Laboratoriya ishining maqsadi:Tandalash turlari va mashinalari. Beninger piltalab tandalash




Download 2.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/23
Sana28.01.2023
Hajmi2.06 Mb.
#39945
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
portal.guldu.uz-uslubiy ko`rsatma (1)
5-Mustaqil ta'lim, 7-top, ISH REJAAA
Laboratoriya ishining maqsadi:Tandalash turlari va mashinalari. Beninger piltalab tandalash 
mashinasining texnologik chizmasini chizing. 
Kerakli jihozlar: Tesktima, Beninger tandalash mashinalari, tanda romlari, 
taranglovchi moslama, nax tig‘i, bobina. 
Ishning bajarilish tartibi: 
1.Tesktima, Beninger, va SP-180 mashinalarini texnologik sxemalarini chizing. 
2.Guruxlab va piltalab tandalash mashinalarining asosiy mexanizmlarini tuzilishi va ishlashini o‘rganing. 
3.Beninger tandalash mashinasiga texnologik omillarni kiritish va kompyuterli boshqaruv tizimini o‘rganish. 
4.Beninger tandalash mashinalari bo‘yicha amaliy ko‘nikma olish. 
Iplarni tandalashdan maqsad - ma’lum uzunlikdagi va hisob bilan aniqlangan iplar sonini jamlab bitta o‘rama, 
tandalash g‘altagi yoki to‘quv g‘altagiga o‘zaro parallel qilib o‘rash. 
Tandalash jarayonida to‘qimaning tandasi shakllanadi. Texnologik nuqtai nazardan tandalash jarayoni muhim 
va ma’suliyatli bo‘lib, unda bir paytning o‘zida bir necha yuz iplardan bitta o‘rama olinadi. 
Tandalash jarayoniga quyidagi texnologik talablar qo‘yiladi: 
1. 
Jarayon yuqori unumli bo‘lishi kerak. 
2. 
Tandalashda harakatdagi iplarning hammasini tarangligi bir miqdorda va doimiy bo‘lishi lozim. 
3. 
Olinadigan o‘rama silindr shaklida bo‘lishi va iplar o‘ramining eni va radiusi bo‘ylab bir xil zichlikda 
o‘ralishi zarur. 
4. 
Uzilgan ip uchini oson topish uchun ip uzilganda mashinaning ish qismlar tez to‘xtashi lozim. 
6. 
0 ‘ramadagi barcha iplarning uzunligi bir xil bo‘lishi kerak. 
7. 
Jarayon chiqindilari iloji boricha kam bo‘lishi lozim. 
Tandalash turlari. Hamma tandalash mashinalari ikki qism - tandalashga keltirilgan o‘ram (g‘altak, bobina) 
o‘rnatiluvchi tandalash romi va bevosita tandalash o‘ramasini (tandalash yoki to‘quv g‘altagini) shakllantiruvchi 
mashinalardan tuzilgan bo‘ladi. Tandalash romlari unga o‘rnatiladigan o‘ramani turiga qarab g‘altak tandalash romi va 
bobina tandalash romiga bo‘linadi. 
Tandalash romlari tuzilishi bo‘yicha uzluksiz va uzlukli tandalash romlariga bo‘linadi. 
Xorijiy ilg‘or texnologiyalardan Germaniyaning «Shlyafgorst» firmasida ishlab chiqarilgan Z 25 rusumli 
tandalash mashinasida maxsus tandalash romlari o‘rnatilgan. Bu tandalash romi avtomatlashtirilgan arava bilan 
ta’minlangan bo‘lib, bobinalarni almashtirishga sarf bo‘ladigan vaqtni ancha kamaytiradi. Z25 tandalash romi tugun 
bog‘lovchi karetkali bo‘lib, karetkani ishlash jarayonida iplar bobina bilan ip taranglagichlar orasida uziladi. Tandalash 
mashinasiga kelayotgan iplar uchi maxsus qisqichlarda joylashtiriladi. Tugun bog‘lovchi mexanizm har bir ip uchlarini 
bog‘lashga 5 soniya vaqt sarf etadi. Karetkani ustunlararo harakatiga 2 soniya vaqt kerak. Shunday qilib 600 gacha 
bo‘lgan bobinalar iplarini bog‘lash uchun 7-8 daqiqa vaqt sarflanadi. 
To‘qimachilik matolari ishlab chiqarishda quyidagi tandalash turlari mavjud: guruhlab, piltalab, seksiyalab, 
to‘liq va libitlab tandalash. 
Guruhlab tandalashda tandadagi jami iplar bir guruh tanda g‘altaklariga teng taqsimlanib ma’lum uzunlikda tanda 
g‘altagiga o‘raladi. So‘ngra tanda g‘altaklaridan tuzilgan guruh ohorlash mashinalariga keltiriladi. Har bir tanda 
g‘altagidagi iplar uzunligi bir nechta to‘quv g‘altagidagi iplarning uzunligiga teng bo‘ladi. 
1-Rasm. Guruhlab tandalash mashinasining texnologik chizmasi. 


Piltalab tandalash-mato ishlab chiqarishga zarur bo‘lgan tanda iplari bir nechta qism, piltalarga bo‘linib birin-ketin 
yonma-yon tandalash barabaniga o‘raladi. 
To‘qimachilik korxonalarida quyidagi piltalab tandalash mashinalari o‘rnatilgan: 

Baraban konus burchagi o‘zgarmas va supportning siljish tezligi rostlanuvchan; 

support tezligi o‘zgarmas va baraban konusining burchagi rostlanuvchan; 

support tezligi ham, baraban konusining burchagi ham rostlanuvchan. Piltalab tandalashni hisobi tandadagi 
iplar soni, to‘quv g‘altagini gardishlar 
aro masofasi va tandalash romini sig‘imi asosida bajariladi. 7-rasmda piltalab tandalash mashinasining texnologik 
chizmasi keltirilgan. 
2-rasm. Piltalab tandalash mashinasining texnologik chizmasi. 
Tanda iplari yo‘naltiruvchi 1,2 lar orasidan o‘tib, support tig‘i 2 va pilta tig‘i 

tishlari orasidan o‘tib, yo‘naltiruvchi 4 lar va zichlovchi valik 5 orqali baraban 
6 ga o‘raladi. Barcha piltalar baraban 
7 ga o‘ralganidan so‘ng yo‘naltiruvchilar 
8 orqali to‘quv g‘altagi 9 ga o‘raladi. 
Piltalab tandalash ikkita jarayondan iborat. Birinchisi piltalarni barabanga o’rash bo’lsa, ikkinchisi esa barabandan 
piltalarni to’quv g’altagiga qayta o’rashdir. Quyida Beninger piltalab tandalash mashinasining texnologik sxemasi 
keltirilgan (2.7 -rasm). 
2.7-rasm. Beninger piltalab tandalash mashinasning texnologik chizmasi. 
Beninger piltalab tandalash mashinasining texnologik chizmasidan ko’rinib turibdiki romdagi bobina tutgich 1 ga 
bobina 2 o’rnatiladi. Bobina 2 dan tanda ipi 3 chuvatilib, ballon so’ndirgich 4 ko’zidan o’tadi, so’ngra taranglovchi 
asbob 5 yordamida ipga ma’lum taranglik beriladi. Beninger tandalash mashinasida elektron boshqarilib ipga taranglik 
beruvchi ikki zonalik, ip yo’nalishiga teskari tomon harakatlanuvchi taranglovchi asbob o’rnatiladi. Ip taranglovchi 
asbobdan so’ng chinni yunaltiruvchi 6 va ip uzilsa tuxtatgich 7 dan o’tib,yunaltiruvchi tayoqchalar 8 dan o’tadi. Iplarni 
ajratuvchi tig’dan 9 o’tqaziladi. U tig’ yordamida toq va juft iplarga ajratilib, m’lum uzunlikdan so’ng iplar orasiga 
ajratuvchi (nax) chiviqlar qo’yilishi mumkin. Piltadagi iplar pilta tig’i 10, yo’naltiruvchi valik 11, zichlovchi valik 
12dan o’tib, tandalash barabaniga 13ga o’raladi. Oldindan hisoblangan piltalar o’ralib bo’lingach baraban teskari 
tomonga aylantiriladi. Piltadagi tanda iplari endi yo’naltiruvchi val 15 dan o’tib to’quv g’altagi 17 ga o’raladi. 



Download 2.06 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Download 2.06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriya ishining maqsadi:Tandalash turlari va mashinalari. Beninger piltalab tandalash

Download 2.06 Mb.
Pdf ko'rish