• Bikirbeton haqida umumiy ma’umot.
  • 2."Aysel Inshaat" qk haqida ma’lumot. Shaxsiy ma’limot. Bikirbeton qoshimchalari




    Download 122,86 Kb.
    bet1/4
    Sana09.07.2024
    Hajmi122,86 Kb.
    #267250
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Новый документ



    Reja
    1. Kirish
    2.”Aysel Inshaat” QK haqida ma’lumot.
    3. Shaxsiy ma’limot. Bikirbeton qoshimchalari
    1. Bikirbeton haqida umumiy ma’umot.
    2. Bikirbeton qorishmasini tayyorlash.
    a.Beton qorishmasini qoliplash va zichlashtirish
    b.Beton qorishmasining texnik xossalari
    3. Bikirbeton qorishmalarini qoliplash va vakumlash
    a.Bikirbetonning kirishishi va kengayishi
    4.Xulosa.
    5.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
    6.Ilovalar.


    Bikirbeton haqida umumiy ma’umot.

    Betonning ishlab chiqarishdagi, konstruksiyadagi yoki buyumdagi yuqori sifatini ta’minlashda beton qorishmasining quyuqlik darajasi va to‘shalishdagi qo‘yiladigan talablarga to‘liq javob berishi katta ahamiyat kasb etadi. Betonning quyuqlik darajasi uning tarkibiga ko‘ra bikirdan bir oz namlangan quyuq (hamirsimon) holatidan, suyuq – oson oquvchan holatgacha bo‘lishi mumkin. Beton qorishmasining quyuklik darajasiga qarab uning texnologik xususiyatlarini aniqlashning u yoki bu usulidan foydalanadilar.
    Harakatchanlikni, jumladan qorishmaning o‘z og‘irligi ta’sirida yoyilishi va beton qorishmasini bog‘langanligini aniqlash uchun standart konusdan foydalaniladi. Konus ikki tarafi ochiq, 1 mm, qalinlikdagi po‘lat tunukadan tayyorlanadi. Konusning balandligi 300 mm, pastki asosining diametri 200 mm, yuqori og‘izining diametri 100 mm. Tajriba o‘tkazishdan avval konusning ichki yuzasi va konus qo‘yilayotgan idish suv bilan namlanadi. Konusni idishga o‘rnatilgandan so‘ng beton qorishmasini uchga bo‘lib, har bosqichda zichlashtirib to‘ldiriladi va ortiqcha qorishma olib tashlanadi. Konus to‘ldirilgan zahoti aniq tik yo‘nalishda yuqoriga konus bandidan tutib asta ko‘tariladi. Harakatchan beton qorishmasi konusdan ozod bo‘lgandan so‘ng cho‘kadi yoki ba’zan yoyilib ham ketadi. Qorishmani o‘z og‘irligida yoyilish balandligi konus cho‘qishi deyiladi. Qorishmaning harakatchanlik darajasini konus cho‘kishi belgilab beradi va bu cho‘kish konus olingan zahoti o‘lchanadi . Har bir qorishma tayyor bo‘lgandan so‘ng namuna ikki marotaba olinadi va konus cho‘kishi o‘lchanib o‘rtacha natija qabul qilinadi.


    Konus cho‘kishiga qarab kam harakatchan harakatchan o‘ta harakatchan va oquvchanligi beton qorishmalariga bo‘linadi. Suv sarfi kam bo‘lgan hollarda beton qorishmalari konusda cho‘kish bermaydilar, biroq, tashqi kuch ta’siri qo‘yilganda bunday qorishmalar turli (suv sarfi va beton tarkibiga ko‘ra) qoliplash xususiyatlarini namoyotn etadilar. Bunday qorishmalarni bikir qorishmalar deb ataydilar. Bunday qorishmalarning xususiyatlarini aniqlash uchun maxsus asbobdan foydalanib, ular yordamida qorishmaning oquvchanligini titratish orqali aniqlaydilar.
    Bunday asbob balandligi 200 mm, ichki diametri 240 mm bo‘lgan silindrik idishdan iborat. Bu idishga beton cho‘kishini o‘lchovchi ko‘rsatkichli shtativ sifatidagi moslama, shtanga va qalinligi 4 mm bo‘lgan 6 ta teshikli metal disk mahkamlangan
    Asbobni titratuvchi moslama ustiga zich o‘rnatadilar. So‘ng idishga konus shaklidagi metall qolip tushiriladi. Konus o‘lchamlari yuqorida ko‘rsatilgan. Konus-shaklni maxsus aylana- tutqich yordamida asbobga mahkamlanadi va qorishmani uchga bo‘lib har birini alohida metall tayoqcha bilan zichlashtirib to‘ldirib chiqiladi. So‘ng konusni mahkamlab, shtativni burib, beton qorishmasi ustiga keltiriladi va titratuvchi moslama ishga tushiriladi. Amplitudasi 0,5 mm bo‘lgan titratish jarayoni sement hamiri diskning ikki teshigidan chiqqungacha davom ettiriladi.
    Zich va mustahkam beton tayyorlashda sement xamirining miqdori katta ahamiyatga ega. Sement xamirining optimal miqdori mayda va yirik loMdirgichlaming miqdoriga va fraksiyalariga bogliq. Beton qorishmasi tarkibida qumning ko‘payishi sement xamirining sarfini oshiradi. Shuning uchun mayda va yirik to‘ldirgichlar nisbatini shunday tanlash zarurki, bunda donalar orasidagi bo‘shliq minimal bo‘lsin. Sement xamiri miqdorini asossiz kamaytirish betonning zichligi va mustahkamligini pasaytiradi. Sement, suv, mayda to‘ldirgichlardan iborat qorishma yirik to‘ldirgichlaming oraliq bo‘shlig‘ini to‘ldiradi. Bu jarayon ideal bo‘lmay, yirik toMdirgich donalarining bir-biridan qochishiga olib keladi. Odatda, donalaming bir-biridan qochishi a - koeffitsiyenti bilan belgilangan bo‘lib, doimo 1 dan katta boMadi. Bikr beton qorishmalarida yirik toMdirgich donalari harakatchan qorishmalarga nisbatan kamroq bir-biridan qochadi va a - koeffitsiyenti mutanosib ravishda bikr betonlarda minimumga intiladi (6.3-rasm)



    6.3-rasm. Beton qorishmasi strukturasi: a) bikr; b) harakatchan. 80 Yirik to‘ldirgich donalarining a - koeffltsiyenti bikr qorishmalarda 1,05-1,15 va harakatchan qorishmalarda 1,2-1,5.




    Download 122,86 Kb.
      1   2   3   4




    Download 122,86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2."Aysel Inshaat" qk haqida ma’lumot. Shaxsiy ma’limot. Bikirbeton qoshimchalari

    Download 122,86 Kb.