|
Beton qorishmasini qoliplash va zichlashtirish
|
bet | 3/4 | Sana | 09.07.2024 | Hajmi | 122,86 Kb. | | #267250 |
Bog'liq Новый документBeton qorishmasini qoliplash va zichlashtirish
Beton qorishmasi beton quygich vositasida avvaldan tayyorlab qo‘yilgan, metall yoki shishaplastdan egilmaydigan darajada mustahkam ishlangan qoliplarga quyiladi. Beton qorishmasini qoliplash jarayoni o ‘ta mas’uliyatli bo‘lib, qolipning hamma burchaklari, toraygan va burilgan joylari betonga toiishi shart. Beton qorishmasining harakatchanligi yoki bikrligi qoliplanadigan beton va temirbeton konstruksiyalaming turiga bog‘liq. Qolip shaklining murakkabligini hisobga olgan holda beton qorishmasining quyuqlik darajasi va zichlashtirish usuli tanlanishi kerak. Beton qorishmasi quyidagi usullarda ziclilashtiriladi: shibbalash, titratish, vakuumlash, prokatlash, shtampovkalash, sentrifugalash, presslash va boshqalar. Bundan tashqari, titratish-prokatlash, titratish-presslash va shu kabi aralash usullar ham ishlatiladi. Beton qorishmasini zichlashtirish usullaridan eng keng tarqalgani titratish usulidir. Beton qorishmasi titratilganda qovushqoqligi kamayadi, harakatchanligi ortadi, natijada beton massasi qolip ichida bir tekisda tarqaladi va qolip burchaklari, armatura sterjenlari oralarini to‘ldiradi. Titratish davrida yirik to‘ldirgichli donalari qulay joylashadi, oraliq bo‘shlig‘ini 88 sement qorishma yaxshi to‘ldiradi. Suv-havo aralashmasi tashqariga sizib chiqadi, natijada beton qorishmasi zichlashadi. Beton qorishmasini zichlashtirish uchun turli titratkichlar ishlatiladi. Ularning ishchi orgaaj elektromexanik, elektromagnit va pnevmatik dvigatellar yordamida haraj^tga keltiriladi. Elektromexanik titratkichlar amaliyotda keng qo‘llaniladi. Titratkichlar konstruktiv jihatdan yuzaki va chuqurlik titratkichlariga bo‘linadi. Titratkichlaming turi qoliplanayotgan temirbeton konstruksiyaning shakli, turi, o‘lchamlariga qarab tanlanadi.
Beton qorishmasining texnik xossalari
Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligi (qoliplanuvchanligi) muhim ahamiyatga ega. Bunda beton qorishmasi tanlangan zichlashtirish usulida, yaxlitligini saqlagan holda, qolipga yaxshi (to‘liq) joylashishi nazarda tutiladi va harakatchanligi, bikrligi (J) va bog‘lanuvchanligi orqali izohlanadi. Beton qorishmasining harakatchanligi qorishmaning strukturaviy mustahkamligiga, bikrlik qorishmaning dinamik oquvchanligiga va bog‘lanuvchanIik qorishmaning suv ushlashlik xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. H arakatchanlik. Beton qorishmasining harakatchanligi uning xususiy massasi ta’sirida harakatlanishini bildiradi va konus cho‘kishi (OK) bilan sm. da ifodalanadi (6.1-rasm). Beton qorishmasining konus cho‘kishi ikki marta o‘tkazilgan tajribalar natijalarining o‘rtacha arifmetik miqdori bilan o ‘lchanadi. Beton qorishmasining konus cho‘kishi nolga teng bo‘lsa, uning qulay joylanuvchanligi bikrlik bilan ifodalanadi.
6.1-rasm. Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligini aniqlash. a) beton qorishmasining harakatchanligini aniqiash asbobi (konus). 1. bikr qorishma; 2. harakatchan qorishma; 3. konus cho ‘kishi. b) beton qorishmasining bikrligini aniqlash asbobi. 4. sinash sxemasi.
Bikrlik - qolipga quyilgan beton qorishmasi konusining zichlashib, t«kls holatga kelguncha sarf bo‘lgan vaqt (soniya) bilan ifodalanadi (6.1, b rasm). Beton qorishmasining bikrligi quyidagicha aniqlanadi: btlandligi 200 \ a ichki diametri 240 mm. bo‘lgan silindr shaklidagi halqa la b o ra to ry vibratsiya stoliga mahkam o ‘rnatiladi; halqaga (Undart konus o‘matiladi, yuqorida ko‘rsatilgan usulda beton qorishmasi bilan toMdiriladi va qolip olinadi; asbob diski shtativ yordamida beton qorishmasi yuzasiga tekkuncha pastga tushiriladi; bir vaqtning o‘zida vlbrostol va sekundomer ishga tushiriladi va beton qorishmasi zichlashib tekislanadi; beton qorishmasining zichlashishi natijasida ajralib chiqqan •ement xamiri diskning diametrdagi teshiklaridan suzib chiqishi bilan vibratsiya to‘xtatiladi. Bikrlik ko‘rsatkichi ikki marta o‘tkazilgan tajribalar natijalarining o‘rtacha arifmetik miqdori bilan belgilanadi.
Bog‘lanuvchanlik - beton qorishmasining tashqi fizik-mexanik omillar ta’sirida qatlamlanmaslik xususiyatidir. Beton qorishmasining qatlamlanishi beton strukturasining buzilishiga va xossalarining yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Uni oshirish uchun tarkibini to‘g‘ri tanlash zarur. Beton tarkibida sement miqdorining ko‘p boMishi, suv miqdorining kamayishi qorishmaning qatlamlanishini keskin pasaytiradi.
Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligi - uning tarkibidagi suvning miqdoriga bevosita bogMiq boMadi. Beton qorishmasiga qo‘shilgan suv sement gidratatsiyasi va toMdirgichlar yuzasini hoMlash uchun sarf boMadi. Beton qorishmasini qorish, jarayonlami hisobga olib, suv miqdori ko‘paytiriladi. Mayda va yirik toMdirgichlar miqdori muayyan mutanosiblikda belgilanmasa, beton qorishmasining suvga boMgan talabi oshib ketadi. Betonning asosiy xossalari o‘zgarmas boMishi uchun suvsement nisbati ham o‘zgarmas boMishi kerak. Odatda, 1 m3 beton qorishmasi tayyorlash uchun, sement sarfi 200-400 kg/m3 boMganda sarflanayotgan suvning miqdori betonning markasiga mos ravishda o‘zgarmas boMadi. Shuning uchun beton tarkibi hisoblanayotganda suvning miqdorini sementning miqdoriga nisbatan awaldan tayyorlangan jadval yoki grafiklar yordamida toMdiruvchilaming turi va fraksiyasini hisobga olgan holda tanlanadi
|
| |