jarayoni

    Download 112,11 Kb.