3- laboratoriya mashg’uloti
Mavzu: Internet tizimi. Cisco Packet Tracer dasturida tarmoq serveri xizmatlarini
o’rnatish
Ishning maqsadi: Cisco Packet Tracer dasturida Serverga DNS, Web server va
DHCP xizmatlarini o’rnatish.
Texnik jihozlar:
•
PC kompyuterlar;
• Cisco Packet Tracer dasturi paketasi.
Nazariy ma’lumotlar:
Internet –bu global kompyuter (telekommunikatsiya) tarmog‘i – bir biridan
juda uzoq joylashgan ko‘p lokal tarmoqlar va alohida kompyuterlar birlashmasi.
Telekommunikatsiya – global tarmoq orqali axborot almashish jarayonidir.
Internet butun dunyo bo‘yicha taqsimlangan lokal, xududiy,
korporativ
tarmoqlar xamda aloxida foydalanuvchilar kompyuterlarini birlashtiradi. Internet
tarmog‘ining asosini kompyuter tugunlari va aloqa kanallari tashkil qiladi. Tugun –
tarmoqqa doimiy ulangan kuchli kompyuterdir.
Axborot uzatish uchun fizik kanallar elektrik kabel,
tolali optik kabel,
radioaloqa, infraqizil nurlar, telefon tarmog‘i liniyasi ko‘rinishida bo‘ladi.
Kompyuter tarmog‘i tugunlariga abonentlar – foydalanuvchilarning personal
kompyuterlari yoki lokal tarmoqlar bog‘lanadi. Foydalanuvchilarga Internet
tarmog‘iga o‘z kompyuterlari orqali ulanishni taklif
etuvchi tashkilot tarmoq
xizmatlari provayderi (provider – yetkazib beruvchi) deyiladi.
“Internet – bu global axborot tizimining qismi bo‘lib, u:
- IP protokolga yoki uning kengaytmalariga asoslangan unitar manzil muxiti
bilan mantiqiy bog‘langan;
- Transmission Control Protocol/ Internet Protocol (TCP/IR)
yoki uning
kengaytmalaridan va/yoki IP bilan mos protokollaridan foydalangan xolda aloqani
ta’minlay oladi;
- yuqorida keltirilgan kommunikatsiya va u bilan bog‘liq infratuzilmaga
asoslangan yuqori satxli
xizmatlarni taqdim etadi, qo‘llaydi va kirish xuquqini
(xamma uchun yoki cheklangan shaxslarga) beradi”.