Proksi-server orqali bog‘lanishlarni o‘rnatilishi ko‘rinishlari
Bu holda 1-3 amallar qayta manzillashtirish serveri ishlatilgandagi kabi bo‘ladi. Manzil aniqlashtirilganidan keyin (joylashish o‘rinni aniqlash serverida) proksi-server bu manzil bo‘yicha INVITE (4) so‘rovini uzatadi. V chaqiriluvchi foydalanuvchi akustik yoki vizual signal orqali uni chaqirilayotgani haqida ogohlantiriladi (5), u go‘shakni ko‘taradi va 200 OK javob proksi-serverga (6) jo‘natiladi.
Joylashish o’rnini aniqlash serveri
Chaqiruvchi foydalanuvchi
Chaqiriluvchi foydalanuvchi
Qayta manzillash serveri
2.Joylashish o’rnini aniqlashga so’rov
3. Joriy manzil bilan javob berish
So’zlashuv fazasi
2.1-rasm. Qayta manzillashtirish serveri orqali bog‘lanishni o‘rnatilishi ko‘rinishi
Proksi-server bu javobni A Chaqiruvchi foydalanuvchiga (7) qayta yo‘naltiradi, A chaqiruvchi foydalanuvchi ASK (8) so‘rovni uzatish bilan qabul qilishni to‘g‘riligini tasdiqlaydi, ASK so‘rov V chaqirilgan foydalanuvchiga (9) qayta yo‘naltiriladi. Bog‘lanish o‘rnatilgan, so‘zlashuv ketayapdi. V chaqirilgan foydalanuvchi go‘shakni qo‘yadi, BYE (10) so‘rov uzatiladi, uning qabul qilinishi 200 OK (11) javob bilan tasdiqlanadi.
2.2-rasm. Proksi-server orqali bog‘lanishni o‘rnatilishi ko‘rinishi
|