Kerakli jihozlar: tarash mashinalari, pilta yarim mahsuloti




Download 2.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/23
Sana28.01.2023
Hajmi2.06 Mb.
#39945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
portal.guldu.uz-uslubiy ko`rsatma (1)
5-Mustaqil ta'lim, 7-top, ISH REJAAA
Kerakli jihozlar: tarash mashinalari, pilta yarim mahsuloti. 
Ishning bajarilish tartibi: 
1. 
Karda usulida shlyapkali oddiy tarash mashinaning tuzilishi va ishlashini o‘rganish tarash mashinasining tuzilishi va 
ishlash prinsipini o‘rganing. «Tryuchler» firmasining tarash mashinasini texnologik chizmasini chizing.(DK- 903-tarash 
mashinasi). 
2. 
Ishchi organlarni harakat yo‘nalishi. 
3. 
Valikli tarash mashinasini ishlash jarayoni va tuzilishini o‘rganing. 
Shlyapkali tarash mashinasi. Shlyapkali tarash mashinasining asosiy vazifasi tarash jarayonini amalga oshirishdir. 
Shlyapkali tarash mashinasi 
ta’minlash uslubi, ta’minlash, qabul barabani qismlari, asosiy tarash zonasi xsusiyatlari (barabanlar soni, shlyapkalarning 
xarakatlanish yo‘nalishi, barabanlar diametrlari, qo‘shimcha tarash qoplamalari), taramni ajratish usuli, avtorostlash usuli 
va shunga o‘xshash tomonlari bilan bir-biridan farqlanadi. 
Shlyapkali tarash mashinasining yangi avlodi bir qator xususiyatlarga egadir. Bular - ta’minlash bunkerining ko‘p 
qismliligi, ta’minlash stolchasining silindr ustida joylashishi, qabul barabanining uchtaligi va boshqa bir qator konstruktiv 
hamda texnologik afzalliklargaga egadir. Eng asosiysi yuqori unumdorlikda talab darajasidagi sifat ko‘rsatkichlarini 
ta’minlashdir. Shlyapkali tarash mashinasining texnologik sxemasi 10-rasmda ko‘rsatilgan. Paxta tolasi bo‘lakchalari 
yuqori bunkerga tushadi. So‘ngra o‘rta bunkerga o‘tib, quyi bunkerda ventilyator 1 yordamida zichlashib, qatlam holida 
taminlovchi silindr 2 ga uzatiladi. Uning yonida o‘rnatilgan sezgir element-sensofeddan, uruvchi pichoq 4 dan o‘tib, uchta 
qabul barabani 5 ning birinchisiga, ikkinchisiga va uchinchisiga o‘tib, bosh baraban sirtiga o‘tadi. Tola qabul 
barabanlarida taralib alohida tolalarga ajratiladi, xas-cho‘plar, kalta tolalardan tozalanadi. Bosh baraban 10 ga o‘tgan 
tolalar qo‘zg‘almas tarovchi segmentlardan o‘tib shlyapka polotnosi 9 ga keladi. 
Shlyapkali tarash mashinasining texnologik sxemasi 1-bunkerli ta’minlagich, 2-ta’minlovchi silindr,
3-sensofeed, 4- yo‘naltiruvchilar, 5-webfeed, 
6 -dastlabki qo‘zg‘almas segmentlar, 7-tola tozalash 
moslamasi, 
8 -baraban segmentlari, 9-shlyapka polotnosi, 10-baraban, 11-suruvchi 
moslamalar, 
1 2 -ajratuvchi, 
13-tozalochi valik, 14-ajratuvchi valik, 15-ezuvchi vallar, 16-webspeed, 17- 
pilta uzatuvchi vallar, 18-taz 
Tola tutamchalarining taralmagan mayda qoldiqlari bosh baraban bilan shlyapka polotnosi orasida taralib alohida 
tolalarga ajraladi. Shu zonada kalta tolalar va mayda yopishqoq iflosliklar ajratilib, shlyapka garniturasiga yopishib 
tarandini tashkil etadi. U chiqindi sifatida shchyotka 7 bilan tozalanib olinadi. Asosiy tarash zonasidan chiqqan tolalar 
qo‘zg‘almas segmentlar 11 dan o‘tib, ajratuvchi baraban 12 sirtiga tushib to‘planadi. Undan tolalar ma’lum qalinlikdagi 
yupqa mahsulot-taram ajratuvchi 14, uzatuvchi 15 valiklar yordamida yechilib varonka 16 dan valiklar 17 yordamida 
o‘tkaziladi. Hosil bo‘lgan mahsulot pilta toz 18 ga gipotsikloida chizig‘i bo‘ylab taxlanadi. 
Tarash mashinasining ishchi organlari garnitura deb ataluvchi maxsus sirt bilan qoplanadi. 
Tarash mashinalari ishchi qismlarini qoplash uchun qattiq, elastik va yarim qattiq garniturlar ishlatiladi. 
Valikli tarash mshinalarida jun va uning kimyoviy tolalar bilan aralashmasi taraladi.
Valikli tarash mashinalarida tarash darajasi nisbatan pastroq. Tarash amalga oshiriladigan zonalar soni oz, lekin uzunligi 


katta bo‘lib, ularning har birini ishlash sharoitini alohida rostlash mumkin. Bunday mashinalardan uzun kimyoviy, jun va 
lub tolalarini tarashda foydalaniladi. Tolalarni talab darajasida taralishi uchun bir nechta mashinalar ketma ket o‘rnatiladi 
yoki bitta agregat qilib ulanadi.
Tarash mashinalari va agregatlarini (apparatlarini) tola bilan bir tekisda ta’minlab turish uchun o‘zi tortuvchi 
qurilmali ta’minlash mashinalari o‘rnatiladi. O‘zi tortuvchi qurilma bir vaqt oraliqlarda bir xil massadagi tolalarni 
o‘lchab, ta’minlovchi panjaraga tashlab berish uchun xizmat qiladi. Tolalar ta’minlash qismida ta’minlovchi panjaraga 
tashlanadi va mashinaga uzatiladi. Ta’minlash qismida dag‘al taralgan tolalar dastlabki tarash qismida taralagandan so‘ng 
asosiy tarash mashinasida talab darajasigacha titiladi. Mashinani chiqarish qismida yigirish tizimiga muvofiq pilta hosil 
qili va taxlash mexanizmi yoki pilik hosil qiluvchi maxsus qurilma o‘rnatiladi.
15-rasm. Valikli tarash mashinasining umumiy tasviri
Valikli tarash mashinalari
Ko‘rib o‘tilganidek, shlyapkali tarash mashinalarida tolalarni tozalash va kalta tolalarni ajratib chiqarish vazifasi 
bajariladi. Ushbu vazifani bajarishiga extiyoj bo‘lmagan hollarda tolalarni tarashda bosh baraban bilan ta’sirlanuvchi 
valiklardan foydalaniladi. Bunday mashinalar valikli tarash mashinalari deb yuritiladi.
Valikli tarash mashinalarida tarash darajasi nisbatan pastroq. Tarash amalga oshiriladigan zonalar soni oz, lekin 
uzunligi katta bo‘lib, ularning har birini ishlash sharoitini alohida rostlash mumkin. Bunday mashinalardan uzun 
kimyoviy, jun va lub tolalarini tarashda foydalaniladi. Tolalarni talab darajasida taralishi uchun bir nechta mashinalar 
ketma ket o‘rnatiladi yoki bitta agregat qilib ulanadi.
Kimyoviy tolalarni tarash uchun mo‘ljallangan ЧН-180 mashinasining ishchi kengligi 1800 mm bo‘lib unda uzunligi 65 
mm gacha bo‘lgan tolalarni taraladi. Mashina ta’minlash, dastlabki tarash va asosiy tarash qismlaridan iborat.
Ta’minlash qismi tolalarni uzluksiz yetkazib berish, tortuvchi-o‘lchovchi quti, ta’minlovchi va ignali panjaralar, 
tekislovchi va ajratuvchi taroq yordamida amalga oshiriladi.
Ta’minlash qismi tolalardan uzluksiz va bir tekisda qatlam hosil qilinib uni dastlabki tarash qismiga yetkazib 
berish vazifasini bajaradi. Ushbu qism ta’minlovchi panjara, tirgovuch taxta, zichlovchi silindr va ikki juft silindrdan 
iborat.
Dastlabki tarash qismi tolalarni titish va tozalab tarashga tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Ushbu vazifani bajarish 
uchun qabul qiluvchi valik, uzatuvchi valik va tarovchi baraban xizmat qiladi. Baraban ustida uchta ishchi jufti 
o‘rnatilgan. Asosiy tarash o‘tkazuvchi valik, bosh baraban va uchta ishchi jufti, begun va begun valigidan iborat tarash 
qismida amalga oshiriladi. 
Tarash mashinasining vazifalari Tarash mashinasida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi.
1. 
Paxta tutamini alohida tolalarga ajratish.
2. 
Mayda xas cho‘plar, nuqsonlar va kalta tolalarni ajratib tashlash.
3. 
Mahsulotni yuz va undan ortiq miqdorda ingichkalashtirish.
4. 
Belgilangan sifat ko‘rsatkichlari ega bo‘lgan taralgan piltani hosil qilib uni tazga taxlash.
5. 
Tolalarni juda yaxshi aralashtirish orqali mahsulotni ravonligini ta’minlash.
Topshiriqlar: 


1. 
Savollarga to‘liq javob yozing. 
DK-903 tarash mashinasining texnologik chizmasini keltiring. 
Bu vazifaning birinchi savoli quyidagicha yoritiladi: 
0‘ICHLda o‘rnatilgan mashinalar bo‘yicha dars o‘tiladi. Mashinalar yurgizilib, mashinaga kirayotgan va undan 
chiqayotgan mahsulotlar o‘rganiladi. 
Mashina dadastlabki, va asosiy tarash zonalari aniqlanadi. Pilta hosil qilish moslamasi bilan 
tanishiladi.Mashinani texnologik chizmasi chiziladi. 
Nazorat savollari 
1.T arash j arayonining maqsad va mohiyatini izohlang. 
2.DK-903 tarash mashinasiga ta’rif bering. 
3.DK-903 tarash mashinasining ishchi organlarini aytib bering. 
4.Valikli tarash mashinalarining farqini ayting. 


4-
Laboratoriya ishi
Mavzu: Qayta tarash mashinasi. 
Ishni bajarishdan maqsad: Qayta tarash tizimida yuqori sifatli ip olish jarayonini o‘rganish. 

Download 2.06 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 2.06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kerakli jihozlar: tarash mashinalari, pilta yarim mahsuloti

Download 2.06 Mb.
Pdf ko'rish