Kerakli jihozlar: «Tryuchler» agregati, tola




Download 2.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/23
Sana28.01.2023
Hajmi2.06 Mb.
#39945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
portal.guldu.uz-uslubiy ko`rsatma (1)
5-Mustaqil ta'lim, 7-top, ISH REJAAA
Kerakli jihozlar: «Tryuchler» agregati, tola 
Ishning bajarilish tartibi: 
1.Titish-aralashtirish 
agregatidagi uskunalarning ketma-ketligi. Aralashtirish va tozalash jarayonlarini 
o‘rganing. 
2.0‘ICHLda o‘rnatilgan agregatdagi uskunalarning chizmasini keltiring. 
3.Uch barabanli CVT-3 tozalagichining vazifasi, tuzilishi va ishlashini o‘rganing. Texnologik sxemasini tasvirlang. 
4.SP-DX «Dustex» aerodinamik tozalash mashinasining vazifasi, tuzilishi va ishlashini o‘rganing. Texnologik sxemasini 
tasvirlang. 
«Tryuchler» firmasi agregatining afzalligi. 
5.Video tasmadan «Tryuchler» va boshqa firmalarning agregatlari bilan tanishing. 
Titish jarayonining maqsadi paxta tolasini tozalashga, aralashtirishga, qaytimlarni qayta ishlashni ta’minlashdan 
iboratdir. 
Titish jarayonining moxiyati toydagi paxta qatlamlarini mayda bo‘lakchalarga ajratib paxta tolasining solishtirma 
zichligini kamaytirishdir. 
Titish usullari ikkita mexanik usuldan iborat bu zarbiy ta’sir va chimdish uskunalari. 
Titish jarayonida iflosliklarni ajratish uchun qulay sharoit yaratilganligi bois beixtiyor tozalash ham bo‘ladi, ya’ni 
titish tozalash bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham titish tozalash jarayonlari bir vaqtning o‘zida agregatda ketma- 
ket tutashtirilgan mashinalarda sodir bo‘ladi. 
Titish uskunalari. Titish usullarining ikkalasi zarbiy, chimdish bir biridan ajralmagan holda ko‘p mashinalarda 
qollaniladi. Shuning uchun zarbiy titishda pichoqli, qoziqli va shunga o‘xshash organlar bilan sirti qoplangan barabanli 
titgichlar, chimdib titishda esa igna, arra tishlar bilan sirti qoplangan aylanuvchan yoki tekis ilgarilanma harakat qiladigan 
organli mashinalar qollaniladi (1-rasm). 
a) 
b) 
1- 
rasm. a) Igna sirtli panjara, b) tituvchi ignalar. 
Ular igna sirtli mashinalar deyilib, titish dastlab qo‘lda, so‘ngra kamera ichidagi ignali panjaralar vositasida bajariladi. 


Trutzschler (Germaniya) firmasi paxta va kimyoviy tоlalarni, ularning aralashmalarini titish va tоzalash uchun 
mo’ljallangan agregatlar va pоtоk liniyalar ishlab chiqaradi. Uning tarkibiga quyidagi mashinalarni turli ketma-ketlikda 
o’rnatish mumkin: 
Avtоmatik tоytituvchi BLENDOMAT BO-A 
Ko’p tarоmqli tоzalоvchi SP-MF 
Aralashtiruvchi MX-I 
Tоzalоvchi CLEANOMAT CL-C4 
Yot aralashmalarni tоzalоvchi SP-F 
Tоylarni titib-ta`minlоvchi BO-U 
Tоlalarni tituvchi TUFTOMAT TO-T4 
Agregatdagi har bir mashina navbatdagi mashina bilan quvurlar оraqali bоg’langan. Avtоmatik tоy tituvchi 
BLENDOMAT BO-A tоylarni yuzasidan belgilangan qalinlikdagi qismini titib, quvur оrqali ko’p tarоmqli tоzalоvchi SP-
MF ga uzatadi. Bu yerda tоlalarni chang, nuqsоn va metall parchalaridan tоzalangandan so’ng aralashtiruvchi MX-I ga 
o’tadi. Aralashtiruvchi mashinadan chiqib CLEANOMAT turkumiga mansub CL-C4 tоzalоvchi yordamida tоzalangandan 
so’ng tоlalar navbatdagi, yot aralashmalarni tоzalоvchi SP-F ga beriladi. Tоzalanib bo’lgan tоlalar aralashmasi tarash 
mashinalariga taqsimlash tizimi quvurlariga uzatiladi. 
Trutzschler firmasi paxta va kimyoviy tоlalarni titish-tоzalash uchun ko’plab variantlarda agregatlar tarkibini tavsiya 
etadi. Ularning tarkibiga kiritiladigan jihоzlar tоla turi, aralashma tarkibi va uni titish-tоzalash darajasiga qo’yilgan 
talablarga muvоfiq tanlanadi. Agregatda yuqоrida ko’rsatilgan mashinalardan tashqarii yana tоylarni titib-ta`minlоvchi 
BO-U, tоlalarni tituvchi TUFTOMAT TO-T4 kabi mashinalar ham o’rnatilishi mumkin. Aralashmadagi tоlalarning sifati 
va xоssalarini nazarda tutgan hоlda jihоzlarning rusumi, uning tuzilishi bilan bоg’liq bo’lgan imkоniyatlarini hisоbga оlib 
agregatning umumiy samaradоrligi va tarkibi qabul qilinadi. 
Agregatlar tarkibini tanlashning texnоlоgik asоslarini mukammallashtirish maqsadida bir qatоr tadqiqоtlar оlib bоrildi. Bu 


o’rinda ko’rsatilgan aralashmani tоzalash darajasi qanday bo’lishini, undan chiqindini hоsil bo’lishini kamaytirish uchun 
qanday texnоlоgik sharоitlar zarurligini aniqlash, tоlalarda qоladigan nuqsоnlarni texnоlоgik jarayonga ta`sirini aniqlash 
lоzim. 
1.2.Titish va tоzalash jihоzlari 
Paxta va kimyoviy tоlalarni titishda titish-tоzalash agregatining dastlabki jihоzlari sifatida tоy tituvchi va ta minlоvchi 
mashinalar o’rnatiladi. Bunday jihоzlarning zamоnaviy turlarini avtоmatik tоy tituvchi yoki ta`minlоvchilar deb yuritiladi. 
Trutzschler firmasining BLENDOMAT turkumiga kiruvchi BO-A avtоmatik ta`minlоvchi 180 tagacha tоyni titishga 
mo’ljallangan. Uning unumdоrligi 1500 kg|sоatgacha оshirish imkоniyatiga ega. Tоylarni yuzasini gоrizоntal yo’nalishda 
titishni burchak оstida titishga almashtirilishi titishga qo’yilgan tоylarni uzluksiz to’ldirib bоrish imkоnini beradi. 
Tоylarni titish qurilmasi karetkada ikkita tituvchi valik va uchta yo’naltiruvchi valiklar o’rnatiladi. Ishlash jarayonida 
tituvchi valiklarning faqat bittasi ishlaydi. Karetka o’ng tоmоnga harakatlanganda chap tоmоndagi valik 10 mm ga 
qo’tarilib, o’ng tоmоndagi valik tishlarini tоylarga yaxshi bоtishini ta`minlanadi. 
Tоylardan tоlalar bo’lakchalarini yaxshi titib оlinishi uchun valiklarning tishlari ularning harakat yo’nalishi tоmоnga 
qarab qiyalatib o’rnatiladi. Titish samarali bo’lishi uchun yo’naltiruvchi valiklar ustiga halqalar kiydirilgan va tоlalar 
qatlamini bоsib turuvchi panjara 3 o’rnatilgan. Titilgan tоlalar chiqarish qismi 4 dan uzatuvchi tizim 5 ga havо yordamida 
uzatiladi. Mashinadagi ushbu kоnstruktiv yechimlar tоlalar bo’lakchalarini mayda va bir xil o’lchamda bo’lishi 
ta`minlanadi. 
Trutzschler firmasi MX-I mоdeldagi integrallashgan aralashtirish mashinalarini ishlab chiqara bоshladi. Mashina ikki 
variantda, 6 yoki 10 kamerali qilib ishlab chiqariladi. Оlti kamerali mashinaning unumdоrligi 600 kgG’sоatgacha. Yuqоri 
unumdоrlik zarur bo’lganda 10 kamerali mashinadan fоydalanish tavsiya etiladi. Universal aralashtiruvchi MX-U 
mashinasi MX-I mоdeldagidan farqi ta`minlashni bоshqarish va kameralar оstidagi uzatuvchi panjarani pnevmatik tizim 
bilan almashtirilganligida. Aerоdinamik tizim yopiq bo’lib, tоlani mashinaga ta`minlash uchun ishlatilgan havо uni 
chiqarish va navbatdagi mashinaga uzatishda ham fоydalaniladi. Kimyoviy tоlalarni aralashtirish uchun MX-R mashinasi 
tavsiya etiladi. Uning o’lchamlarini kichikligi, yagоna kameradan qayta titib оlinishi texnоlоgik talablarni qоndirishda 
muhim ahamiyatga ega. 
Avtotitgichlar titish jarayonida keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Toy paxtaga ishlov berish xususiyatiga ko‘ra ularni 
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 

to‘g‘ri chiziq bo‘yicha ilgarilama-qaytma xarakat qiluvchi (Uniflok). 

to‘g‘ri va qiya chiziq bo‘yicha ilgarilama-qaytma harakat qiluvchi. 
(Blendomat). 

aylana bo‘ylab «karusel» tarzida harakat qiluvchi. 
Ularning tuzilishi deyarli o‘xshash, titish darajasi esa yuqori. Bulardan tashqari tituvchi valiklarning sirtlari turli 
qoziqchalar, pichoqchalar, shtiftlar, shakldor tishli plastinkalar bilan farq qiladi. «Uniflok» da arra disklar. 
Blendomatda esa shakldor disklar ishlatiladi. Ularning unumdorligi 600Q1500 kg/soatgacha, titilgan paxta 
bo‘lakchasining o‘rtacha massasi 20-50 mg. 
Kamchiligi: 
1. 
Ustidan tituvchi valiklar paxta bo‘lakchalarini pastgi qismgacha to‘la tita olmaydi, chunki 10-15 sm 
qalinlikdagi toy bo‘lagi so‘ruvchi havo ta’sirida tituvchi valiklarga yopishib titish jarayoni buziladi. Shuning uchun qolgan 
bo‘lakchalar kelasi stavka toylar orasiga joylashtirib titiladi. 
2. 
Avtomatik toy titgichlar tolani faqat titadi, aralashtirish jarayonini esa bajara olmaydi. 
Topshiriqlar: 
«Tryuchler» firmasining Blendoma tavtomatik toy titkichni vazifasi, tuzilishi bilan tanishib, texnologik 
chizmasini chizing. 
Bu vazifani quyidagi tartibda amalga oshiriladi. 
1.Savolni tushuntirish vaqtida 0‘ICHL sexidagi titish-tozalash mashinalarini joylashtirish tushuntiriladi va joylashish 
rejasi chiziladi. 
2.Titish-tozalash 
agregati tarkibi va ularni joylashish zanjiri. 
Nazorat savollari 
1. 
Titish-aralashtirish, tozalash jarayoninig maqsadi va mohiyatini ta’riflang 
2.Titish-aralashtirish, tozalash mashinalarining ketma-ketlik sxemasini keltiring. 
3.Zamonaviy yetakchi firmalarning tozalash mashinalarini sanab о‘ting. 
4.Titish-tozalash agregati tarkibi va ularni joylashish zanjirini aytib bering. 


3-Laboratoriya ishi
Mavzu: Tarash mashinalari. 
Ishni bajarishdan maqsad: Tolalarni bir-biridan ajratib, tozalab, pilta yarim mahsulotini hosil qilishni o‘rganish. 

Download 2.06 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 2.06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kerakli jihozlar: «Tryuchler» agregati, tola

Download 2.06 Mb.
Pdf ko'rish